|
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
|
bet | 40/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 86,7 Kb. | | #133328 |
Bog'liq yo‘l harakati qoidalariO‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 109-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 196-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 47-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 101-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 181-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qarori)” 2019-yil 9-apreldagi 292-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 4-son, 57-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi 646-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 8-son, 174-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni)” 2019-yil 18-noyabrdagi 915-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 11-son, 264-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 17-dekabrdagi 796-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 12-son, 288-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son; 05.04.2023-y., 09/23/140/0191-son; 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)
|
| |