|
Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Akaboyev Shuxrat
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 7,89 Mb. | | #244141 |
Bog'liq Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va Akaboyev Shuxrat
36-23 GURUX
Reja:
- Yosh davrlari va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilmlarnng vujudga kelishi,tarixi,fanning asosiy sohasi,yosh va pedagogik psixalogiya fanining boshqa fanlar bilan alaqasi.
- Kichik maktab Yoshi davrida bolaning o’z tasavvui haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori
- O’smirlik va ilk o’spiirinlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tasnifi
Yetuklik davri va uning o;ziga xos xususiyatlari,o’z-o’zini anglash,kasbiy anglaganlik
- Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
- Ontogenez ~ (yunoncha optos-mavjud, jon,zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
- Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli boqsqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir. Напишите то, что НЕЛЬЗЯ забывать. Исабель Альенде — чилийская писательница
Pedagogik psixologiya
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Pedagogik psixologiyaning ta'limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma'lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta'lim tizimlarida ta'lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta'limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta'lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta'lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
Shuningdek, pedagogik psixologiya ta'lim-tarbiyaning ta'siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta'lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi.
"Pedagogik-psixologiya" ta'lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan - o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta'lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta'minlovchi sifatlariga urg’u berish bilan birga, uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.
Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. O‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi
Umuman psixologlar tomonidan ontogenezni davrlarga tabaqalashtirishning puxta
ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda keng qo‘llanmoqda. Ammo hozir ontogenezni to‘la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug‘ildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
2.E.G'oziyev " PSIXOLOGIYA " o'qituvchi 1994 yil ( 5-220 ) bet
3.A.K.Shamshetova , R , N.Meliboeva , X.E.Usmanova , F.I.Xaydarov'U mumiy psixologiya uquv qullanma " -T : " Barkamol media " 2018 yil . ( 5-11 ) bet
4.Xaydarov F.1 . , Xalilova N. " Umumiy psixologiya " T.:"Fan va texnologiyalar " markazining bosmaxonasi : 2009. ( 7-24- bet )
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |