Favqulodda vaziyatlarda korxona xodimlarini muhofaza qilish chora -tadbirlarini ishlab chiqish




Download 1,54 Mb.
bet2/9
Sana01.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#259025
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FV KURSAVOY 2024 Xushnazarova (3) (2)

belgilangan tartibda yong‘in–texnik komissiyalarini tashkil etish;
o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora–tadbirlarini belgilash;
belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega.
Tashkilotlar:
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yong‘in xavfsizligi chora–tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora–tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi;
o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini ta’minlashi;
o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Lekin yong‘in chiqishining oldini olish va o‘t o‘chirishda asosiy mas’uliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha talablarini to‘liq bajarilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.
Yong‘in fazalari agregat holatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
Qattiq holatda – soda, quruq kul, tuproq
Aralash holatda – suyuqlik bilan gazsimon ko‘piklar.
O‘t o‘chirish vositalari ta’sir qilish tamoyillariga ko‘ra:
Sovituvchi (suv, uglerod (IV) xlorid);
Yonish zonasiga kislorod kirishini izolyatsiya qiluvchi (poroshokli vositalar, ko‘piklar).
Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishini tashkil qilish.
Ishchilar, xizmatchilar va muxandis–texnik xodimlarning ko‘pchiligi jalb etilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong‘inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir obyektda yong‘in–texnik komissiya tuziladi.
Komissiyaga bosh–muhandis, texnik rahbar yoki rahbarning birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan iborat:
1.yong‘inni oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong‘in chiqishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish;
obyektiv yong‘inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o‘tkazishda 2.qatnashish.O‘t o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan yong‘inga qarshi “qalqon”lardadagi oddiy asboblar va uskunalar kiradi.
Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv sepish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, ikki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.
Asosiy o‘t o‘chirish mashinalari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar: suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar, geteron kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqa o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.


Download 1,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Favqulodda vaziyatlarda korxona xodimlarini muhofaza qilish chora -tadbirlarini ishlab chiqish

Download 1,54 Mb.