Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari




Download 191,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.02.2024
Hajmi191,15 Kb.
#152393
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillikka erishish arafasida

Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari 
1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan 
jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Iqtisodiyot tobora 
tanglik holatiga tushib bordi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va 
transport sohalarini, ko‘pgina kolxoz va sovxozlarni xo‘jalik hisobiga yoki jamoa 
pudratiga o‘tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni 
qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh qilish, ma’muriy 
rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija 
bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar 
iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib 
qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, 
kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib 
qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, 
aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta 
maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati 26 pasayib ketgan 
edi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar toplanib bordi, ularni 
ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija 
bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik 
kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, 
namoyishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi. XX 
asrning 90 yillarida O‘zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar 
belgilaydi: 
Birinchidan, 
atmosfera 
havosining 
haddan 
tashqari 
bulg‘anayotganligidandir. O‘zbekiston shaharlarining deyarli hammasida havoning 
ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa 
O‘zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan, olimlarning hisob-
kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri 
aholisining har biriga 1374 kg, Farg‘onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 
kilogrammdan5 to‘g‘ri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshi, Toshkent, 


Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-
yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 
kilogrammni tashkil etgan. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo‘lmasdan 
O‘zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligida 
qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990- yillarda 
dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 
kilogrammdan bo‘lgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bo‘lib qishloq 
xo‘jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli joyi 
shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda 
hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, o‘simlik va 
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan. Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, 
g‘o‘zalami defoliatsiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlarni 
odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham 
dahshatliroq fojia edi. O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu 
suvga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liqdir. Sovetlar hukumatining ochko‘zligi, 
Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari 5 «Muloqot», 1992 yil, 3 -
4,sonlar, 12-bet. 27 suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-oqibatda Orol 
fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryoga keyingi 20-30- yil 
davomida kollektor-zovur, sanoat va kommunal xo‘jaliklarning tashlandiq va 
zaharlangan suvlarning oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda 
Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 
million gektarni tashkil etadi. Ilgari tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha 
bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillar boshlarida u 2,5-3 barobar ortdi. Havoga, yerga 
sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo‘yi atrofida ham jonli va ham jonsiz 
tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat 
Amudaryo mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko‘l 
6 qurib bitdi. Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o‘zgarishi 
bo‘ldi. O‘zbekistonda 1990-yilga kelib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar 853 
ming gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga hisob-kitobsiz ishlatilgan 
mineral o‘g‘itlarning halokatli ta'siri ham katta bo‘ldi. Chunki mutaxassis 
olimlarning xulosalariga ko‘ra fosfor o‘g‘iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, 
toriy, og‘ir metall tuzlar ham o‘tar ekan. Ekologiya buzilishining to‘rtinchi sababi, 
respublika hayvonot va nabotot olamining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda yovvoyi 
hayvonlaraing - 99, parrandalarning - 410, baliq-larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga 
kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil 
kitob»ga kiritilgan o‘simliklarning soni esa 163 taga7 yetdi. Mamlakatdagi ekologik 
qabohat aholi o‘rtasida har xil kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi va katta 


fojialarga sabab bo‘ldi. Katta yoshdagi kishilar va o‘smirlar o‘rtasidagi umumiy 
kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 3598,6 kishiga yetdi. 
Ma`lumotlarga ko‘ra, 1989-yilning o‘zidagina asab sistemasi, teri, teri osti 
hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasallanish 1,3 
baravar ko‘paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan8 . Oshqozon-ichak, 
virusli gepatit kasalliklari ko‘paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi. Xotin-
qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o‘limi ko‘paydi. Tadqiqotlar 
shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og‘ir bo‘lgan mintaqalar - Orolbo‘yi, 
Toshkent viloyati, ayniqsa 6 «Fan vaturmush», 1991 yil, 7-son, 14-bet. 7 O`sha 
manba. 8 «Mulokot», 1992 yil, 3-4-son, 14-bet. 28 Angren, Olmaliq, Chirchiq va 
Toshkent shahrida, Farg‘ona vodiysining ko‘pgina shaharlarida turli kasalliklarga 
chalinish yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan 
ma'lumotlariga qaraganda Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida har 1000 
go‘dakdan 260 tasi nobud bo‘lgan. O‘zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik 
kasalligiga chalingan, har uch nafar o‘zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli 
harbiy xizmatga noloyiq9 deb topilgan. O‘zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 
mingdan ortiq bola10 tug‘ilardi. Xullas, 90-yillarda mamlakat boshiga tushgan 
ekologik qabohat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Vujudga kelgan og‘ir vaziyat 
vaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik siyosat yuritishni talab qilayotgan edi. 1989-yilning 
may-iyun oylarida Farg‘onada fojiali voqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Stalin 
bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti turklarini o‘zbek xalqi 
o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti 
turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. 
Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari 
o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani 
to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi 
oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib 
keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, song Marg‘ilon shahrining 
mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, qotillik, 
tahqirlash, talonchilik, vahshiyliklar sodir bo‘ldi. Keyingi kunlarda beboshlik 
harakatlari Farg‘ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon 
tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo‘l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya 
binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. 
Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzldi. 
Farg‘onada 4-iyun kuni favqulodda holat e’lon qilindi. Shoshilinch ravishda SSSR 
ichki ishlar vazirligi ichki qoshinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi. 
Janjal 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga, Rishton, 


O‘zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch 9 «Yoshlik». 
1989 yil, 9-con, 4-5-betlar. 10«Mulokot», 1992 yil, 3-4-son, 15-bet. 29 namoyishi 
SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi 
halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-
yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi, 1011 kishi jarohatlandi va mayib 
bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 
militsiya xodimi yarador bo‘ldi. Militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 
davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. 
Voqealarning keng miqoyosda fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy 
organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda 
Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga 
shoshilinchi ko‘chirishni tashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo‘riqlandi, 
oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni 
bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona 
viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej 
viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtirildi. Xo‘sh, Farg‘ona fojiasining 
sabablari nimada edi? Uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O‘z KP MQning 
1989-yil 23-iyunda bo‘lgan XIV plenumida Farg‘ona fojiasi bilan bog‘liq 
masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti 29- 
iyulda bo‘lgan XV plenumda ma’qullandi. Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya 
va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, 
siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi 
keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, 
millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga 
sotilganlarga o‘z vaqtida zarba bermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida 
ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada 
ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, 
ekstremistlar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik 
ko‘rilgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan 
varaqalarni tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li 
Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka, 
Parkent, O‘sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. Yovuz kuchlar harakatlari 
bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. 30 O‘zbekistonning yangi 
rahbariyati tomonidan ko‘rilgan choratadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi. 
Farg‘onadan so‘ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, 
Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlarning 
oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi: 


Birinchidan, xalqimiz chorizm mustamlakachi saltanati va sovet mustabid saltanati 
o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini, har ikkalasi ham o‘zbek xalqining milliy 
dushmani ekanligini aniq -ravshan tushundi. Ikkinchidan, katta tajribaga ega bo‘lgan 
dushmanga qarshi kurashda milliy istiqlolchilar tajribasizlik qildilar. Kurash asosan 
stixiyali tarzda olib borildi, ularda siyosiy kurash madaniyati yetishmadi, xalqimiz 
dushmanga qarshi kurashda yakdil bo‘la olmadi, milliy birlik bo‘lmadi. Xalqning 
ma’lum bir qismi hali ham mustamlakachilarga ishonar edi. Milliy birlikni ta’minlay 
olmadi. Umumiy dushmanga qarshi kurashda birlasha olmadi. Uchinchidan, 
mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o‘z orqasidan ergashtira oladigan, 
nazariy-ilmiy asoslangan dasturga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot bo‘lmadi. 
To‘rtinchidan, 80-yillar oxirlaridagi voqealar mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat o‘zgarishlarni amalga oshirish lozimligini 
ko‘rsatdi. 

Download 191,15 Kb.
1   2   3   4   5




Download 191,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari

Download 191,15 Kb.
Pdf ko'rish