Favqulodda vaziyatlarda korxona xodimlarini muhofaza qilish chora -tadbirlarini ishlab chiqish




Download 1,54 Mb.
bet1/9
Sana01.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#259025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FV KURSAVOY 2024 Xushnazarova (3) (2)


FAVQULODDA VAZIYATLARDA KORXONA XODIMLARINI MUHOFAZA QILISH CHORA –TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH

Mundаrijа


FAVQULODDA VAZIYATLARDA KORXONA XODIMLARINI MUHOFAZA QILISH CHORA –TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH 4
I BOB. FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARDAN MUHOFAZA QILISH CHORA TADBIRLARI 5
1.1. Aholi va hududlarda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari 5
1.2. Korxonalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar. 10
II BOB. KORXONALARDA FUQORA MUXOFAZASI TUZILMALARINI TASHKIL QILISH 15
2.1. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmalari turlari va vazifalari 15
2.2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish usullari. 20
Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо‘yхаti 34


KIRISH
Hozirgi kunda koʻplab transport bino va inshootlari qurilmoqda hamda rekonstruktsiya qilinmoqda. Ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish (rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash), yangi texnologiyalarni joriy etish eng avvalo qurilish va rekonstruktsiya qilish loyiha hujjatlari mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlar hamda qurilish sanitar me’yor va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va korxona xodimlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik–texnik, maxsus asoslariga ega bo‘lishimiz zarur.
Аholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalari tashkil etadi.
О‘zbekistоn Respublikаsi Fаvqulоddа vаziyаtlаr vаzirligi Аhоli vа hududlаrni muhоfаzа qilish bоshqаrmаsi tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn tаvsiyаgа аsоsаn kоrхоnаlаrdа quyidаgi rejаlаr tuzilаdi:
Аhоli vа hududlаrni fаvqulоddа vаziyаtlаrdаn muhоfаzа qilish bо‘yichа bаjаrilаdigаn аsоsiy tаdbirlаr rejаsi;
1.Fаvqulоddа vаziyаtlаrni оldini оlish vа bаrtаrаf etish hаrаkаtlаri rejаsi;
2.Evаkuаtsiyа rejаsi
3.О‘zаrо hаmkоrlikdа hаrаkаt qilish rejаsi vа bоshqаlаr.
Оbyektiv reаllikkа bаhо berish vа tаdbirning bаjаrilish vаqtini belgilаsh fuqаrо muhоfаzаsi bо‘yichа tаktik о‘quv–mаshqlаrdа, аmаliy mаshg‘ulоtlаrdа, trenirоvkаlаrdа bаjаrilаdi.

I BOB. FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARDAN MUHOFAZA QILISH CHORA TADBIRLARI


1.1. Aholi va hududlarda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari
So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar masʼuliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Аholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to‘g‘risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi tog‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Yuqorida sanab o‘tilgan qonunlar ichida qonunchilik palatasi tomonidan
2022–yil 26–aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2022–yil 8–iyulda ma’qullangan “Аholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Ushbu qonun aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi. Qonun 7 bob hamda 52 moddadan iborat.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni favquloda vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari, vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo‘yilgan.
I–bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, o‘z ichiga 1–6–moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va favqulodda vaziyatlarga oid axborotlar qanday bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat.
Qonunning 3–moddasi Аsosiy tushunchalar deb nomlanib, unda FV, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kabi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan.
Qonunning 6–moddasi Favqulodda vaziyatlarning turlari deb nomlanib unda
Favqulodda vaziyatlar jabrlangan odamlarning soniga, ko‘lamiga va yetkazilgan moddiy zararning miqdoriga qarab lokal, mahalliy, respublika miqyosida hamda transchegaraviy bo‘ladi deb tarif berilgan
II bob “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini davlat tomonidan tartibga solish (7—12–moddalar) Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilishdir:
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri; vazirliklarda, davlat qo‘mitalarida, idoralarda va tashkilotlarda — ularning rahbarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, tumanlarda, shaharlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
12–modda. Tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida, ularning ro‘y berganligi, shuningdek zarur xavfsizlik va muhofaza choralari haqida xabardor bo‘lishi kerak;
davlat boshqaruvi organlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan murojaat etish va hamkorlik qilinishi lozim;
zarur bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun davlat organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan moliyaviy resurslarni hamda kuchlar va vositalar resurslarini so‘rab olish.
Tashkilotlar:
xodimlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirishi, moliyalashtirishi va amalga oshirishi lozim;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarning xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqishi va taqdim etishi kerak;
xodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlaridagi muhofazalanish usullariga va harakatlarga o‘rgatishi kerak;
xabar berishning avtomatlashtirilgan ichki va obyekt tizimlarini yaratishi hamda doimiy shay holatda saqlab turishi va favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida xodimlarga o‘z vaqtida xabar berishi kerak;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini va xodimlarning hayot faoliyatini ta’minlashi lozim;
zarur bo‘lganda, muhandislik–himoya inshootlarining oldindan qurilishini ta’minlashi va ularni doimiy shay holatda saqlab turishi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratilishi lozim;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlar va vositalarni yaratishi, ularning tayyorgarligini hamda shay holatda saqlab turilishini ta’minlashi;
maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmasini o‘z hududida favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida tezkorlik bilan xabardor qilishi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalariga muvofiq o‘z tasarrufidagi obyektlarda avariya–qutqaruv ishlari amalga oshirilishini ta’minlashi;
ixtisoslashtirilgan qutqaruv xizmatlarini va qutqaruv tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etishi, ularni shaxsiy tarkib, texnika va mol–mulk bilan butlashi;
evakuatsiyaga oid tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirishi va odamlarni joylashtirish uchun oldindan joylarni tayyorlashi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida axborot taqdim etishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chog‘ida halok bo‘lgan yoki jabrlangan xodimlarga kompensatsiyalar to‘lashi shart.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
III–bob. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda ommaviy axborot vositalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi haqida bo’lib: Unda
13–modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi kerak
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashishi kerak;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlariga fuqarolarni jalb etish;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
14–modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi to’g’risida
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi to’g’risida;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishi;
favqulodda vaziyatlar manbalari hamda ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan axborot olishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
4–bob “Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari” deb nomlanuvchi 4–bob qonunning asosiy bo‘limi hisoblanadi. Chunki ushbu qonun umuman ayni insonni, uning hayotini, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu bo‘limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko‘rib chiqilgan. Bu bob 3 moddadan iborat. Masalan 17–moddada shunday majburiyatlar keltirilgan bo’lib.
Fuqarolar: xavfsizlik choralariga rioya etishi, ishlab chiqarish intizomining va texnologik intizomning, ekologik xavfsizlik talablarining favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlariga yo‘l qo‘ymasligi;
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganishi hamda o‘z bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishi;
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ofatlar, halokatlar va yong‘inlar xavfidan darak beruvchi aniqlangan alomatlar to‘g‘risida tegishli organlarni xabardor qilishi lozim;
5–bob. “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi”
Bu bob 12 moddadadn iborat bo’lishi kerak.
Bu bobda fovqulotda vaziyatlarda oldini olish , davalat tizimini boshqarish, davalat tizimini rejimlari, Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari va bir qancha bo‘limlardan tashkil topgan
19–modda. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimidir.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi deb yuritiladi) tomonidan ta’minlanadi.
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan yoki zimmasida majburiyatlar bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar, shaharlar hokimliklarining hamda tashkilotlarning boshqaruv organlarini, kuchlari va vositalarini birlashtiradi.
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy, funksional va axborot–boshqaruv quyi tizimlaridan iborat, shuningdek respublika, mahalliy hamda obyekt darajalariga ega bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining tarkibi va faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
26–modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish kerak.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish, tashkiliy–huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar tomonidan ta’minlanishi lozim.
6–bob. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tartibi. Shundan iborat:
Ushbu bobda Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qiluvchi shaxslarning vakolatlari va yana bir qancha bo‘limlardan tashnkil topgan.
Misol uchun bizga kerakli moddalaridan biri bu 33–modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda—hududida favqulodda vaziyat ro‘y bergan tashkilotning rahbari belgilagan mas’ul xodim tomonidan
7–bob. Yakunlovchi qoidalar.Fuqaro muhofazasi (FM) tuzilmalarini tuzish, tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularni qutqaruv asbob–anjomlari va vositalari bilan taʼminlash byudjet tashkilotlarida har yili ajratiladigan byudjet mablag‘larida ko‘zda tutiladigan harajatlar smetasi doirasida, boshqa tashkilotlarda esa o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tuzish, tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularni qutqaruv asbob–anjomlari va vositalar bilan taʼminlash ishlari jamoat fondlarining mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyor badallari va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
1.2. Korxonalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar.
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi texnogen fаvquloddа vаziyatlаrdаn yong‘inlаr, tаbiiy fаvquloddа vаziyatlаrdаn zilzilа hаmdа epidemiologik kаsаlliklаrning tаrqаlish holаtlаri extimolligi mаvjud. Shu sаbаbli ushbu fаvquloddа vаziyatlаrni oldini olish tаdbirlаri hаqidа to‘xtаlib o‘tаmiz.
Yong‘in xalq xo‘jaligiga moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonad angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga ko‘tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o‘limiga sabab bo‘ladi. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishni taqozo qiladi.
Iqtisodiyot obyektlarida yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablari va uning chegaralari asosan quyidagilardan iborat:
inshootlarni loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ;inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga rioya qilmaslik; yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;ishchi xodimlarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi.mehnat intizomining pastligi;yong‘indan xavfli moddalarning saqlanish qoidalarining buzilishi;birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining yetishmasligi, nosozligi;texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik.
Korxonalarda yong‘inning asosiy sabablari quyidagilar: mashina qismlarining ishqalanishi,mashina ichiga metall tushib qolishi, elektr uskunalaridagi nosozliklar, ekspluatatsiya qoidalarining buzilishi va shunga o‘xshashlar. Shu sababli yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
–texnologik uskunalarning ichida elektr uskunalardan alangalanish manbalari paydo bo‘lishini oldini olish tadbirlari;
–avtomatik xabar beruvchi va o‘t o‘chiruvchi vositalarning doimiy barqaror ishlashiga shay holda turishini ta’minlash tadbirlari.
2009 yil 30 sentabr kuni 226–sonli O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda qabul qilinib, Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma’qullangan.Qonunning 10–moddasida tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan. Unga asosan, tashkilotlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari zarur:
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;

Download 1,54 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Favqulodda vaziyatlarda korxona xodimlarini muhofaza qilish chora -tadbirlarini ishlab chiqish

Download 1,54 Mb.