|
Yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar
|
bet | 2/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 60,58 Kb. | | #231439 |
Bog'liq Buxgalter hisobi qanchalik oddiyTalablar
Lekin echimlar juda ham yaqin turar edi. aytib o’tilgan qog’oz hujjatlarning o’zi faqatgina butun buxgalteriya uchun ballansli va moliyaviy raqamlar va hisobotlarni “ikki martalab yozish” deb ataluvchi oddiy va fundamental ma`lumotlarni bog’lab analitik buxgalterlik hisobotini ta`minlashga yordam beruvchi oraliq registlar hisoblanadilar. Shu tariqa asosiysini tashkil etuvchi yozuvlarni ularni tashkil kiluvchi kismlariga bo’lib saqlab qolish jarayonini to’g’ri dasturlashtirib provodkadan to aylanma-saldovoy vedomostgacha, ya`ni to balansgacha eng qisqa yo’l bilan ta`minlanildi. Shu bilan birga bu raqamlar zarur bo’lganda, aniqroq aytganda konservatizmlik sababli oraliq hujjatlarni tuzib berishga imkon beradi. Аmmo aynan shu tartibda. Аylanma saldovoy vedomost va oraliq registlar provodkalar natijasi hisoblanadi va bir darajani (bosqichni) ko’rsatadi. Qog’ozlarda buxgalteriya hisobotini olib borish usulida esa bunday bo’lmagan, unda oraliq registlar asosida balans chiqarilar edi, bu esa ko’p bosqichlilik qurilishidan iborat bo’lar edi. ushbu buxgalterlik dasturli ta`minlashni qurish kontseptsiyasidan kelib chiqib, amalda buxgalterlik hisoboti matematik modelini amalga oshiruvchi dasturlar deyarli oddiy tuzilishga (qurilishga) ega bo’ladi va buning natijasida sodda sozlanadi.ortiqcha qo’shimchalardan ozod bo’lgan bu dasturlarda buxgalterning e`tibori faqatgina analitik hisobotgagina qaratilib, ko’rib chiqmoqchi bo’lgan u yoki boshqa raqamlarni hisoblab chiqishdan iborat bo’ladi. Buxgalter uchun bo’layotgan ishlarni tushunmaslik va ortiqcha hisob-kitoblar bilan shug’ullanib vaqtini o’tkazmaydigan ijodiy ishlashi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Hamma kerakli raqamlar uning ko’z oldida, ularni osongina ko’rib chiqish mumkin va buxgalter uchun qulay ko’rinishda namoyon bo’ladi.
O’qitish masalalari
Hozirgi kunda buxgalterlik hisoboti bilan shug’ullanishni xohlovchi va uning kelajagini kompyuterlashtirishda ko’rayotgan inson oldidagi ishda jiddiy masali turadi – bu bir necha predmetlarni o’rganish bo’lib, ular kompyuter texnikasi, buxgalterlik hisoboti va dasturli ta`minlashni buxgalterlik ishida amaliy qo’llash, hamda anik bir dasturni tanlay bilish kabilardan iboratdir. Qisqa muddatda maxsus kerakli bilimlarni egallab olishga imkon beruvchi buxgalterlik hisobotiva audit sohasida malakali mutaxassislarni tezlashtirilgan usulda tayyorlash va amaliy ishshga muvafaqqiyatli kirishishi masalasini hal etish eng samarali yo’llaridan biri – buxgalterlik materiallarning nazariy va amaliy aspektlarini o’rganishni dialektik birlikda, yaxlit olib borishdan iboratdir. Shu bilan birga buxgalterlik hisoboti asosida yotuvchi oddiylik o’qitishning oddiy bo’lishini ham ko’zda tutadi, bu esa hisobot jarayoni butun qurilishi uchun asosini tashkil etuvchi ilk boshlanish va tamoyillarini shug’ullanuvchiga eng samarali tarzda etkazib berishga yordam berishi kerak. Shunday qilib, buxgalterlik hisoboti kontseptsiyasini oddiy, “yodlab olinmagan” usul va tushunarli arxitektura bilan amalga oshirish dasturi o’qitish uchun eng qulay, mos keladigan hisoblanadi. Buxgalteriya ishlarini kompyuterda olib borishga o’qitish hozirgi kunda afsuski bilim oluvchiga kompleks emas, balki tarqoq holatda olib borilmoqda. O’qitishining butun darayoni ob`ektiv sabablarga ko’ra bir necha qismlarga bo’lingan. Birinchi qism hech bir boshqa mutaxassislikdan ajralgan holatda faqatgina kompyuterga o’qitish va o’rgatishdan iborat bo’ladi (bu umuman olganda birinchi bosqich uchun to’g’ri hisoblanadi). Bu qismni o’qitish bilan kompyuter ishlari mutaxassislari shug’ullanadilar. Ikkinchi qismi buxgalterlik hisobotini hech bir aniq buxgalterlik dasturlarisiz “qog’ozda hisoblash” texnologiyasi bo’yicha o’qitishdan iborat bo’ladi. Olib borilgan o’qitish natijasida yoki buxgalterlik hisoboti dasturlaridan birortasini o’rganish bilan o’zi shug’ullanadi, yoki o’qishni keyingi maxsus kurslarda yoki dastur bo’yicha individual tartibda ta`limni davom ettirishga majbur bo’ladi, bu mashg’ulotlar ko’pincha buxgalterlik kasbidan yiroq, lekin ushbu dasturni o’rganib olgan va biladigan odamlar olib boradilar.
Lekin ta`lim olish samarasini oshirish – anik bir buxgalterlik dasturidan foydalanib buxgalterlik hisoboti nazariyasini birgalikda o’rganish o’qitish ikki parallel jarayonini uzviy birlashtirib olib borishdan iborat bo’ladi, dastur esa uni aks ettirib va tasvirlash bilan shug’ullanadigan jarayonining mazmunini to’sib qo’yishi kerak emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar
|