|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 68/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaKasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati
Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik;
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob’ektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko’rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga erishishni ta’minlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati
Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo’ladigan individual xususiyati
O’zini o’zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o’z imkoniyatlarini to’laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi
Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda ko‘rinadi.
4. “Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. SHu bilan birga “Kreativ pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq etadi (2-rasm):
|
| |