• Yong`in haqida xabar berish texnik qurilma va asboblari.
  • MAHALLIY YONG`INNI O`CHIRUVCHI AVTOMATIK KUKUNLI YONG`IN O`CHIRGICH SXEMASI 1 HARORAT DATCHIGI; 2-ALANGA UCHIRUVCHI USKUNA; 3-AJRATGICH; 4-BOSHQARISH PULTI
  • DAVLAT YONG`NNI NAZORAT QILISH ORGANI




    Download 43.47 Kb.
    bet4/4
    Sana11.01.2023
    Hajmi43.47 Kb.
    #37969
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Yong’indan himoyalanishning zamonaviy vositalari. Yong’in o’chir
    Bayonnoma, ochiq dars N. Rahmatova
    DAVLAT YONG`NNI NAZORAT QILISH ORGANI
    Davlat yong`inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong`indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong`inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong`indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo`llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong`inni oldini olishga oid qoida va me'yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda aloxida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish
    vaqtida yong`inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o`t o`chiruvchi bo`linmalarning ishga shay turishini hamda o`t o`chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi.
    Davlat yong`inni nazorat qilish organlari yong`inni , me'yor va ko`rsatmalarining buzilishiga aybdor bo`lgan mas'ul shaxslarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong`in xavfi tug`ilganda ob'ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to`xtatib qo`yish huquqiga ega. Shaharlar va shahar tipidagi qishloq yong`in muhofazasi, shuningdek, o`zlarida o`t o`chiruvchi qismlar bo`lmagan korxonalarda, yangi qurilishlarda,
    turar joy va jamoat binolarida yong`inni oldini olish nazoratini amalga oshiradi.

    Yong`in haqida xabar berish texnik qurilma va asboblari.
    Yong`indan xabar bergichlar yong`inga qarshi kurashishda eng muhim vositachi hisoblanadi. Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarishi kerak: mahalliy yong`in muhofazasiga tezlik va uzluksiz xabar berish, elektr xabar bergich qo`llanilganda elektr zanjirida uzilish ro`y berganda qabul apparatiga 133 avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi elektr tarmog`i (tizimli) hisoblanadi. Elektr yongan xabar bergichlar tizimi yong`inni aniqlash va uning joyini xabar berish uchun belgilanadi.


    MAHALLIY YONG`INNI O`CHIRUVCHI AVTOMATIK KUKUNLI

    YONG`IN O`CHIRGICH SXEMASI

    1 HARORAT DATCHIGI; 2-ALANGA UCHIRUVCHI USKUNA; 3-AJRATGICH; 4-BOSHQARISH PULTI
    Elektr yong`in xabar bergichlar yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, ishloq xo`jaligi bino va inshootlariga o`rnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yong`in xabar bergich stansiyasi, elektr toki bilan ta'minlash tuzilmasi va aloqa chizig`i bo`ladi. Yong`indan xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko`tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug`lik (alanganing yorug`lik nurini sezuvchi); kombinasiya qilingan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o`zgarishini sezuvchi) va boshqalar bo`ladi.


    Elektr yong`in xabar bergichlar tizimini tanlashda xona va muhitning xususiyatlari, yonuvchi xavfli materiallarning borligi, ularni yonish xarakteri, texnologik jarayonlarni xisobga olib tanlanadi. Shuningdek, xabar bergichlarning texnikaviy ma'lumotlarini hisobga olib, ularni ishlatish sharoitlariga moslab tanlanadi. Nisbiy namligi 80% dan kam bo`lgan va yonish harorati ko`tarilishi mumkin bo`lgan joylarda ATIM-3, ATP-ZM, POST-1 va DTL tipidagi issiqlik xabar bergichlari qo`llaniladi. Nisbiy namligi katta bo`lgan xonalar uchun ATP-ZV, ATIM-3, TRV-2 va boshqa avtomatik xabar bergichlar qo`llaniladi. Portlash xavfi bo`lgan xonalarni muhofaza qilish uchun TRV-1 va TRV-2 portlash xavfsizlik xabar bergichlari qo`llaniladi..
    Download 43.47 Kb.
    1   2   3   4




    Download 43.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT YONG`NNI NAZORAT QILISH ORGANI

    Download 43.47 Kb.