Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet74/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Islomda ta’lim-tarbiya
Islom jahonga keng yoyilgan dindir. Uning ta’limotlari– Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom dinida onalar mo‘‘tabar zot sifatida ulug‘lanadi va sharaflanadi. Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi.Zero, mehnat – inson hayotining ko‘rki, bezagi. Mehnat insonga baxt – saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Qur’onda ilmga katta e’tibor berilgan. Bunga unda «ilm» so‘zining 765 marta takrorlinishi yorqin dalildir. Ilmlarni o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan murod mansab emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng xalq va Vatan oldidagi burchni ado etishdir.
Islom dini ilm talab qilinishini ibodat darajasiga ko‘taradi, ilm talabini ixtiyoriy ibodatdan yuqori qo‘yadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir.Islom ta’limotida sabr axloqiy fazilat, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Sabr musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik baxsh etadi, alam berayotgan dardiga malham bo‘ladi. Sabrsizlik insonni kayg‘udan qutqaza olmaydi: uning o‘zi kuydiruvchi bir kayg‘u. Islomta’limotidavafodorliksadoqatturlaridanhisoblanadi. Vafo – insoniy eng oliy fazilat. Islom ta’limotida mol – dunyoga erishgan har bir inson o‘z boyligini to‘g‘ri yo‘lda sarflashi kerakligi ta’kidlanadi. Islom dinida birovning haqiga xiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov bilan olish, o‘g‘rilik qilish og‘ir gunoh, kabih odat hisoblanadi. Islom ta’limotida aytilishicha, baxil kishi oqibatda xor bo‘ladi, ko‘pchilikning nafratiga uchraydi.Islom dinida insonga baxsh etilgan sifatlardan yaxshisi, xushxulqdir. Xushfe’llik inson aql – idroki, madaniyati, bilimliligidan dalolatdir. Xushfe’l inson samimiy, mulohazali, pokdil, irodali, sabr – toqatli bo‘ladi. Bunday fazilatli inson boshqalarda o‘ziga nisbatan hurmat, samimiylik, izzat, hurmat hissini uyg‘otadi.

Download 478,28 Kb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.