Yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘l larida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezdlarning harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi




Download 0.64 Mb.
bet1/12
Sana17.04.2024
Hajmi0.64 Mb.
#198643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Akbarali
Lesson 4. Speed dating, , 5-MARUZA TASODIFIY MIQDOR TUSHUNCHASI. TAQSIMOT FUNKSIYA VA UNING XOSSALARI. (1), 6-ma\'ruza, 1-dastur, 11-mavzu, Axborotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari, Mavzu android mobil operatsion tizimlar va uning imkoniyatlari, Referati Makroiqtisodiyot predmeti va uning bosh maqsadi Reja K-fayllar.org, Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshirilayotgan is (1), Dastur nomi-WPS Office, 1. O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi “Ta\'lim to‘g‘ri-fayllar.org, O`zbеkiston Rеspublikasi-fayllar.org, joni., jaxon

KIRISH
Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish va sohada sifat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, xususiy sektor korxonalarini keng jalb qilish uchun sharoit yaratish hamda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 2023-yil 10-oktyabrda “Yo‘l xo‘jalik sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-330 sonli qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-yanvardan yangidan boshlanadigan yo‘l-qurilish ob’ektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasiga(FIDIC) kirishi bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilab qo‘yildi. 2023-yil 31-dekabrigacha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan avtomobil yo‘l lari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholash mezonlari takomillashtiriladi. 2025-yilda “Toshkent-Andijon”, “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishlari bo‘yicha pulli yo‘llarni va “Taxtaqoracha” dovonida pulli tonnelni qurish rejalashtirilgan. 2024-yil 1-yanvardan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan ob’ektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida 3 yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi.
Yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘l larida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezdlarning harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi. Tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi. Yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish loyihasi, harakatga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yuqori.
Tezlikda harakatlanishga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda kelgusida ushbu yo‘l larga muqobil yo‘llar mavjud bo‘lganda, “pulli yo‘llar” toifasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ushbu vazifalarni bajarishda Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘l sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish choralarini amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, mamlakatimizning iqlim xususiyatlarini va harakatlanish intensivligini hisobga olgan holda avtomobil yo‘l lari va yo‘l infratuzilmasini yaratish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlar asosida ishlarni faollashtirish bo‘yicha ulkan vazifalar yuklatilgan.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari tomonidan tayyorlanadigan kurs ishlarining bajarilishini o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va uslublariga muvofiqlashtirish, ishlarni sifatli tayyorlanishni ta’minlash hamda kurs ishlarini himoyaga tayyorlashda rahbarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida bakalavrlarining kurs ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar to‘risidagi nizomga asosan bajariladi.

Yo‘lning iqtisodiy ahamiyati

Yo‘l toifasi

Hisobiy harakat jadalligi, keltirilgan dona/sut

Xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar


Davlat ahamiyatiga molik yo‘llar



Ia
(avtomagistral)
Ib
(Tezkor yo‘l)
II
III

14000 dan ortiq

14000 dan ortiq


6000-14000


2000-6000

Mahalliy ahamiyatga molik yo‘llar

IV
V

200-2000
200gacha

Avtomobil yo‘llari mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda aynan Respublika bo‘yicha avtomobil yo‘llari orqali tashilayotgan yuklarning 85% i , yo‘lovchilarning 96% i, tashkil etadi. Bugungi kunda
Respublikamizning avtomobil yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi 209496 km ga yaqin. Shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 42869 km ni , ichki xo‘jalik yo‘llari 141882 km ni tashkil etadi .
Ushbu foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari toifasi ularning belgilangan vazifasi va istiqboldagi harakat jadalligiga qarab ShNQ 2.05.02-07, 2-jadvalga asosan qabul qilinadi.

  1. Xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar – 3981km;

  2. Davlat ahamiyatidagi yo‘llar – 14105km;

  3. Mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar – 24609km,

ni tashkil etmoqda.
Oxirgi yillarga O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi P.F 4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini hamda O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 2776-sonli “O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil topdi.



Download 0.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘l larida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezdlarning harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi

Download 0.64 Mb.