Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari




Download 28.97 Kb.
bet3/12
Sana23.01.2023
Hajmi28.97 Kb.
#39093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Uzb-Konstitutsiyaviy huquq
Foton - Vikipediya, Kurs ishi mavzulari.2-kurs sirtqi, Amaliy ish 9 KEBIR, 8 kiber amaliy ish, Наманган (2), 2, Letter 4, Namuna tayyor xat 2023, 280508, BU QIZIQ, umumiy-o-rta-ta-lim-maktablarida-tarbiyaviy-ishlarning-shakllari-va-usullari, portal.guldu.uz-Taqdimot 5-mavzu(1), Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari, Multisim modellashtirish dasturi
Quyidagi savollarga javob bering.




G. Normatova Malayziya hukumati tomonidan e’lon qilingan Malayziya texnik hamkorlik dasturi grantida ishtirok etish uchun hujjatlar tayyorladi. G. Normatova faoliyat olib boradigan advokatlik hay’ati rahbari nomidan yo‘llanma xat oldi. Yo‘llanma xat o‘zbek tilida yozilgan edi.
Malayziya texnik hamkorlik dasturi granti uchun hujjatlar Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali topshirilishi kerak edi. G. Normatova 2022-yil 23-may kuni hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga olib bordi. Ammo, Tashqi ishlar vazirligining chet el grantlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqarmasida faoliyat olib boruvchi xodimi G. Normatovaga o‘zbek tilida yozilgan yo‘llanma xatni qabul qila olmasligini, uni rus tilida tayyorlab kelishni so‘radi.
G. Normatova buning sababi nimada ekanini so‘raganda Tashqi ishlar vazirligining grantlar bilan ishlaydigan boshqarmasi xalqaro grantlar nomzodlari uchun beriladigan yo‘llanma xatlar rus tilida qabul qilinishi tartib-qoidaga aylangani, bunga barcha nomzodlar rioya qilib kelayotganini ta’kidladi.
G. Normatova bundan norozi bo‘lib 2019-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga shikoyat bilan murojaat etdi. Departamaent vakolatlari doirasida G. Normatovaning murojaatini o‘rganib chiqishga kirishdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqaro G. Normatovadan xalqaro grantda ishtirok etish uchun u faoliyat olib borayotgan muassasaning rahbari tomonidan o‘zbek tilida taqdim etilgan yo‘llanma xatni qabul qilish rad etilgani hamda uni rus tilida tayyorlab kelish talab etilgani davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatalari bilan o‘rnatilgan qoidalarning buzilishiga olib kelgan. Ya’ni, bunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va fuqarolar davlat tashkilotlari va muassasalariga murojaatni davlat tilida taqdim etish huquqiga ega ekani e’tiborga olinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bunga javoban xalqaro grant nomzodlarining hujjatlari uchun berilgan yo‘llanma xatlar fuqaro murojaati hisoblanmasligi, o‘zbek tilida topshirilgan yo‘llanma xatlarni qabul qilmaslik esa davlat tilida ish yuritish jarayoni hisoblanmasligi aytildi.

Download 28.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 28.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari

Download 28.97 Kb.