• Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar
  • partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koplab kadrlar




    Download 191,15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana06.02.2024
    Hajmi191,15 Kb.
    #152393
    TuriReferat
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mustaqillikka erishish arafasida


    partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koplab kadrlar 
    yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekistonni 
    o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va O‘zbekiston 
    Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimga o‘tirgan 
    mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar. O‘zbekiston 
    Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida Moskva vakillari – Mogilnichenko, 
    Bessarabov, Ponomaryovlar uya qurib olgan edilar. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib 
    turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan 


    “kadrlar to‘dasi”ning boshliqlari – Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning 
    hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 
    birinchi kotibi I.Usmonxo‘jayev ham ular oldida ojizu harakatsiz edi. O‘zKP MQda 
    “pinhona kabinet” tashkil topdi, ushbu “kabinet” kuch ishlatish, tuhmatlar 
    uyushtirish yo‘li bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi 
    bo‘lmagan avantyuristik qarorlarni tiqishtirish bilan shug‘ullandi. Qo‘g‘irchoqqa 
    aylantirilgan mahalliy rahbarlar “kadrlar to‘dasi” tomonidan tayyorlangan 
    qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Sovet rejimining ko‘zbo‘yamachilik, “ulug” 
    millatchilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldida bu qo‘g‘irchoq 
    rahbarlarning ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi. 
    Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta 
    ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar 
     
    Qatag‘onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to‘g‘ri keldi. Bu 
    qatag‘onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo‘lib, «o‘zbek 
    ishi», «paxta ishi», «o‘zbek mafiyasi», «qo‘shib yozish» kabi izohli lug‘atimizga 
    mustamlakachilar tomonidan kiritilgan yangi so‘zlar bilan bog‘liq. «O‘zbek ishi, - 
    deb yozadi O‘tkir Hoshimov – 30- va 50-yillardagi qatag‘onlarning mantiqiy 
    davomidir. Sovet siyosati har 10-15-yilda kalla olib turmasa ko‘ngli joyiga 
    tushmagan. To‘g‘ri, o‘sha paytlar O‘zbekistonda qo‘shib yozishlar, poraxo‘rliklar 
    bo‘lgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bunday harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj 
    olgan edi. Unday bo‘lsa, nima uchun markaz ayni O‘zbekistonni tanladi, degan savol 
    tug‘iladi. Buning sababi oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha 
    qolmaymiz»1 . Ha, juda adolatli va to‘g‘ri aytilgan gaplar. Aslida «o‘zbek ishi» 
    degani nima o‘zi va qachon paydo bo‘ldi? Bu «ish» aslida 80-yillarda O‘zbekiston 
    Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (DXQ-КГБ)ning raisi bo‘lib ishlagan Melkumov (millati 
    arman) bilan O‘zbekiston KP MQning birinchi kotibi Sh.Rashidov o‘rtasidagi 
    o‘zaro kelishmovchiliklardan boshlangan. O‘sha kezlarda Buxoro viloyati OBXSS 
    boshlig‘i Muzaffarov va Buxoro shahar savdo idorasining direktori Qudratovlarning 
    poraxo‘rligiga taalluqli ma`lumotlar DXQda bo‘lgan. Bu shaxslar Buxoro viloyati 
    Download 191,15 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 191,15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koplab kadrlar

    Download 191,15 Kb.
    Pdf ko'rish