TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
MARKETING (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) YO’NALISHI
1-KURS OMR-75 GURUH TALABASI AXMADOVA KAMOLA MIRAXMAD
QIZINING
“MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
REFERAT
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
hayotidagi inqirozli holat
XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora
pasayib, xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy,
oziqovqat, agrar, energetika, ekologiya va
boshqa
sohalardagi
dasturlar
samara
bermadi,
iqtisodiy
ziddiyatlarni
chuqurlashturib yubordi. Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko‘p qo‘shimcha
mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan
edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning
yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli
xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan
chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning
sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi.
Ma’muriybuyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy
rahbarlik va uning
mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar
edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda
tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik,
giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi
yaramas illatlar jamiyatni
kemirmoqda edi. Buyruqbozlik – boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik,
majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga
to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd,
sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni
boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib,
ular xo‘jalik xodimlarining
har bir qadamini nazorat qilib, 20 tashabbuskorlikni
bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan tortib
respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish,
barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm
bo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib
kelingan SSSRda inqirozli holat shakllanib yetilgandi.
KPSS Markaziy
Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib,
SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum
jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini
yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat
tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda
murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm
“afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga
umid bog‘lar edi. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy
rahbarlikni saqlab qolgan holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish
ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy
sistemaga urilib barbod bo‘ldi. 80-yillarning oxirlarida
siyosiy sistemani isloh
qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini
cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga,
xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’minlashga urinish bo‘ldi. Ammo,
bu sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. To‘g‘ri, jamiyatni demokratlashtirish,
oshkoralik, turli xil fikrlar birldirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo‘yildi.
Matbuotda, radio va televideniyeda turli xil fikrmulohazalar erkin aytiladigan bo‘ldi.
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi.
Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini
ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va
eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq
xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri
yo‘l tutildi. Sovet rahbariyati
mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun
ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda
rejalashtirish asosida boshqarish va 21 taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan
bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z
vaqtida payqamadi, buni juda kech
tushundi. 1990- yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati anglandi,
dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt ham boy berilgan edi. Iqtisodiyot
batamom barbod bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv
mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga,
parokandalikka yuz tutgan edi. O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar
yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan
najot kutayotgan
edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy
hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi, qadr-qimmatini
himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika
rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika