I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik
deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati
Islom Abdug‘aniyevich Karimov - 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand
shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Islom Karimov 1945 yilda
Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21- maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal
bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix
bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish
va stol tennisiga qiziqardi. 1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo
politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-
mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat
faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi
lavozimlarda ishlashga ulgurdi. 31 1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘aniyevich
O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga ishga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi
lavozomidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha
yo‘lni bosib o‘tdi, jiddiy va o‘ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro‘siga
erishdi.1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining
o‘rinbosari - O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Iqtisodchi, nazariyachi
va amaliyotchi Islom Karimov xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
butunlay noto‘g‘riligini ko‘rib anglagan. Respublikaning moliyaviyiqtisodiy
rivojlanishi rejalarini shakllantirgan Davlat reja qo‘mitasida va Moliya vazirligida
xizmat pillapoyalaridan o‘tayotib, tahliliy tafakkurga ega bo‘lgan holda hech kimga
ma’lum bo‘lmagan yuzaga kelgan muammolarni ich-ichidan his qilardi. 1986 yilda
O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur
o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U
vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi
muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.U jiddiy va aniq
choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning
shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga
imkoni yo‘q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli
ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi
lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro
yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga
sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.
Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa
vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning
ko‘z o‘ngida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch
umuman yo‘q edi. Ehtimol, Islom Abdug‘aniyevichning Qashqadaryoga
tayinlanishi uni sindirish uchun kerak bo‘lgandir, biroq bu aksincha uning taqdirida
burilish yasadi. U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi
xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish,
viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. 32
Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob'ektlar qurildi. Hozirgacha
viloyatda odamlar Islom Abdug‘aniyevich Karimov ishlagan kunlarini mamnuniyat
bilan eslaydilar. Islom Karimov qanday lavozimda ishlamasin, u, avvalambor, o‘z
Vatanining fuqarosi bo‘lib qoldi, xalqining baxtli va farovon turmush kechirishini
xohladi. Xalq ham o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni his qilib, unga katta ishonch
bilan qarabgina qolmay, balki o‘z yo‘lboshchisining haqiqiy fikrdoshi bo‘ldi.O‘sha
yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va
“Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi. 1989 yil 23 iyun kuni
I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib
saylandi va o‘sha vaqtda fojiali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston
boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi. Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan
vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet
kommunistik tizimi hali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri
- iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz
berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki
butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”. Aynan o‘sha
kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki
Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer
go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan
voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun
alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi. Islom Karimov bularning negizida
kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va
ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati
yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”,
“o‘zbek ishi” asoratlari haligacha kishilarning yodida turibdi. Halokatli vaziyat xom
ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi.
Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z
ijtimoiyiqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi.
Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni
to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab
kishilarning hayotini saqlab qoldi, 33 respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi
yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni
1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha
yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni
ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha
chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.Qisqa muddatlarda tubdan
ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul
qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga
tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal
qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta
tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning
butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida
O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.1989
yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek
tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingani
Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi
yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida
birinchi g‘alaba edi. Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtda O‘zbekiston SSSR tarkibida
bo‘lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriybuyruqbozlik
tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo‘lsa ham,
u qabul qilinib tatbiq etildi.O‘zbekiston zimmasiga yuklangan qarorlarga ko‘ra
barcha ekinlar uchun mo‘ljallangan maydonlarning deyarli 80-90 foizi bitta ekin -
paxta bilan band qilingan edi. Bu katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab
bo‘ldi. Va Islom Karimovgacha kishilar dardiga quloq solib ularning dolzarb
muammolarni yechish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan bironta rahbar
bo‘lmadi.Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo‘la olardi. Toshkent
viloyati Bo‘ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi
haqida bosh qotirmay, u odamlarni so‘zi bilan ishontira olganligini eslashning o‘zi
kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining
ekstremistlar tomonidan to‘laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi
xodimlarsiz 34 bir o‘zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy
ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha o‘z
nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko‘rsatib berdi. Respublikada kadrlarni tanlash,
joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatlar ustuvorligi
ta’minlandi. Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” o‘z mavqeini yo‘qotdi.
Anishchev, Ogaryok, Satin va boshqa “kazo-kazolar” respublikadan chiqarib
yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko‘tarildi. Kadrlar siyosatidagi
ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi O‘zbekistonda partiya, sovet, davlat,
huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva
belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal
qilishni respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan yangi
rahbarning jasorati bo‘lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni siyosiy
mutelikdan qutulish tomon tashlangan birinchi qadam bo‘ldi. O‘zbekistonda
adolatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi, to‘qib chiqarilgan “o‘zbeklar ishi”, “paxta
ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar qaytadan ko‘rib
chiqilib, aybsiz qamalgan o‘n minglab kishilar oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat
tiklandi. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek tiliga davlat tili
maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq rahbariyati bu
masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi. Keyinchilik O‘zbek va
rus tillarini teng mavqega ko‘tarishga urinildi, shu yo‘sinda ikki tillilik haqidagi
qonun loyihasini o‘tkazishga harakat qilindi. Respublikaning yangi rahbari
jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21- oktabrda bo‘lgan XI-sessiyasida
“O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Qonunda
O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab
qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi Qonunni
amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan
mehnat jamoalari. oliy o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish
yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi
va uning amalga oshirila boshlanishi respubika ijtimoiy hayotida katta 35 tarixiy
voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi. 1990-yil 18-
fevralda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning
yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil
nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik
qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz
bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play
oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylov bo‘lib o‘tdi. 1990-yil 24-31 mart kunlari
Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining I-sessiyasi
bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar
orasida birinchi bolib “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish
to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz
berish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib
saylandi. Ana shu sessiyada I.A.Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyosiy
mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashni
o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi. Hali SSSR va Markaziy
hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitda O‘zbekistonda o‘z Prezidentining saylanishi
muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil
qadam bo‘ldi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq
respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan
O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun
tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va
huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chlqilgan Mustaqillik Deklaratsiyasi
matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Respublika
Oliy Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib
chiqqan holda, xalqaro huquq normalariga, umumbashariy qadriyatlarga va
demojkratiya tamoyillariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning Davlat suverenitetini
e’lon qildi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar bayon
etilgan: 36 O‘zbekiston SSR Davlat suvereniteti O‘zbekiston SSR demokratik
davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi
munosabatlarda tanho hokimligidir; O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi
daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin
emas; SSSR Oliy Kengashi qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan
tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga kiradi; O‘zbekiston SSR
davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli
barcha masalalar kiradi va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi
Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib, mamlakatimizning o‘z davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Shunday qilib,
80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir
bo‘lgan muhim voqelar davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish tomon dadillik bilan
amaliy qadamlar tashlanganligini yaqqol ko‘rsatadi.
|