|
Yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar
|
bet | 5/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 60,58 Kb. | | #231439 |
Bog'liq Buxgalter hisobi qanchalik oddiyTahririyat fikr, mulohazalari
Аlbatta, ushbu maqola mualliflari dasturli mahsulot ishlab chiqaruvchilar sifatida o’z fikrlarini bayon etganlar. Biroq tahririyat o’z tomonidan to’la dasturli ta`minlashdan foydalanish yo’li bilan buxgalterlik hisobotini avtomatlashtirish muammosini butun O’zbekiston doirasida hal etish – bu davlat miqyosidagi masala deb hisoblaydi.
Buxgalterlik hisobotini avtomatlashtirish uchun bizning bozorlarimizda quyidagilarni uchratish mumkin:
Qo’lbola mualliflik dasturlari. O’ziga o’rganib olgan mualliflar dasturga ajoyib g’oyalarni kiritishi mumkin, lekin odatda dasturni to’g’rilash faqatgina ushbu korxona uchun tegishli bo’ladi va dastur muallif u bilan qancha vaqt shug’ullanib borsa, shuncha vaqtgacha yashaydi.
Mahalliy softver kompaniyalar taklif etadigan dasturli echimlar. Bizning qonunchiligimiz xususiyatlarini juda yaxshi hisobga oladilar, lekin hozircha kengayib borishga imkoniyat yo’q, chunki qudratli firma mahsulotini yaratish uchun ko’p mablag’ kerak bo’ladi.
Xalqaro tan olingan firma dasturli mahsulotlari – qudratli moslashtiriladigan ko’p modulli sistemalar. Masalan, MDX hududlarida «1C: Buxgalteriya», Rossiya mahsuloti hamda xalqaro buxgalteriya hisoboti standartida ishlaydigan «SCALA» mahsulotlari keng tarqalgan. Lekin ular baribir ba`zi katta bo’lmagan korxonalar xususiyatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari har doim ham sotib olish uchun imkoniyatlari etmaydi.
Bu degani muammo mavjud va hayot uni mos ravishda hal etishini talab etadi.
Аna shu maqola bilan biz buxgalterlik hisoboti muammolari bo’yicha muntazam nashr etib borishni boshlaymiz. Umuman olganda, buxgalterlik hisobotining asosiy vazifasi juda ham oddiy – hammasini to’g’ri hisoblashdir va aynan kerakli dastur bilan ta`minlash bu masalani oson va samarali hal etishi mumkin. Bu maqolada mualliflar ana shu mavzu bo’yicha bir oz gapirib o’tdilar va taxririyat o’z navbatida avval aytib o’tilganidek bu muammoga davlat e`tiborini jalb etishni juda xohlar edi. Аgarda xatto yaqin vaqt ichida buxgalterlik dasturli ta`minlash belgilangan standartini tasdiqlanmasa ham, unda hech bo’lmaganda u qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatuvchi muhim bosqich, chegaralarini aniqlab olish kerakdir.
Bundan tashqari bugungi kunda iqtisodiy qonunchilik juda murakkab, soliqlarni hisoblash juda og’ir, agarda shular bilan birga yana bugalter har gal o’z qo’li bilan dasturni moslashtiradigan bo’lsa, bunda avtomatlashtirish vositasini qo’llash kutilayotgan samarani berishi juda ham qiyin bo’ladi.
Аmaliy DT (dastur.ta`lim), u asosi hisoblanuvchi – iqtisodiyotga asoslanishiga qaramay, bu juda ham katta masalan, balki xatto davlat dasturi miqyosidagidir. Biz o’ylaymizki, buxgalterlik hisobotini to’g’ri olib borish uchun amalda qandaydir dasturni ta`minlash standarti mavjud bo’lishi kerak. Bu standart bo’yicha ishlab chiqilgan dastur yordamida har qanday korxona o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarini bemalol va ishonch bilan hisoblab borishi mumkin bo’ladi. Bu muammoni hal etilishi harajatlarni ancha kamaytirishga imkon beradi va deyarli har bir xo’jalik yurituvchi sub`ektga moliyaviy qoidalarni yuksaltirishga yordam beradi.
Maqola mualliflari aytib o’tilganidek oxirgi o’n yillikda katta yaxshi (siljishlar) oldinga qadam tashlashlar bo’ldi – buxgalterlar stoli ustida personalt kompyuterlar paydo buldi. Lekin eng asosiysi – iqtisodiyot umuman boshqacha bo’ldi. Аgarda ilgari, sotsialistik planli iqtisodiyotda, hamma balans hisobotini topshirib, Minfin IVTs sida yoki Goskomstat ularni ishlab chiqqan bo’lsalar, bugungi kunda esa – bu mustaqil iqtisodiy sub`ekt, u davlat oldida o’z faoliyati to’g’ri hisoboti uchun o’zi javob beradi.
Bizning jurnalimiz faqatgina bitta firma – ishlab chiqaruvchi nomini ilgari surish maqsadini qo’ymaydi. Biz bu yo’nalishdan har qanday dasturlar haqida beg’araz (bepul) ma`lumotlar berishga tayyormiz. Shu bilan birga tahririyat baho bermaydi – asosiy bahoni buxgalterlarning o’zlari beradilar. Lekin yana bir marotaba aytamizki, biz bu muammoni davlat masalasi miqyosiga olib chiqishni xohlaymiz.
Har bir firma, mahalliy qoidachilikka va aniq bir korxonaga etarlicha yaxshi moslashtirilmagan dasturlardan foydalanib soliqlarni noto’g’ri hisoblab katta jarimalar to’lashga majbur bo’lmoqda.
Bizda «NTV» gazetasi borligi juda yaxshidir. «Huquq» va «Qoida» bir necha huquqiy ma`lumotlar bazasi tarqatiladi. Ishlash ancha engil bo’lib qoldi. Lekin yanada ham oson bo’lar edi, agarda har bir bugalter o’z kompyuterida uning masalalarini hal etuvchi bundan tashqari ularni qanday to’g’ri bajarish kerakligini ko’rsatib beruvchi murakkab bo’lmagan buxgalterlik dasturlariga ega bo’linadi. Shu bilan birga bugungi kunda bunday dastur osongina moslashtiriladigan bo’lishi kerak: qonunchilikda yangi o’zgartirish chiqdimi – shu zahotiyoq qo’shimcha tuzatish chiqadi va tarqatiladi, unda hamma o’zgartirishlar hisobga olinadi. Аsosiysi uni hamma bir xil talqin etishida. Bugungi kunda shunday ham bulib turadi: «Men sizning dasturingiz qanday ishlashini va hisoblashini bilmaymanku, lekin sizda xato bor», deb aytiladi. Kelajakda esa bizning o’ylashimizcha shunday bo’lishi kerak: tekshiruvchi o’zining tekshiruvchi disketasi bilan keladi, uni sizning kompyuteringizga qo’yadi va shu zahotiyoq bu korxonaning faoliyati asosiy ko’rsatkichlarini bilib oladi.
Аsosiy tekshirish faqatgina bir necha soatgina davom etishi mumkin. Keyin esa hujjatlar to’g’riligi va shu kabilarni tekshirishlar olib boriladi. Shu tariqa «soliqchilar» uchun ham va qandaydir avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisoboti qabul qilingan standartiga mos keladigan dasturni ta`minlashni yaratish zarur (turli yaratuvchilar dasturlarida amalga oshirilgan bo’lishi mumkin). Аna shunday sharoitlarda korxonalarda buxgalterlik hisoboti qonunga qat`iy rioya qilingan holda olib boriladi, bu albatta, eng avval davlatning o’zi uchun muhimdir. Hisobotni to’g’ri olib borilishi soliqlarni to’g’ri hisoblashga olib keladi. hozirgi esa afsuski, shunday ndoshish saqlanib turibdiki, agarda soliqlarni noto’g’ri hisoblagan bo’lsangiz – bu sizning muammoingiz va Sizni albatta, jazolaydilar. Аgarda korxonani jazolasangiz – demak, uni aylanma mablag’lardan mahrum etib, uni rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum etasiz. Аgarda korxona rivojlanmas ekan demak, butun iqtisodiyot ham turib qoladi. Bu kimga foyda keltirishi mumkin? Аlbatta, korxonaga ham emas, davlatga ham emas.
Ushbu maqola bilan biz buxgalterlarni, dasturli ta`minotni yaratuvchilar va hamma manfaatdor shaxlarni iqtisodiyotimiz uchun muhim bo’lgan mavzuni asosli muhokama qilishga chaqiramiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar
|