Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari




Download 116,5 Kb.
bet3/8
Sana14.12.2023
Hajmi116,5 Kb.
#118479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yong\'in chiqish, portlash xavfli bo\'lgan ob\'eklardagi transport va kommunal tizimlardagi avariya va halokotlar

Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari. Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo’yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, E ko’rinishlarida shartli belgilanadi.
A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bo’lib, unga bug’larining alangalanish harorati 28°S dan kam bo’lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki materiallar bo’lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o’zaro ta’sirda alangalanuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.
B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug’larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bo’lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo’lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori Npv>65 g/m3 bo’lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.
V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bo’lgan suyuqliklar ishlatiladigan va Npe>65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo’lgan, shuningdek qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir.
G-kategoriya - yong’inga xavfli ishlab chiqarish. YOnmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta’sirida ishlov berish qo’llaniladigan ishlab chiqarish.
D-kategoriya - yong’inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda ishlov beriladi (yig’ish, ajratish, yuvish sexlari).
E-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. YOnuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bo’lgan ishlab chiqarish. Bunday mo’hitda yong’insiz portlash sodir bo’ladi.
Hosilni yig’ishtirib olishda yong’in xavfsizligi tadbirlarini taminlash uchun javobgarlik ish boshqaruvchilariga, hosilni yig’ishtirish agregatlaridagi o’t o’chirish vositalari va yong’inga qarshi qurilmalarning texnik holati uchun javobgarlik esa ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlariga yuklatiladi.
Korxonaning rahbari har yili buyruq bilan (fermer xo’jalik boshqaruvi qarori bilan) o’rim-yig’im texnikalarini yong’inga qarshi tayyorlashda, yong’in-texnik bilimlarni mustahkamlash uchun o’qishni tashkil etish va sinov qabul qilish, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo’yicha instruktajlar o’tkazish uchun javobgar shaxsni tayinlaydi.
Hamma xodimlar yong’in - texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitilgan va bu bo’yicha sinov topshirgan bo’lishlarikerak. YOng’in-texnik minimumi sinov natijasi bo’yicha baholash jadvali to’lg’aziladi.
Hosilni yig’ishtirish va ozuqalarni tayyorlashga jalb qilingan barcha ishchi, xizmatchilarga yong’in xavfsizligi tadbirlari haqida instruktaj o’tkaziladi. O’qish va instruktajdan o’tmagan shaxslar bu ishlarga qo’yilmaydi.
Agar o’rilgan donni bir yo’la maxsus saqlanadigan joyga tashib ketish imkoniyati bo’lmasa vaqtinchalik don xirmonlari g’alla maydonidan 100 m, bino va inshootlardan 50 m dan kam bo’lmagan masofada joylashtirilishi zarur. Dala shiyponlari g’alla maydonlaridan, g’aram maydonlaridan 100 m uzoqlikda joylashishi va atrofi 4 m dan kam bo’lmagan kenglikda shudgorlanishikerak. Davlat yong’in nazorati inspektori fermer xo’jaligi bo’yicha ushbu masaladagi mas’ul bilan hosilni o’rib-yig’ib olishda ishlatiladigan texnikalarni qarovdan o’tkazadi. Qarov vaqtida texnikaning sozligi va har bir kombaynni ikkita o’t o’chirgich bilan, 2 2 m o’lchamdagi kigiz, ikkita shvabra va ikkita belkurak bilan, traktorni o’t o’chirgich va belkurak bilan, avtomobillarni o’t o’chirgichlar va bel kuraklar bilan ta’minlanganligi tekshiriladi.
G’alla maydonida yong’in chiqqanda keng maydon bo’ylab tarqalishini oldini olish maqsadida g’alla maydoni 50 ga dan ortiq bo’lmagan uchastkalarga bo’linib atroflaridan 8 m kenglikda g’alla o’rib olinadi va g’allasi o’rilgan joy 4 m kenglikda shudgorlab chiqiladi. G’alla maydonini temir yo’lga, o’rmonga, yo’llarga, yaqin uchastkalari esa 2 m kenglikda shudgor qilinadi.
O’rim-yig’im agregatlari yaqinida shudgorlovchi agregat bo’lishi zarur. Dalada ish vaqtida ochiq olovdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Texnikalardan yonilg’i oqishini o’z vaqtida to’xtatish chaqmoq va o’chirgichning sozligini doimiy kuzatish lozim. Har uch kunda dvigatelning chiqarish quvurlari va chaqmoq o’chirgichlari qasmoqdan tozalanadi.
O’rim-yig’im vaqtida agregatda, g’alla maydonida va somon g’aramlari yaqinida chekish taqiqlanadi. CHekish joyi g’aram va kombaynlardan 30 m uzoqlikda jihozlanadi. Bu joy atrofi haydaladi va suvli bochka bilan ta’minlanadi.
Traktorlar va kombaynlar uchun vaqtinchalik to’xtash joyi qurilishdan, xirmondan va g’alla maydonlaridan kamida 100 m uzoqlikda ajratiladi. Kombaynlarni tungi to’xtash joyida ular orasidagi masofa 20 m dan kam bo’lmasligikerak.
Somonni g’aramlash joylarida to’rtta o’t o’chirgich, ikkita suvli bochka, ikkita satil, to’rtta belkurak, to’rtta shvabra suyanchiqsiz turadigan va narvon bo’lishikerak. Somon g’aramlari qurilishdan 50 m, temir yo’ldan 150 m, o’tish yo’llaridan 20 m va elektr uzatish tarmoqlari sim yog’ochlardan 15 m dan kam bo’lmagan masofada joylashtiriladi. Bitta g’aramning asosini maydoni 150 m2 dan, presslangan somon yoki pichan bostirmalariniki esa 500 m2 dan oshmasligikerak. G’aramlar yashindan himoyalagichlar bilan jihozlanadi. O’rimdan so’ng g’alla don xirmoniga, don omborxonalariga tozalash uchun, namligi 16 % dan ortiq bo’lganlari esa don quritkichlarga keltiriladi. Don omborlariga yong’inga qarshi devor va yong’inga qarshi eshiklar o’rnatiladi.
Donni tozalovchi komplekslarda va don quritkichlarga xizmat ko’rsatishga 18 yoshdan kichik bo’lmagan, yong’in texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitilgan va maxsus tayyorgarlikni o’tagan va bunday agregatlarda ishlash huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo’lgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Don ombori va harakatlanuvchi quritish agregati orasidagi masofa 10 m dan kam bo’lmasligikerak. Donni harorati har ikki soatda nazorat qilinib turiladi.

Download 116,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari

Download 116,5 Kb.