|
Evropa standartlashtirish qo’mitasi. SEN tashkiliy tuzilmasi
|
bet | 2/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 158,34 Kb. | | #107335 |
Bog'liq 11-MA’RUZA. YEVROPA ITTIFOQI DOIRASIDAEvropa standartlashtirish qo’mitasi. SEN tashkiliy tuzilmasi.
1961 yilda tashkil etilgan yevropa standartlashtirish qo’mitasi (SEN)ga yevropa ittifoqiga a’zo 28 davlatning standartlashtirish bo’yicha milliy idoralari kiradi. Bular Avstriya (ON), Belgiya (IBN/BIN), Buyuk Britaniya (BSI), Vengriya (MZSH), Germaniya (DIN), Gretsiya (ELOT), Daniya (DS), Irlandiya (NSAI), Islandiya (STRI), Ispaniya
(AENOR), Italiya (UNI), Kipr (CYS), Latviya (LVS), Litva (LST), Lyuksemburg (SEE), Malta (MSA), Niderlandlar (NNI), Norvegiya (NSF), Polsha (PKN), Portugaliya (IPQ), Slovakiya (UNMS), Sloveniya (SMIS), Finlyandiya (SFS), Frantsiya (AFNOR), CHexiya (CNI), SHveytsariya (SNV), SHvetsiya (SIS), Estoniya (EVS) davlatlaridir.
SENga a’zolikka milliy idoralar dastlab tegishli auditdan o’tadilar va keyin SENning belgilangan talablariga mosligi tasdiqlangandan keyin, ular a’zolikka qabul qi- linadilar.
SEN o’z faoliyatini quyidagi printsiplar asosida tashkil etadi:
oshkoralik va ochiqlik, barcha manfaatdor tomonlar standartlashtirish bo’yicha milliy idoralarga murojaat qilib, standartlashtirish ishlarida ishtirok etishlari mumkin;
konsensus, standartlar o’zaro ixtiyoriy kelishuvlar asosida ishlab chiqiladi;
milliy a’zolarning majburiyatlari va texnik kelishuvchanlik, milliy idoralar yevropa standartlarini milliy standart sifatida qabul qilishlari va yevropa standartla- riga mos bo’lmagan boshqa standartlarni bekor qilishlari zarur;
SEN yevropa komissiyasi bilan o’zviy aloqada ish olib boradi;
SENda haqiqiy a’zolar bilan birga, assotsiatsiyalangan, affiliratsiyalangan a’zolar hamda 2003 yilda joriy etilgan hamkor-milliy standartlashtirish idoralari fa- oliyat ko’rsatadi.
Assotsiatsiyalangan a’zolar — sanoatning alohida tarmoqlari bo’yicha yevropa tashkilotlari, iste’molchilar, atrof- muhit himoyasi bilan bog’liq faoliyatdagi manfaatdor tomonlar, kichik va o’rta korxonalar bo’lib, ular SENning Bosh Assambleyasi (ovoz berish huquqisiz), Ma’muriy va Texnik byurolar ishida ishtirok etishlari va barcha kerakli Hujjatlarni (xususan, standartlar loyihalarini) olish- lari mumkin. Assotsiatsiyalangan a’zolar qatoriga yevropa kimyo sanoati kengashi (CEFIC), yevropa meditsina usku- nalarini ishlab chiqarish bo’yicha assotsiatsiyalari konfederatsiyasi (EUCOMED) va boshqalar kiradi.
|
| |