|
Bosh miyaning o’sishi va rivojlanishi
|
bet | 48/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiBosh miyaning o’sishi va rivojlanishi. Yangi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning vazni 340-400 g ni tashkil etadi, bu esa uning gavda og’irligining 1/8 –1/9 qismini takshil etadi. Miyaning vazni yoshga qarab o’zgara boradi.
1-jadval
Miya vaznining yoshga qarab o’zgarishi.
Yosh
|
Miyaning vazni, g
|
Yosh
|
Miyani vazni, g
|
Yangi tug’ilgan bola
|
400
|
13 yosh
|
1300
|
1 yosh
|
800
|
15 yosh
|
1350
|
3 yosh
|
1170
|
18 yosh
|
1380
|
7 yosh
|
1250
|
Voyaga yetgan odam
|
1400
|
Miyaning jadal o’sishi bola hayotining dastlabki uch yilida yuz beradi.Homila 4 oylik bo’lgunigacha bo’lgan rivojlanishida katta yarim sharlarning yuzasi silliq bo’ladi. Homilaning 5 oyida avval yonbosh, so’ngra markaziy tepa-ensa egatlari hosil bo’ladi. Tug’ilish paytiga kelib katta yarim sharlarning po’stlog’i tuzilishi jihatidan voyaga yetgan odamlarniki tipida bo’ladi. Lekin egatlarning shakli, o’lchami holida chigalliklar tug’ilganidan keyin ham o’zgaradi.
Yangi tug’ilgan bolalarning nerv hujayralari duk shaklida bo’lib uncha ko’p bo’lmagan o’simtalarga ega bo’ladi, po’stloq esa voyaga yetgan odamlarnikidan ancha nozik va yupqa bo’ladi.
Nerv tolalarining miyelinlashishi, po’stloq qatlamlarining joylashuvi, nerv hujayralarining tabaqalanishi asosan 3 yoshga yetgach tugaydi. Bosh miyaning kelgusi rivojlanishi assosiativ tolalar miqdorining ortishi va yangi nerv bog’lanishlarning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu yillarda miyaning vazni juda kam o’zgaradi.
|
| |