|
Foydalanuvchi va electron nashr orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra
|
bet | 59/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaFoydalanuvchi va electron nashr orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra:
- mazmun va undan foydalanish uslubi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilmaydigan elektron nashrlar;
- mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin bo’lgan elektron.
Yaratilish texnologiyasiga ko’ra electron nashrlar pedagogik,o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellashttirish , o’quv jarayonini boshqarish, o’quv maqsadidagi dasturlar yaratish, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish uchun mo’ljallangan turlarga bo’linadi.
Elektron o’quv nashrlarining mazmuni zamonaviy o’qitish texnologiyalariga mos bo’lishi, o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan faol foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak.
Elektron o’quv nashrlari
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’quv adabiyotlariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
-Tarixiylik va an’anaviylik prinsiplariga amal qilish;
-Dasturiy va electron mahsulotlar standatrlariga amal qilish;
-Ma’lumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish;
-Bibliografik ma’lumotlarning to’liq va obyektivligi.
Nazorat savollari
Sizningcha bugungi kunda yoshlar nima maqsadlarda internetdan foydalanishmoqda?
Elektron ta’limdan foydalanishning afzalliklari nimada?
Yoshlarning internetdan maqsadli foydalanishlari uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak deb o‘ylaysiz?
Tayanch tushunchalar:
O‘qitishning asosiy vositalari – asosiy o‘quv mazmuniga ega bo‘lgan rejalar, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar.
O‘qitishning qo‘shimcha vositalari – o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, ko‘rsatmali va ko‘rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalardir.
O‘qitishni optimal boshqarish (O‘OB) – kichik imkoniyatlardan foydalanib yuqori natijaga erishishdir.
O‘OB – bu boshqaruvchi (o‘qituvchi)ning mavjud imkoniyatlari (fan yuzasidan mavjud bilimlari, o‘zlashtirgan turli o‘qitish uslublari, o‘quv vosita va qurollari, pedagogik mahorati) asosida talaba (o‘quvchi)da kerakli (zarur bo‘lgan) bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘yilgan maqsadga mos shakllantirish jarayonidir.
|
| |