• UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA SINFLARNI KOMPLEKTLASH HAMDA TARIFIKATSIYA RO‘YXATLARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
  • Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV Toshkent sh., 2020-yil 22-iyun, 8-mh-son Moliya vaziri T. IShMETOV
  • Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
  • 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: bazaviy tarif stavkasi
  • 2-bob. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash
  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3271]




    Download 64,88 Kb.
    bet2/3
    Sana22.11.2023
    Hajmi64,88 Kb.
    #103551
    1   2   3
    Bog'liq
    Amaliy fanlar 2023-2024

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3271]
    Qaroriga asoslanib, o`qituvchilarimizning o`quv yili davomida o`quchilari hamda o`zlarining yutuqlari natijalari bo`yicha quyidagicha taqsimladik :
    Musiqa madaniyati

    T/R

    O`qituvchi ismi,sharifi

    O`quv fani

    1a

    1b

    1d

    1e

    2a

    2b

    2d

    2e

    3a

    3b

    3d

    3e

    4a

    4b

    4d

    4e

    5a

    5b

    5d

    5e

    6
    a

    6b

    6d

    7
    a

    7b

    7d

    8a

    8b

    8d

    8
    e

    9
    a

    9
    b

    10
    a

    10
    b

    10
    d

    11
    a

    11
    b

    11
    d

    Jami

    1

    To’raqulova X






















    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1





































    20
    Yig`ilishda o`qituvchilarning fikr mulohazalari eshitildi, hamda yuqoridagi jadvalda ajratilgan dars taqsimoti yig`ilish qatnashchilari tomonidan ma`qullandi.
    Yi`g`ilish qaror qiladi

    1. Metodbirlashma rahbari Murotova M ning ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin.

    2. O`qituvchilarga dars taqsimoti quyidagi jadval asosida tasdiqlansin.


    T/R

    O`qituvchi ismi,sharifi

    Ajratilgan dars soati

    Tanishdim ,imzo

    1

    Murotova M

    12




    2

    Sariyev A

    15




    3

    Ro’ziyeva Q

    8




    4

    Rajabova O

    3




    5

    Yusupova K

    2




    6

    Hamroyeva N

    2




    7

    Qodirova Sab

    2




    8

    Ro’ziyev J

    3




    9

    Mingboyeva M

    2




    10

    Xudoyberdiyev X

    2




    11

    Xudoyberdiyeva M

    20




    12

    To’raqulova X

    20




    13

    Shodiyeva S

    2




    14

    Qodirova S

    2




    15

    Aliyeva Z

    2



    3.O`qituvchilarga dars taqsimoti asosida taqvim mavzuiy ish rejani tuzish , hamda kundalik.com ga kiritish zimmasiga yuklatilsin.



    Metod birlashma rahbari : Murotova M

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
    QARORI
    UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA SINFLARNI KOMPLEKTLASH HAMDA TARIFIKATSIYA RO‘YXATLARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3271]
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
    1. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 22-iyun,
    8-mh-son
    Moliya vaziri T. IShMETOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 22-iyun,
    28-son
    Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 22-iyun,
    124/1-son
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga
    ILOVA
    Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    bazaviy tarif stavkasi ― bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra belgilangan bazaviy haq miqdori;
    o‘qituvchining tarif stavkasi ― o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor;
    sinf komplekti ― o‘quvchilarni belgilangan me’yorlar asosida bitta sinfga jamlash;
    dars soatlari setkasi ― umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi asosida umumta’lim muassasasining sinflar soni, sinf komplektidagi o‘quvchilar soni va tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar bo‘yicha shakllantirilgan jami dars soatlari;
    elektron dastur ― umumta’lim muassasalari to‘g‘risida zarur ma’lumotlar kiritiladigan va istalgan vaqtda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur.
    2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
    2-bob. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash
    3. Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi me’yorlar asosida komplektlanadi:
    shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;
    qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno).
    O‘quvchilar soni mazkur me’yorlardan kam bo‘lgan hollarda umumta’lim muassasasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.
    Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari hamda ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida sinflar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi, 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq komplektlanadi.
    4. Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
    o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I ― IV sinflar;
    o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;
    o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).
    5. Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida, olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalarida, shuningdek, o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni sinflarni komplektlashning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
    6. Umumta’lim muassasalarida sinflar komplektlarini shakllantirishda sinflar bo‘yicha jami o‘quvchilar soni, shu jumladan o‘g‘il va qiz bola o‘quvchilar, inklyuziv ta’lim va yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar sonining mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi talab etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida umumta’lim muassasalarida mazkur Nizomda belgilangan me’yorlardan ortiq sinflar komplektlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    7. Umumta’lim muassasalari har yili 30-avgustga qadar ta’lim olayotgan hamda I sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilarning nomma-nom ro‘yxatini shakllantiradi hamda elektron dastur orqali ma’lumotlarni tegishliligi bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
    Sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri va haqqoniy kiritilishi uchun umumta’lim muassasasining direktori mas’ul hisoblanadi.
    8. Umumta’lim muassasalari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:
    umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud (mikrohudud) bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar soni va sinf komplektini o‘zaro taqqoslash;
    boshqa umumta’lim muassasalaridan kelgan va ketgan o‘quvchilarning umumta’lim muassasasi direktori buyrug‘i asosida sanoqqa kiritilganligi yoki sanoqdan chiqarilganligi o‘rganish;
    har bir sinf bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan sinf sonining o‘sishi yoki kamayishini tahlil qilish;
    qiz va o‘g‘il bolalar sonidan kelib chiqib, sinf o‘quvchilarining guruhlarga to‘g‘ri ajratilganligi o‘rganish;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish hamda sun’iy ravishda sinflar sonining ko‘payishi holatlariga yo‘l qo‘ymasligini o‘rganish.
    9. Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 15-sentabrga qadar tasdiqlanadi yoki aniqlangan xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun yuboriladi.
    Qayta ishlash uchun yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumta’lim muassasasi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi va hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari hamda hududiy moliya organlariga ikki ish kuni ichida elektron dastur orqali tasdiqlash uchun qaytadan yuboriladi.
    10. Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari hamda hududiy moliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hududiy xalq ta’limi bo‘linmasining o‘z hududidagi umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan sinflar komplektlari to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i qabul qilinadi.
    11. Har yili yanvar oyida zarurat tug‘ilganda sinflar komplektlari mazkur Nizomga asosan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
    12. Tegishli moliya yili uchun tuzilgan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan sinflar sonidan ortiq sinflarni tashkil etish, hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

    Download 64,88 Kb.
    1   2   3




    Download 64,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3271]

    Download 64,88 Kb.