Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet64/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati



Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim4.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”5 tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:

- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o’zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning
o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik



Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin6. O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.


Download 478,28 Kb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.