Yo’l qurilishining moddiy texnik ta’minotini tashkil etish




Download 0.85 Mb.
bet2/5
Sana27.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#84451
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamajonov Tolibjon iqtisod
2-maktab 5-ilova dalolatnoma, 12 (1), 1714990628, 1715017484 (1)
Yo’l qurilishining moddiy texnik ta’minotini tashkil etish.
Qurilishning moddiy-texnik ta’minoti-tadbirlar majmuasidan iborat bo’lib, unga qurilishni materiallar, yarim mahsulotlar, detallar, buyumlar, qurilish va yo’l mashinalari, transport vositalari, mexanizatsiyalovchi asbob-uskunalar, texnologiya uskunalar bilan o’z vaqtida ta’minlashni rsjalashtirish ishlari kiradi.
Moddiy-tsxnik ta’minot masalalari quyidagilar: qurilishning moddiy rssurslarga extiyojini «niklash; ularni rejalashtiradigan organlarga dalillab bsrish; material yetkazib beruvchilar bilan ratsional aloqalar o’rnatish. Barcha moddiy resurslarni. Ularni ishlab chiqaruvchilardan qurilish ob’ektiga soatma-soat grafinlar asosida yetkazish na o’sha srga urintirmasdan taxlab qo’yish maqsadgaeng muvofiq yo’l hisoblanadi.
Moddiy-texnik baza tarkibiga yo’l qurilishidagi ishlab chiqarish korxonalarini ham kiritgan ma’qul. Bular: qurilish materiallarini qazib olinadigan karerlar, chaqiq tosh tayyorlaydigan korxonalar-tosh maydalash zavodlari (TMZ), mineral kukun tayyorlaydigan korxonalar, organik bog’lovchilarni tayyorlovchi (quritadigan, ishchi haroratgacha qizdiradigan) korxonalar, asfaltbeton va sementbeton zavodlari (ABZ va TSBZ), yo’l poyalari va emulsiyalari tayyorlaydigan korxonalar, mustahkamlangan grunt korxonalar, yig’ma temirbeton buyumlar zavodlari (ZMJN), rels oldi yuk tushirish bazalari.
Bu korxonalarni joylashtirish, quvvatini va ish unumini aniqlash uchun texnik-iqtisodiy hisoblar bajariladi. Ular yordamida quyidagilar topiladi: yo’l qurilishida kelajakda zarur bo’ladigan materiallar, yarimmaxsulotlar va yig’ma konstruktsiyalarga extiyoj; eng arzon va eng qisqa muddatlarda xarajatlarni qoplaydigan, quvvati turlicha bo’lgan uskunalarni qiyosiy baholash; ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etii| uchun kapital mablag’lar; dastlabki xom ashyoni eng kam xarajatlar bilak yetkazib beradigan transport aloqalari; sanitariya-gigienik sharoitlar; korxonalarni energetik resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlari.
Avtomobil yo’lini qurishni tashkil etish umumiy sxemasi va birinchi navbatda, ish uchastkalarini aniqlash, ularning yo’nalishi va tezligi ko’p jihatdan asosiy yo’l-qurilish materiallari bilan ta’minlovchi manbalarni joylashtirishga va ularning kuvvatiga bog’liq. Materiallar uzoqdan olib kelinsa, yukni tushurish uchun temir yo’l stantsiyasini joylashtirish ham hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish mahsulotni ishlab chiqarish hususiyatlariga ham bog’liq. Qurilish materiallari konlaridan (shag’al, kum, qoya jinslar) har doim ham foydalanib bo’lmaydi, chunki ular davlat standarti talablariga javob bermasligi mumkin yoki uzoqda joylashgan bo’ladi.
Avtomobil yo’llari, ko’priklar va boshqa yo’l inshoatlarini qurishda rayon ahamiyatiga ega bo’lgan korxona kurilib, u qurilish ob’ektlari guruhiga yoki hududiy yo’l xo’jaliklariga xizmat qiladi. Bunday korxonalar samarali ishlaydi, kam xarajatlar bilan sifatli mahsulot yetkazib beradi. Ba’zi mahsulotlarni uzoq saqlab bo’lmaydi (asfaltobeton, sementbeto. qorishmalar, bog’lovchi moddalar bilan ishlov berilgan gruntlar). Shuning uchun ularni yotqazadigan joyga yetkazib berish vaqtini belgilash muhim. Bu vaqt qurilish me’yorlari va qoidalari bilan qat’iylashtirilgan bo’lib, 0.5 - 1.0 soat oralig’ida bo’ladi (havo harorati va tashiladigan yo’l sharoitlariga bog’liq holda). Qattiq qoplamali yo’llarda transprot vositasining tezligi 40km/soat gacha, gruntli yo’llarda yoki yomon yo’llarda 15 - 25km/soat.
Qorishmalarning sifatini saqlash maqsadida ularni tayyorlaydigan korxonalarni yengil ko’chiriladigan qilib ko’chiriladi; 1-2 sutka ichida yo’l qurilishi bo’layotgan uchastkalarga ko’chirish mumkin.
Avtomobil yo’llarini oddiy qayta ishlab chiqarish ishlariga obyektlarning boshlang’ich transport tasarruf ko’rsatkichlarini tiklashga qaratilgan ishlar kiradi, ya’ni ularning tabiiy yemirilish oqibatlarini yo’qotishdan iboratdir. Bunday ishlar yo’llarni ta’mirlash paytida bajariladi va quydagilarni o’z ichiga oladi: yo’l qoplamasini mustahkamlash, suv qochiruvchi qurilmalar, bordgorlar, tirkovuch devorlar va boshqa yo’l konstruktiv elementlarini tiklash. Bu ishlar yo’lning inventor qiymatini oshirmaydi va bu ishlarni bajarish sarf xarajatlari yo’lning yemirilishini hisobiga oluvchi amortizatsiya miqdorini bugalteriya hisobida kamaytirish yo’li bilan hisobdan chiqariladi.


Avtomobil yo’llari kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlariga yangi konstruktiv elementlarni qurish, hamda yo’llarni kengaytirish, mustahkamlash yoki amalda mavjud bo’lgan elementlarni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari kiradi.
Bu ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Yo’l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalar bo’yicha – yo’lga berilgan texnik kategoriyaga muvofiq ravishda uning geometrik elementlarini me’yor darajasiga yetkazish, yangi suv qochiruvchi qurilmalarni, qirg’oqlarni himoyalovchi va erroziyaga qarshi inshootlarni, yo’l kesishmalari joylarida yo’l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalarni qurish, avtobus bekatlari uchun yo’lni kengaytirish, yo’lning transportlar harakatlanadigan qismidan tashqarida avtomobillarning to’xtab turishlari uchun maydonchalar qurish.

  • Yo’l qoplamasi bo’yicha – yo’lning qoplamali qismini kengaytirish, yo’llarning qayta qurilayotgan bo’laklari, transport yechimlari hamda avtobus bekatlari va avtomobillar uchun to’xtab turish maydonchalarini yo’l qoplmasi bilan qoplash, bordyorlar o’rnatish, qoplamalari yaxshilangan yo’llarning chetlariga mustahkamlovchi polosalar qurish.

  • Suniiy inshootlar bo’yicha – mavjud bo’lgan ko’piriklar va yo’l o’tkazgichlarni ( uzunliklari 60m gacha bo’lgan ) butunlay yoki qisman qayta qurish yoki yangilarini qayta qurish, yog’ochdan, temir betondan, g’ishtdan va po’latdan qurilgan ko’priklarni kengaytirish va kuchaytirish, tog’ yo’llarida himoya to’siqlari va ayvonlari qurish.

Bu ishlarning amalga oshirilishi yo’l tashkilotlari balansida bo’lgan yo’llarning, ya’ni asosiy fondlarning, inventor qiymatlarining oshishiga olib keladi.
Avtomobil yo’llarini ta’mirlashda uning boshqa elementlari bo’yicha kengay tirilgan qayta ishlab chiqarish bo’yicha ko’zda tutilgan ishlar hajmi ta’mirlashga sarflanadigan umumiy harajatning 50-60 foizni tashkil etadi.
Yo’llarning inventor qiymatlarini ortishiga sabab bo’luvchi ishlar salmog’ining yuqorililigi avtomobil yo’llarning amaldagi transport tasarruf ko’rsatkichlari bilan ularga avtomobil transporti tomonidan qo’yilayotgan talablar o’rtasidagi oraliqning katta ekanligidan darak beradi.
Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning ishga tushirilishi hisobiga avtomobil yo’llarining qattiqligini doimiy ravishda oshirib borish, bu harajatlarning ta’mirlash ishlaridagi qiymatining kamayib borishida turg’un holat yaratadi. Hisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, qurilish me’yorlari va qoidalariga to’liq amal qilgan holda qurilgan avtomobil yo’llari uchun, yo’llarni ta’mirlashda ularning inventor qiymatlarini oshiruvchi harajatlar yo’l qoplamasining turiga qarab, ta’mirlash qiymatining 10-50 foizini tashkil etadi.
Ko’rib chiqilgan yo’llarning moddiy va ma’naviy eskirishiga sabab bo’luvchi omillar, yo’llarda o’tkazilishi kerak bo’ladigan ta’mirlash ishlari hajmi va muddatlarini belgilaydi. Ta’mirlash tadbirlari qiymatiga ish hajmidan tashqari smeta narhlari omili va ishlab chiqarish omillari: ishlarning bajarilish texnologiyasi, ularning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish bazasining quvvati va ahvoli mexanizatsiya vositalarining ahvoli, mehnatni tashkil etilish saviyasi, rejalashtirish va boshqarish, ishlarning bajarilish muddatlari va sifati ham ta’sir etadi.
Shunday qilib, yo’l xo’jaligi tarmog’I oldida turgan ishlab chiqarish masalalari birinchidan, zaruriy texnik iqtisodiy natija beruvchi optimal muddatlar va hajmda ta’mirlash ishlarini bajarish hisobiga “Avtomobil yo’llarining transport tasarruf ko’rsatkichlarini loyiha yechimlarida belgilangan” saviyada ushlab turish, ikkinchidan, avtomobil transporti talablariga muvofiq ravishda iqtisodiy samaradorligi hisob kitoblar bilan asoslangan holda yo’l parametrlarini oshirib borish. Ham birinchi, ham ikkinchi masalani hal etishda zaruriy ishlarni bajarishga ketadigan harajatlar, ta’mirlash ishlari o’tkazilayotgan yo’llarda avtomobil transportida bo’ladigan yo’qotishlarni ham birga qo’shib hisoblanganda minimal bo’lishligi kerak.
Bu masalalarning hal etilishiga, ishlab chiqarish daromadlarini takomillashtirishiga, ishlab chiqarish faoliyatining yangi iqtisodiy mexanizimiga o’tishga qaratilgan, tarmoq ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy maqsadi sifatida qaramoq kerak.
Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilishni odatda yo’l xo’jaligi tashkilotlarining o’zlari amalga oshiradilar, zarurat bo’lgan hollarda esa ular alohida turdagi ishlarni bajarish uchun ixtisoslashgan korxonalar, ko’prik qurish boshqarmalari, ko’prik otraydlari, ko’prik quruvchi poyezdlar, tonnel otryadlari, mexanizatsiya boshqarmalarini jalb etishlari mumkin.
Yo’llarni ta’mirlash ishlari odatda yo’l xo’jaligi tashkilotlarining kuchlari bilan amalga oshiriladi, ammo alohida holatlarda boshqa tashkilotlar tomonidan pudrat usulida ham bajarilishi mumkin. Yo’llarni yaroqli holatda tutish maqsadida bajariladigan ishlar yo’l xo’jaligi tashkilotlarining o’z kuchlari bilan bajariladi.
Shunday qilib, yo’l xo’jaligining maxsuloti o’zining murakkabligiga qarab, tarmoq korxonalarining o’z kuchlari bilan, yoki kapital qurilish bo’yicha turdosh va ixtisoslashgan korxonalar bilan koperatsiyalashgan holda yaratiladi.
Bosh pudratchi rejada va titul ro’yxatida ko’zda tutilgan qurilish obyektlarini tasdiqlangan loyiha – smeta xujjatlari va qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda qurishi va ishchi komissiyaga topshirishi kerak.
Obyektlarni xo’jalik uslubida bunyod etilganda, qurilish montaj ishlarini bajarish korxona va tashkilotlarning o’z kuchlari bilan amalga oshiriladi. Xo’jalik usulida bajariladigan qurilishning salmog’i yuqori emas.
Korxona va idoralarga tegishli avtomobil yo’llarining qurilishi ( sanoat korxonalarining yo’l xo’jaligi, maxsus kirish chiqish yo’llari ) korxonalarning buyurtmasi va tuzilgan shartnomalar asosida xar hil vazirlik va idoralarga qarashli bo’lgan ixtisoslashgan yo’l tashkilotlarining yoki korxonalarining o’z kuchlari bilan qurilishi mumkin. Huddi shu tartibda yo’llar va yo’l inshotlarini ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish ishlari ham bajarilishi mumkin. Qurilish qatnashchilarining tashkiliy iqtisodiy munosabatlari tizimi qurilishni amalga oshirishning usuliga qarab aniqlanadi. Qurilishni olib borishning ikki usuli mavjud: pudrat usuli va xo’jalik usuli.
Qurilishning pudrat usulida qurilish-ta’mirlash, montaj va maxsus ishlar doimiy amal qiluvchi, moddiy texnika bazasiga, ishchi kadrlar va kerakli resurslarga ega bo’lgan tashkilot tomonidan bajariladi. Pudratchi qurilish, qurilish-montaj, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, buyurtmachi tashkilotlar uchun tuzilgan pudrat shartnomalari asosida kapital qurilish ishlarini bajaradilar. Pudrat shartnomasi buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasidagi munosabatlarni, shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlikni belgilovchi asosiy hujjat sanaladi.
Pudrat shartnomasi buyurtmachi va bosh pudratchi o’rtasida yangi qurilish, rekonstruksiya, korxona va bino inshootlar yoki ularning ketma ketligini texnik jihatdan qayta jihozlanishi uchun zarur bo’lgan to’liq muddatga tuzilib, obeyktlar qurilishi rejasiga kiritilgan va tasdiqlangan titul ro’yhatiga ega bo’lishlari kerak. Buyurtmachi odatda, pudrat shartnomasini bitta qurilish - montaj yoki unga tenglashtirilgan tashkilot-bosh pudratchi bilan tuzadi. O’z navbatida, bosh pudratchi alohida ish turlari va komplekslarini bajarish uchun umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan subpudrat shartnomalari tuzish huquqiga ega. Bosh pudratchi bilan kelishilgan holda, buyurtmachi montaj va maxsus ishlarni bajarish uchun montajchi va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. (To’g’ridan to’g’ri shartnoma ) Bunday holatlarda uskunalar montajining boshlanishi va tugallanish muddatlari bosh pudratchi bilan kelishiladi.
Pudrat shartnomasiga ko’ra bajarilishi lozim bo’lgan ishlarning qiymati shartnomaviy narxlar asosida aniqlanadi. Qurilishning boshlanishi va qurilish muddatlari titul ro’yxatiga muvofiq ravishda pudrat shartnomasida belgilanadi.
Buyurtmachi tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ravishda pudratchiga qurilish maydonini ( Trassa ) taqdim etib, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini yetkazib berishi, qurilishni moliyalashtirishni o’z vaqtida ochilishi va beto’xtovligini hamda bajarilgan ishlar o’z vaqtida haq to’lanishini ta’minlashi kerak. Ulardan tashqari buyurtmachi bosh pudratchiga qurilish obyektining va ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi bilan muvofiqlashtirilgan jadval (grafik) asosida uskuna materiallar va buyumlarni kompleks ravishda yetkazib berishi va boshqa bir qator tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachining eng muxim funksiyalari bu bajarilgan ishlar qiymatining loyiha-smeta hujjatlariga, qurilish meyorlari va qoidalariga hamda davlat standarti va texnik shartlarga mos kelishligi ustidan texnik nazorat olib borish va tekshirish sanaladi. Agar nomufoviqliklar aniqlansa buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni to’g’irlash to’g’risada ko’rsatma berishi, zarur bo’lgan holatlarda esa qurilishni kamchiliklar tugatilmaguncha to’xtalib turishi bajarilgan ishlarga haq to’lashni to’xtatishi mumkin.
Bosh pudratchi qurilish- montaj ishlarini, qurilishning muddat me’yorlari bilan muvofiqlashtirilgan holda tuzilgan ishlarni bajarish grafigi asosida amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. Bu grafik buyurtmachi va subpudratchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tuzilishi kerak.
Bosh pudratchi qurilish montaj ishlarini bajarish bo’yicha tasdiqlangan rejalar va grafiklarning bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishga barcha qurilish qatnashchilarining faoliyatlarini u tashkilotlarining qaysi vazirlik yoki idoraga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar, muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadi.
Pudrat shartnomasini tuzish tartibiga rioya qilmaslik, tomonlarning o’z majburiyatlarini bajarmasligi davlat intizomining buzilishi sanalib, shu buzilishiga yo’l qo’ygan tomon uchun mulkiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Obyektlarni xo’jalik uslubida bunyod etilganda qurilish montaj ishlarini bajarish korxonalar va tashkilotlarning o’z kuchlari bilan amalga oshiriladi. Xo’jalik usulida bajariladigan qurilishning salmog’i yuqori emas. Investitsion siyosatdagi o’zgarishlar bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo’jalik mustaqilligining kengayib borishi, qurilish – montaj ishlarini, birinchi navbatda korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash kerak.






Download 0.85 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo’l qurilishining moddiy texnik ta’minotini tashkil etish

Download 0.85 Mb.