• Elektrotexnikada yevropa standartlashtirish bo’yicha qo’mita (SENELEK).
  • O’zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yev­ropa ittifoqi o’rtasidagi Hamkorlik hamda o’zaro aloqalar




    Download 158,34 Kb.
    bet5/6
    Sana29.11.2023
    Hajmi158,34 Kb.
    #107335
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    11-MA’RUZA. YEVROPA ITTIFOQI DOIRASIDA

    3. O’zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yev­ropa ittifoqi o’rtasidagi Hamkorlik hamda o’zaro aloqalar.
    kelishuviga muvofiq umumtexnikaviy yo’nalishlarda hamda tarmoqlar extiyojidan kelib chiqqan holda qo’llaniladi. Bunda, respublikamizda yevropa standartlari to’g’ridan- to’g’ri davlat standartlari ko’rinishida yoki yeNlarga moslashtirilgan GOSTlar orqali ham qo’llanishi mumkin. Masalan, hozirda amaldagi GOSTlarning 200 dan ziyodi yeNlar asosida ishlab chiqilgan. SHu bilan birga, O’zbekistonda kimyo sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik tarmoqlarida yevropa standartlari O’zbekiston davlat stan­dartlari sifatida qabul qilingan.
    Elektrotexnikada yevropa standartlashtirish bo’yicha qo’mita (SENELEK).
    SENELEK notijorat tashkiloti bo’lib, u 1973 yilda ikki tashkilot — yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi a’zo davlatlari elektrotexnika standartlarini muvofiqlash- tirish bo’yicha yevropa qo’mitasi va yeI a’zo davlatlari elek­trotexnika standartlarini muvofiqlashtirish bo’yicha yevropa qo’mitasi qo’shilishi natijasida tashkil toptan. SENELEK tarkibiga 31 ta elektrotexnika bo’yicha yevropa milliy qo’mitalari va 11 ta qo’shni davlatlar elektrotex­nika bo’yicha milliy qo’mitalari kiradi, unga 15000 eks­pert xizmat ko’rsatadi.
    Uning strukturasi SEN strukturasiga o’xshash bo’lib, asosiy maqsadlari elektrotexnika va elektron mahsulotlariga ixtiyoriy standartlar ishlab chiqishdan iboratdir.
    SEN va SENELEK o’z faoliyatlarida muvofiqlashtirish asosida doimiy hamkorlikda ish olib boradilar.
    SENELEK standartlari rasman qabul qilingandan so’ng, a’zolar tomonidan biror-bir o’zgartirish va qo’shimchalarsiz milliy standart sifatida qabul qilinishi kerak.
    SENELEKning asosiy organi standartlashtirish bo’yicha milliy idoralar va davlat idoralar tomonidan saylanadigan Bosh Assambleya bo’lib, u o’z navbatida 5 kishidan iborat Ma’muriy Kengashni saylaydi.
    SENELEKning standartlashtirish bo’yicha asosiy ob’ekt- lari quyidagilar:

    SENELEK standartlari halqaro standartlar asosida ishlab chiqilishi mumkin. SENELEK standartlari barcha a’zo davlatlar tomonidan milliy standartlar sifatida qabul kilinadi.
    SENELEK standartlari uch ko’rinishda bo’lishi mumkin: yevropa standarti (EN), uyg’unlashtirish bo’yicha xujjat (MH) va dastlabki standart (ENV).
    Evronorma SENELEK (EN) — bu texnik tekstga ega va milliy MH sifatida a’zo davlatlar tomonidan qabul qilinadigan yevropa standarti. SENELEK standarti (EN)ga o’zgartirish kiritish taqiqlanadi va ular uch rasmiy tilda chop etiladi: ingliz, frantsuz, nemis. yevronormalarni raqamlash 50001 dan boshlanadi. Milliy darajada EN mahalliy tilda mohiyati o’zgartirilmasdan chop etilishi mumkin va bunda mahalliy xususiyatlar alohida axborot ilovasi sifatida ko’rsatiladi.

    Download 158,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 158,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yev­ropa ittifoqi o’rtasidagi Hamkorlik hamda o’zaro aloqalar

    Download 158,34 Kb.