|
Yevropa ittifoqi doirasida standartlashtirish. Reja: Yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish
|
bet | 4/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 158,34 Kb. | | #107335 |
Bog'liq 11-MA’RUZA. YEVROPA ITTIFOQI DOIRASIDA- CEN/TR, Texnik hisobot (Technical Report) — biror- bir me’yoriy talablarni o’z ichiga olmaydi va axborot alma- shish maqsadida nashr etiladi;
- CWA, SEN ekspertlari Kelishuvi (Workshop Agreement) — MH hisoblanmaydi.
Evropa standartlari har besh yilda qayta ko’rib chiqiladi va talabga javob bermaydigan MHlar bekor qilinadi (masalan, 2004 yilda 225ta EN bekor qilingan). yevropa standartlarini ishlab chiqish o’rtacha vaqti 3 yil bo’lib, tez aktualligi yo’qoladigan (masalan, axborot texnologiyalari sohasida) ishlab chiqish muddatlari qisqartiriladi. Zarur hollarda, aksincha, MHni ishlab chiqish muddati cho’zdirilishi mumkin.
Evropa standartlari sanoat vakillari, halqaro, yevropa va milliy standartlashtirish idoralari yevropa komissiyasi taklifiga ko’ra ishlab chiqilishi mumkin. Taklif SENning tegishli TQga kiritiladi va ijobiy qaror bo’lgan holda, ishlab chiquvchi ishchi guruh tuziladi. MH loyihasi takliflar uchun SENning barcha a’zolariga jo’natiladi, xujjatni qabul qilishda esa faqat haqiqiy a’zolar ovoz berish huquqiga etadirlar.
2004 yilda qabul qilingan tartibga ko’ra turli a’zo davlatlar har xil ovozga ega: maksimal ovozga Frantsiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Niderlandiya davlatlari, minimal ovozga esa Kipr, Estoniya, Latviya, Sloveniya, Lyuksemburg, Islandiya va Malta davlatlari etadir. Qabul qilingan standart barcha a’zo davlatlar tomonidan, xususan, qarshi bo’lganlar tomonidan ham milliy standart sifatida qabul qilinishi majburiydir.
Joriy ishlarni bosh kotib boshchiligida Markaziy ko- tibiyat amalga oshiradi (2.21-rasm).
Standartlarni sanoat korxonalari va hamkorlar tomonidan ishlatilishi ixtiyoriy hisoblanadi. Agarda ushbu standartga yeI direktivasida havola berilgan bo’lsa, bu MH barcha uchun majburiy hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar EN standarti talablarini bajarmasliklari mumkin, lekin yeI direktivasi talablarini bajarishga majburdirlar.
SEN barcha halqaro va regional tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. SEN va ISO o’rtasida o’zaro texnik hamkorlik to’g’risida Vena shartnomasi 1991 yilda imzolangan bo’lib, unga ko’ra tomonlar o’zaro axborot almashishi va sandartlarni birgalikda ishlab chiqishga harakat qilishi kerak. Birgalikda ishlab chiqilgan MHga ikkala tashkilot belgisi (ISO/EN) beriladi. Hozirda 30% yevropa standartlari halqaro standartlarga to’liq mos (identifikatsiya qilingan) hisoblanadi.
Deyarli barcha SENga a’zo davlatlar ISO a’zolari xisoblanadi. SEN o’zida ISO bilan bir xil TQlarga etadir.
SENning oliy organi Bosh assambleya bo’lib, unda standartlashtirish bo’yicha milliy idoralari rahbarlaridan iborat Ma’muriy kengash saylanadi. Bosh assambleyalar orasida umumiy masalalarni muxohamasi uchun Ma’muriy kengash yig’ilishlari o’tkaziladi. Ma’muriy kengash qoshida tashqi siyosat va moliya masalalari bo’yicha ikkita maslaxat qo’mitasi faoliyat ko’rsatadi.
Evropa standartlari (EN) SENning 300 ga yaqin TQlari tomonidan ishlab chiqiladi. Standartlashtirish bo’yicha siyosat milliy idoralar raxbarlari tomonidan ishlab chiqiladigan dasturlarda belgilanadi va Bosh assambleyada tasdiqlanadi. TQlar ishini Texnik byuro muvofiqlashtiradi.
SEN tomonidan aviatsiya uskunalari, gazli suv isitish asboblari, gaz ballonlari, ko’tarish mexanizmlari qismlari, oshxona gaz plitalari, liftlar va yuk ko’taruvchilar, payvandlash va metall qirqish, trubalar va truba kuvurlar, nasos stantsiyalar, stekloplastik tsisternalarga va boshqa mahsulotlarga tegishli standartlar ishlab chiqariladi.
Evropa standartlari faqat asoslangan hollardagina, xususan, ushbu mahsulotga umumiy tan olingan halqaro standart mavjud bo’lmagan holda ishlab chiqiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yevropa ittifoqi doirasida standartlashtirish. Reja: Yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish
|