• 1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati.
  • Har tomonlama fikrlash
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet63/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    12- ma’ruza


    12 – MAVZU: KREATIV TA’LIMDAN BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH
    Reja:
    1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati.
    2.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti.
    3.Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari.
    4.Kreativ pedagogikadan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish imkoniyatlari.
    Mustaqil ish: kreativlikni aniqlovchi testlar
    Tayanch tushunchalar: bunyodkor, ijod, kreativlik, ontogenez, integratsiya.


    1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
    Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh) dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
    Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
    Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
    So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin.
    Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.).
    Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
    Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
    Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
    Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi2.
    Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
    Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
    “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
    Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
    Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”3.
    Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
    Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:


    Download 478,28 Kb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.