|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 69/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaNazorat uchun savollar:
1.“Kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2.“Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal qiladi?
3.“Kreativ peagogika”ning ob’ekti va predmetini nima tashkil etadi?
4“Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar?
5“Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi?
Tayanch tushunchalar:
Kreativ ta’lim – bu ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘lib, u ta’lim oluvchidagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarni o‘stirishga xizmat qiladi. Creato – lotincha so‘z bo‘lib, u yaratuvchanlik, ijodkorlik ma’nolarni anglatadi. Bularni, ya’ni, ijodkorlik va yaratuvchilik metodlarini tadqiq etishni kreativ pedagogika o‘rgatadi.
Iste’dod – alohida insonlarga xos tabiiy sifat bo‘lib, uning faoliyati ijtimoiy jamiyatda namoyon bo‘ladi. Iste’dod kishilik jamiyati bilan bevosita bog‘liq. Iste’dod insonlarga xos noyob fazilatdir. Ma’naviyati, madaniyati rivojlangan jamiyatda har qanday iste’dod shakllanadi, kamol topadi.
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot. Bunda jarayon o‘zaro hamkorlikda kechadi.
Interfaol metod – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro teng muloqot va ta’sirdagi dars jarayonini amalga oshirish usuli. «Interfaol» so‘zi «interaktiv» so‘zining o‘zbek tilidagi bayoni. «Interaktiv» so‘zi inglizchadagi Interakt so‘zidan olingan bo‘lib, u Inter – «o‘zaro», akt – «harakat, ta’sir, faollik» ma’nolarini bildiradi.
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi.
Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi.
Ijod – fan va texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi.
|
| |