|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 66/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaKreativ pedagogika –1)pedagogda ta’lim va tarbiya jarayonini
tashkil etishga nisbatan ijodiy, kreativ yondashish,
mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan
qobiliyat va malakalarini rivojlantirish; 2) talabalarda o’quv materiallarini o’zlashtirishga ijobiy, mustaqil yondashish, o’quv topshiriqlarini bajarishda yangi, ijodiy va kreativ g’oyalarni ilgari surish qobiliyati ko’nikmalarini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida kasbiy tayyorlash asoslarini yoritadigan,
shaxs kreativligining turli yosh bosqichlari xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi masalalarini o’rganuvchi fan
Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.
“Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat
“Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat:
1) ta’lim mazmuni, o’quv rejalari va dasturlarini saralash;
2) o’quv moduli (fani)ni o’qitishning
taktika va strategiyalarini belgilash;
3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;
4) ta’lim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash;
5) kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish
Ma’lumki, har bir fan o‘zining tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo‘ladi. “Kreativ pedagogika” ham o‘z ob’ekti va predmetiga ega. Ular:
Obyekti
Barcha yosh bosqichlaria kreativ shaxsni kasbiy
shakllantirish va rivojlantirish jarayoni
Predmeti
Kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish metodologiyasi, ustuvor tamoyillari, yetakchi g’oyalari, muhim yo’nalishlari, asosiy bosqichlari va b.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida quyidagi holatlar so‘z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi:
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish;
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;
talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va vositalar tizimini asoslash;
mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash;
talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.
|
| |