|
–rasm. Yong‘in darakchilari tizimi
|
bet | 4/9 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #259025 |
Bog'liq FV KURSAVOY 2024 Xushnazarova (3) (2)1.2–rasm. Yong‘in darakchilari tizimi
DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP–101, IP–102, IP–103, IP–104 va IP–105 rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarila boshlandi.
Bularning barchasi qo‘riqlanayotgan muhitning harorati 70–72 Sdan ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan.
II BOB. KORXONALARDA FUQORA MUXOFAZASI TUZILMALARINI TASHKIL QILISH
2.1. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmalari turlari va vazifalari
FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan: favqulodda vaziyatlami bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularing oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlaming oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’mirlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
Fuqaro muhofazasi – harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izidan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
Fuqaro muhofazasi xizmati – fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta'minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta'sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
Qutqaruv ishlari – favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol–mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta'sirini yo‘qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
Qutqaruv tuzilmasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob–uskunalar, aslaha–anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta'minlangan qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma;
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari – belgilangan fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish uchun o‘z xodimlari hisobidan tashkilot tomonidan tashkil etiladigan shtatdan tashqari tuzilmalar.
Fuqaro muhofazasi kuchlari – fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan umumiy va maxsus yo‘nalishdagi funksional va obyekt tuzilmalari.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari turlari va vazifalari
1. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari (keyingi matnlarda – Tuzilmalar) tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda, shuningdek boshqa fuqaro muhofazasi tadbirlarida (keyingi matnlarda – Tadbirlar) qutqaruv ishlarini olib borish uchun tashkil etiladi. Tuzilmalar obyekt rahbariga bo‘ysunadi.
2. Tadbirlarni tuzilmalar mustaqil yoki qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek harbiy davrda joylardagi harbiy qo‘mondonlik organlari bilan hamkorlikda bajaradi.
3. Tuzilmalar bo‘linadi:
Vazifasiga ko‘ra – umumiy yo‘nalishdagi (shikastlanish o‘chog‘ida qutqaruv ish–larini olib borish uchun) hamda xizmatlarning maxsus tadbirlarni (razvedka, sanitar posti, yong‘inni o‘chirish va jamoat tartibini saqlash) bajaruvchi tuzilmalariga;
Bo‘ysunuviga ko‘ra – obyekt tuzilmalariga;
Tayyorgarlik muddatiga ko‘ra – yuqori tayyorgarlik (signal olingandan so‘ng 6 soatdan kechikmay shay holatga keladigan) va kundalik tayyorgarlik (signal olingandan so‘ng 24 soatdan kechikmay shay holatga keladigan) tuzilmalariga.
4. Tuzilmalar doimiy asosda faoliyat olib boradi. Zaruriyat paydo bo‘lgan holatlarda Toshkent shahri miqiyosida vaqtinchalik (10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga) faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar tashkil etiladi.
5. Obyektda fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni bajarish uchun quyidagi zvenolardan iborat Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Qutqaruv guruhi tashkil etiladi:
aloqa zvenosi;
razvedka zvenosi;
qutqaruv zvenosi;
yong‘in o‘chirish zvenosi;
jamoat tartibini saqlash zvenosi;
sanitar posti.
|
| |