Sh.Rashidovni «nishonga» olishni mo‘ljallab harakat qilganlar. 1983-yilda
Buxoroda ilgaridan o‘ylab rejalashtirilgan va amalga oshirilgan «operatsiya» tufayli
Muzaffarov va Qudratovlar qamoqqa olindilar. Ular xalqqa ma`lum bo‘lgan birinchi
o‘zbek millionerlari bo‘lib chiqdi. Bu ish darhol Moskvaga oshirildi va markazda
ana shu tariqa «o‘zbek ishi» paydo bo‘ldi. SSSR Prokuraturasining tergov qismi
boshlig‘i G.P.Karakozov darhol tergov guruhi tuzib, unga boshqa bir armani -
T.X.Gdlyanni rahbar qilib tayinladi. Tergovchilar guruhiga kiritilgan vakillarining 1
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1996 yil, 19 aprel. 23 deyarlik hammasi Gdlyan
bilan yaqin va hamtovoq bo‘lgan shaxslar edi. «Paxta ishi», «qo‘shib yozishlar»
masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. O‘zKompartiya MQning XVI plenumi
va unda Inomjon Usmonxo‘jayevning Markazdan O‘zbekistonga kadrlar bilan
«yordam berish»ni so‘rab qilgan murojaatidan so‘ng bu ish avj oldi. O‘zbekistonga
yuzlab, minglab kadrlar yuborildi. Bu «kadrlar desanti» tarkibida o‘zbek xalqi,
turkiylar va musulmonlarga qalbida nafrat va shovinizm g‘oyalari burqsib turgan
jallod-fashistlar ko‘p edi.
Bular Anishev, Ogaryuk, Klepikov, Satin, Nesterenko,
Buturlin, Gaydanov, Didorenko, Lyubimov, Ivanov, Galkin, Kartashyan va
boshqalardir. «Paxta ishi» bo‘yicha juda ko‘p guruhlar tashkil qilindi. «Barcha
Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekiston suveren davlat
sanalsa ham uning prokurori,
respublika rahbariyati bilan maslahatlashilmagan holda SSSR Bosh prokurori
tomonidan tayinlanardi». Qisqa muddat ichida O‘zbekiston SSR prokuraturasining
eng yuqori, eng muhim lavozimlaridan tortib, oblast, rayon prokurorlarigacha
Markazdan doimiy ishlashga yuborilgan vakillar bilan almashtirildi. O‘zbekistonga
tashlangan bu «sotsialistik desant»ning soni esa yuzdan ortiq edi. 1984-yilda
O‘zbekiston SSR prokurori, uning muovinlaridan uchtasi,
eng katta
boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga Markazdan kelgan odamlar qo‘yildi. Bu
bilan cheklanilmasdan, astasekin oblast darajasidagi prokurorlar - Buxoro oblasti
prokurori (Matyushov G.N) Samarqand oblasti prokurori (Yeremenko V.I.),
Xorazm oblasti prokurori (Titarenko A.D.), Navoiy oblasti prokurori (Suxaryev
A.P.) Surxandaryo oblasti prokurori (Jetkov V.M), Qoraqalpog‘iston ASSR
prokurori (Donsov V.V.) va Toshkent shahar prokurori (Fillipenkov G.P) ham
Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi bosqichda esa rayon prokurorlari lavozimi
ham «mehmonlar» uchun bo‘shatildi2 . Ana shunday «mehmonlar» Respublika
Ichki ishlariga ham joylashtiriladi. O‘sha paytdagi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
general G‘afur Rahimovnnig dalillariga ko‘ra, vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va
bo‘limdan bor-yo‘g‘i ikkitasinigina o‘zbek millatiga 2 Azizxo‘ayev A. Ko‘rsatilgan
adabiyot. 31-bet. 24 mansub kishilar boshqargan. U ham bo‘lsa, xo‘jalik va tibbiyot
boshqarmalari edi3 . Mahalliy xalqning «xarakter va psixologiyasi»ni yaxshi bilgan
jallodlar bu guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib,
ularga
«yaxshi konsultatsiya»lar berdilar va shu tariqa o‘z sopini o‘zidan chiqardilar.
Yuqori saviyada «maslahat va konsultatsiya» olgan guruh a'zolari amaliy ishga
tushib ketdilar. Ular 70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo‘shib yozishlar
bo‘yicha jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi. Haqiqatdan ham shu yillarda
paxta, chorva va boshqa sohalar bo‘yicha qo‘shib yozishlar davlat rejalarini sun'iy
ravishda bajarish usuli bo‘libgina qolmay, million so‘mlab davlat va jamoat
mablag‘larini suiiste'mol qilish va talon-taroj etish bilan bog‘liq bo‘lib, hamma
yerda poraxo‘rlik avjiga mingan edi. Bunday qo‘shib yozishlar poraxo‘rliklarning
asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi Moskvaning o‘zi bo‘lib, respublika, viloyat,
tuman
rahbarlari, davlat xo‘jaligi direktorlari, jamoa xo‘jaligi raislari, paxta
tayyorlash korxonalari va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog‘liq
edilar. Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan
bir qatorda, qo‘shib yozishlarga bevosita aloqador bo‘lmagan, bu ishga ongsiz
suratda yoki tasodifan o‘ralashib qolgan, rahbarlarning ta'siri va tazyiqi ostida
qo‘shib yozishlarga, noiloj qo‘shilib qolgan, undan hech qanday moddiy manfaatdor
bo‘lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko‘rib, aziyat chekdilar.
«O‘zbeklar ishi», «Paxta ishi» bo‘yicha qancha odamning
qamoqqa olinganligi
to‘g‘risida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming,
hatto 48 ming4 odam hibsga dinganligi ko‘rsatiladi. «O‘zbeklar ishi» ayni quturgan
va avjiga chiqqan paytda O‘zKP MQning birinchi kotibi l.Usmonxo‘jayev,
yozuvchilar bilan uchrashuvda respublikada qo‘shib yozish va poraxo‘rlik avj olib
ketgani tufayli yigirma uch ming kishi qamoqqa oling:anini aytgan edi. Shu
damlarda Kompartiya fidoyisi o‘zining ham taqdiri yaqin kelajakda ne ahvollarga
tushajagini tasavvur ham qilia olmagan, albatta. Chunki Usmonxo‘jayev
Kompartiyaning so‘zsiz itoatkor qo‘g‘irchoq rahbari sifatida O‘zKP MQning IV
plenumida so‘zlab «1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi, shu jumladan
8 obkom sekretari, 3 O`sha asar. 48-bet. 4 «Sovet O‘zbekistoni». 1987 yil,16 feral.
25 shahar, rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar rayon partiya
komitetlarining 10 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining 40 raisi,
ministrliklar va idoralarning 18 rahbari...» almashtirganligi bilan ko‘krak kergan edi.
Xullas, necha ming odam qamoqqa olinganligidan qat'iy nazar o‘zbek xalqi boshiga
80-yillarda ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi O‘zbekistonda
bilgan
va bilmagan
barcha
noma'qulchiliklarni qildilar.
70-80-yillarda
O‘zbekistonda Kompartiya va sovetlar hukumatining I.Usmonxo‘jayev,
Xudoyberdiyev, Aytmurotov, Salimov, R.Abdullayeva, Tursunov, Musaxonov,
Yahyoyev, Norov, Sattorov, B.Rahimov. A.Karimov, X.Norbo‘tayev singari
rahbarlari qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar. Butun SSSRda
bo‘lganidek, O‘zbekistonda
ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik
illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni O‘zbek xalqi
emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.