Laboratoriya №1 Ishning nomi: Yorug’lik darakchilari tizimi. Ishdan maqsad




Download 1,26 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi1,26 Mb.
#99105
Bog'liq
Laboratoriya 1


Laboratoriya № 1


Ishning nomi: Yorug’lik darakchilari tizimi.


Ishdan maqsad: Yorug’lik darakchilari tizimining ishini va ishlash jarayonlarini o’rganish.
Kerakli jihozlar: lampalar, testr, yorug’likni sozlash kaliti


Nazariy qism
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo’l harakati ishtirokchilariga avtomobilning harakat o’zgarishni ya’ni tezlikni kamaytirish - tormozlash, burilish, quvib o’tish, to’xtash va avtomobilning o’lchamlari haqida ma’lumot beradi. Yorug’lik - xabarchi asboblariga quyidagilar kiradi:
- oldi va orqa gabarit chiroqlari;
- oldi, orqa va yondagi burilish yonish lampalari;
- yorug’lik qaytargichlar;
- tormozlanish chiroqlari (stop signal);
- avariya chiroqlari;
Simlarni ulash, tekshirishda nazorat-tekshirish asbobi - (tester) dan foydalanilsa ishlar to’g’ri ishonchli bo’lib, ishdan chiqish holatini oldini oladi. Ishni chala bajarmang bu ehtiyotlik shartidir.
Avtomobilni tormozlash natijasida to’siqdan to’htatilishi yoki tezlikni sekinlashtirish haqida xabarni uning orqasidagi to’xtash-ogohlantirish (stop-signal) lampasi bilan bildiriladi. Tormoz pedali bosilganda tarmoqqa ulangan to’htash-ogohlantirish tarmoqlari ishga tushib, uning lampasini bir zumda yoqadi. Buning uchun to’htash-ogohlantirish lampaning elektr zanjiriga o’z-o’zidan ulanuvchi ulagich qo’shilib (1-rasm), unda lampa zanjiri ajratilgan holda bo’ladi. Tormoz bosilganda suyuqlik yoki havo (tormoz tarmog’ining turiga qarab) diafragmasini o’ngga o’rnatilgan plastina bilan birga ko’taradi, plastina esa ilashmalarni tutashtiradi va lampa yonadi. Prujina diafragmani plastina bilian birga dastlabki holatga qaytaradi. Tartib (nomer) belgisini yorituvchi chiroq barcha avtomobillarda mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, yoritish asboblarining birrtasi qo’shilganda yonadi.

1-rasm. Tormozlashdagi to’xtatish-daraklash (stop-signal) tuzilmasining ulagichi.


A). Gidravlik yuritmali tormozlashda; B) Havo yuritmali tormozlashda; 1-diafragma, 2-plastinkalar, 3-ilashmalar, 4-prujinalar.
Avtomobil faralarining chiroqlari ikkita cho’lg’amli - yaqinni va uzoqni yorituvchi bo’ladi. CHiroqlarning metall asosi (tsokoli) har xil bo’lib, cho’g’lanish cho’lg’amlarini yorug’lik qaytargichining fokusida joylashishini ta’minlaydi, 3-rasm.

3-rasm. Fara chiroqlari.
a) va b) 2 FD-42 metall asosli (tsokalli) amerika tizimi uchun, v) simmetrik yevropa tizimi uchun; g) assimetrik R4St-41 metall asosli, yevropa tizimi uchun, galogen chiroqlar: d) N1; ye) N2; j) N3; z) N4. SHtiftli chiroqlar: i) ikki kontaktli, ikki cho’lg’amli; k) bir kontaktli, bir cho’lg’amli; l) barmoqsimon; m) safitli.
1-shisha idish (kolba), 2-uzoqni yoritish cho’lg’ami; 3-yaqinni yoritish cho’lg’ami; 4-himoyalagich (ekran); 5-fokuslovchi flanets; 6-metall asos (tsokol’); 7-elektr sim ulagich.

2-rasm Avtomobillarda qo’llanilgan haydovchini ogohlantiruvchi datchiklar.

Nazorat savollari.



  1. Faralarning vazifalari?

  2. Yorug’lik datchiklarining vazifalri?

  3. Yoritish asboblarining turlari?

  4. Tormozlanish datchiklarining ishlash prinsipi.

Download 1,26 Mb.




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya №1 Ishning nomi: Yorug’lik darakchilari tizimi. Ishdan maqsad

Download 1,26 Mb.