YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
AQLLI SHAHAR INFRATUZILMASIDA QOS (XIZMAT KO’RSATISH SIFATI)
KO’RSATKICHLARI BO’YICHA ILMIY ISHLARNI TAHLIL QILISH
N.M.Miraliyeva
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti
+998(99) 884-57-95
https://doi.org/10.5281/zenodo.10390337
Annotatsiya. Bu tadqiqotning maqsadi Aqlli shahar mavzusida nashr etilgan nufuzli xalqaro
ma’lumotlar bazasida keltirilgan ilmiy ishlarni umumlashtirishdir. Axborot bazasi sifatida
Researchgate va Cyberleninka nashrlaridan foydalanilgan. Ularni
tizimlashtirish uchun
nashrlarni tanlashda “aqlli shahar” kalit so’zidan foydalanildi. Maqolada aqlli shaharlar
rivojlanishini hal qilishda yordam beruvchi bir qator tegishli sohalar ko’rib chiqildi. Ularga
zamonaviy jamiyatning barcha sohalarini raqamlashtirishning
jadallashuvi, hududlar
urbanizatsiyasi sabab bo’ladi. Ushbu ishda tadqiqot daraxtini qurishda ana shu jihatlar asosiy
xususiyat sifatida yoritilgan. Olingan natijaning ilmiy yangiligi aqlli shaharlar mavzusidagi
tadqiqotlarni tizimlashtirish va ushbu bilim sohasidagi asosiy rivojlanish
tendentsiyalarini
aniqlashdadir.
Kalit so’zlar: Aqlli shahar, QoS ko’rsatkichlari, kontsepsiyalar,
tendensiya, tahlil, IoT, 5G
smart city, raqamlashtirish.
Hozirgi kunda texnologiyaning dinamik rivojlanishi aqlli shahar kontseptsiyalarining
shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Shaharning muvaffaqiyati uning tayyorgarlik
darajasi, moslashuvchanligigabog'liq. Ushbu maqolaning maqsadi 2023 yilda aqlli shahar
tushunchalariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan so'nggi tendentsiyalarni aniqlashdir.
Ushbu
maqsadga erishish uchun ikkilamchi tahlil, sintez, umumlashtirish,
induksiya, deduksiya,
abstraktsiya, taqqoslash va mantiq usullaridan foydalanilgan. Maqolaning asosiy xulosasi -
ekspertlar va konsalting kompaniyalari maqolalarida ularning paydo bo'lish
chastotasiga
asoslangan afzal qilingan tendentsiyalar to'plami. Maʼlumotlarni markazlashtirilgan
boshqarish, fuqarolarga yoʻnaltirilganlik va kiberxavfsizlikning shaffofligi kabi tendentsiyalar
yanada keng tarqalmoqda.
Bir qancha muallif va ekspertlar 2050 yilga borib dunyo aholisining 75 foizdan ortig‘i
shaharlarda istiqomat qilishini bashorat qilmoqda. Shaharlar Yer yuzasining atigi 3% ni
egallaydi, lekin ular rivojlanish, hayot sifati va barqarorlikning
harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi. Aqlli shaharlarni barqarorlashtirish, yaratish va barqarorligini ta’minlash orqali
shahar tushunchalarining mustahkamligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda va xorijiy adabiyotlarda Aqlli shahar tushunchasida QoS ko’rsatkichlariga
bag’ishlandan ko’plab maqolalar yoritilgan. Xususan, G.I.Kurcheeva va G.A.Klyuchkovlarning
““Aqlli shahar” jarayoni modelini ishlab chiqish” (“Разработка процессной модели “умный
город”) nomli ishlarida Aqlli shahar tushunchasiga kompleks yondashuv berildi. Bu ishning
maqsadi aholining turmush tarzi sifat ko’rsatkichlarini o’sishi, shahardagi muammolarga tez
yechim topa olishi, shahar resurslaridan oqilona foydalanish hamda aholi va axborotning
xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Jiong Jin, Tony T.Luo va M.Palaniswamilarning “Aqlli shahar uchun IoT (narsalar internet)dagi
tarmoq arxitekturasi va QoS muammolari” (“Network architecture
and QoS issues in the