2-mavzu. Avtomobilning tormozlanishi. (2-soat)
Reja:
1.Yo‘llardagi hisobiy ko‘rinishlik masofasi.
2.Yo‘llardagi ko‘rinishlikni aniqlash va ularning sxemalari.
3.Xavfsiz harakatni ta’minlash uchun ko‘rinishlik masofasini aniqlash.
4.To‘siq oldidagi va qarama qarshi harakat uchun ko‘rish masofasi.
5.Yondan ko‘rinish.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
Yo‘lning o‘q To‘gʻri , avtomobil harakati qarshilik kuchi,gʻildirashga
qarshilik,havo qarshiligi,tezlanish,tortish kuchi,dinamik omil,yoqilgʻi sarfi.
1.Yo‘llardagi hisobiy ko‘rinishlik masofasi.
2.Yo‘llardagi ko‘rinishlikni aniqlash va ularning sxemalari
.
Avtomobilning
tormozlanishi.
Avtomobilni shoshilinch to‘xtatish yoki
tezligini kamaytirish uchun
tormozlash qo‘llaniladi. Tormozlash jarayonida haydovchi pedalni bosib,
tormoz
yuritmasi yordamida kolodkalar bilan baraban orasida ishqalanish kuchini hosil
qiladi (3.14- rasm). Zamonaviy avtomobillarning tormozlari
shina bilan qoplama
o‘rtasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ilashishdan kattaroq kuch hosil qilishi
mumkin.
Normal tormozlangan Gʻildiraklar, chala muhosaralangandek, qoplama ustida
biroz shataksirab Gʻildiraydi. Tormozlashning bunday rejimi eng samaralisidir.
Biroq avariya holatlarida va shoshilinch tormozlashda haydovchi tormoz pedalini
bosish jadalligini boshqara olmaydi va uni oxirigacha bosadi.
Tormozlash
pasaytirilgan ilashish koeffitsientlarida o‘tadi va bu koeffitsientlar tajriba yo‘li bilan
aniqlanadi. Jadal tormozlashda Gʻildiraklarning muohosaralanishi sodir bo‘ladi,
buning natijasida aylanmay qo‘yadi va qoplama sirtida sudralib sirpanadi. SHunda
shinaning qoplamaga uringan qismi qizib,yeriy boshlaydi. Bunda ilashish kamayadi
va shina kuchli eyiladi.
Qoplama sirtida tormozlanish uchastkalarida shinalarning qora izlari qoladi.
Ilashish uzib qo‘yilgan holda, ya’ni avtomobil o‘z inyersiyasi ta’sirida
harakatlanganda tormozlangan avtomobilning sekinlashish jadalligini tavsiflash
uchun avtomobilning harakatlanish tenglamasidan quyidagi urinishda foydalanish
mumkin:
f
i
ayl
P
P
P
P
Gj
T
,
bu yerda R
, R
i
, R
f
- harakatga qarshilik kuchlari; P
t
q
t
G - tormozlash kuchi; G -
avtomoblning oGʻirligi;
t
- tormozlash kuchi (tormozlash jadalligi) koeffitsienti. Bu
koeffitsient barcha tormozlanuvchi Gʻildiraklarda hosil bo‘ladigan
tormozlash
kuchlari yiGʻindisining avtomobil oGʻirligiga nisbatiga teng.
3.14-rasm. Avtomobil tormozlarining tuzilish sxemasi:
1 - kolodkalarni barabanga siquvchi tormoz silindrlari; 2 - tormoz kolodkasi; 3 -
tormoz
barabani; M
ayl
- aylantiruvchi moment; R
t
-
tormozlash kuchi; M
t
-
tormozlash momenti; G
g
- avtomobilning Gʻildirakka tushadigan oGʻirligi.
t
parametr avtomobil tormoz sistemasining konstruktiv xususiyatlariga va
uning holatiga, shuningdek, haydovchining tormozlash jadalligiga bogʻliq;
t
ning
qiymatiga, shuningdek, yo‘lning qatnov qismining tekisligi xam ta’sir etadi, chunki
notekis qoplamada harakatlanganda
avtomobil tebranadi, bunda ayrim paytlarda
ressoralar kyerilib avtomobilning yo‘lga bosimini kamaytiradi.
harakatga
qarshiliklar qiymatini (6.29) tenglamaga qo‘yib, tormozlanishdagi manfiy
tezlanishni hosil qilamiz, u avtomobilning sekinlashish jadalligini tavsiflaydi: