|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 58/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaTuzilishiga ko’ra electron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar)
Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.
Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion (ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli (muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal (sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruhga bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun.
Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
- bosma o’quv nashrning elektron analogi – mos o’quv bosma nashrning electron nusxasi;
- mustaqil elektron o’quv nashr – bosma ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr .
Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektron nashrlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- matnli (belgili) – asosan matnli ma’lumotni saqlaydi;
- tasviriy electron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat ma’lumotlarni saqlaydi;
- ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi;
-dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;
- multimediyali electron nashr- turli tabiatdagi axborotning o’zaro bog’langan majmuasi
Tarqatilish texnologiyasiga ko’ra:
- local electron nashr- ma’lum tirajda ishlab chiqariluvchi va local tarzda ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan electron nashr;
- tarmoq electron nashri – chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr;
- kombinatsiyalashgan electron nashr - ham local, ham tarmoq orqali tarqatiluvchi electron nashr.
|
| |