|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 70/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaIjod erkinligi – har kim ilm, texnika, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida erkin ijod qilish huquqiga ega. Bu huquqdan foydalanish natijasida ilm–fan, texnika rivojlanadi. Bundan davlat ham, ijodkor ham manfaatdor bo‘ladi (Konstitutsiyaning 42 – moddasi).
Ijodiy yondashuv (IYO) – bu pedagogikada zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo‘nalishlarini topishga undash jarayonidir.
Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus xissiy holati –ilhomlanishi, shuningdek, ruhiy kechirmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.
Ijodiy qobiliyatlar – bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligni tushunish, muammoni ifodalay olish, g‘oya farazini ilgari surish uchun kerak bo‘ladigan bilimlarni ishga sola bilish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda topish, natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va h.k.) qobiliyatlaridir (Alimov N.N.).
Ijodiyot – inson aql zakovatining barcha ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqil faoliyat turi. Ijodiyot fan, texnika, madaniyat, san’at va ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy bilimdonlik – eng avvalo obro‘-e’tibor, ya’ni ilmiy-pedagogik xodimning ijtimoiy jihatdan etukligi, ma’lum axloqiy tamoyillarga egaligi, shaxsiy tajriba va kuzatishlar asosida o‘z mustaqil fikrlarini shakllantira olish, boshqa shaxslarga ta’sir ko‘rsata olishligi, shaxslararo va yakka shaxs bilan guruh orasidagi muhitlarni yaxshilay olish kabi qobiliyatlar majmuasidir.
Adabiyotlar ro‘yxati
Karimov I.A. Buyuk kelajak sari - T., O‘zbekiston, 1998 y.
Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. T., O‘zbekiston 1999 y.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y.
Munavvarov A.K. – Pedagogika, T., “O‘qituvchi” 1996 y.
Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 1999
Tursunov I., Nishonaliev U., Pedagogika kursi T.1997
Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 150 b.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.
Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Met.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. – 115 b.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006. – 260 b.
|
| |