• Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
  • Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida




    Download 86,7 Kb.
    bet37/40
    Sana09.01.2024
    Hajmi86,7 Kb.
    #133328
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Bog'liq
    yo‘l harakati qoidalari

    2. Tik chiziqlar
    Tik chiziqlar — yo‘l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
    2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;
    2.2 — tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
    2.3 — ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
    2.4 — yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
    2.5 — yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi;
    2.6 — boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi;
    2.7 — xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.


    Yo‘l harakati qoidalariga
    3-ILOVA
    Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
    1. Tormoz tizimlari
    1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi o‘zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanilsa.
    1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan talablarga mos kelmasa.
    1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.
    1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lishi. G‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqishi.
    1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.
    1.6. To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
    to‘liq jihozlangan holatdagi transport vositalarini — 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
    to‘liq jihozlangan holatdagi yengil avtomobillarni va avtobuslarni — 25 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
    to‘liq jihozlangan holatdagi yuk avtomobillarini va avtopoyezdlarni — 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
    Izoh: To‘xtab turish tormoz tizimi sinovdan o‘tkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo‘lishi kerak.
    2. Boshqaruv qurilmasi
    2.1. Boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak:


    Download 86,7 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 86,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida

    Download 86,7 Kb.