• MAVZU: Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari Geografiya 4 kurs sirtqi talim talabasi ______________
  • Qashqadaryo viloyatining landshaft xususiyatlari Xulosa Adabiyotlar ro’yhati Kirish
  • Tabiat komponentlari
  • Agrolandshaftlar.
  • Referat mavzu: Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari Geografiya 4 kurs sirtqi ta'lim talabasi




    Download 83.86 Kb.
    bet1/3
    Sana09.06.2023
    Hajmi83.86 Kb.
    #71368
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari
    A1 format Subxonov Sh IF-67 1- ilova, Maxkamboyev M praktika kundalik (2), TENG KUCHLI TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR HAQIDA TEOREMALAR, R.Shuman kurs ishi , Payvandlash-davomida-elektrodning-harakatlari., Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olma, 4 курс даволаш 2022 , 7-amaliy ish, СОБИТОВА ТИТУУЛ, raqam, 9856326548

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

    Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
    Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan

    REFERAT

    MAVZU: Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari


    Geografiya 4 kurs
    sirtqi ta'lim talabasi
    ______________
    Qabul qildi: D. Oxunjonova

    Toshkent - 2022

    REJA:
    Kirish

    1. Tabiat komponentlari 

    2. Qashqadaryo viloyatining landshaft xususiyatlari

    Xulosa
    Adabiyotlar ro’yhati

    Kirish
    Inson faoliyatining tabiatga va uning jarayonlariga ta`siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlartda bu ta`sirni optimallashtirish (tartibga solish, cheklash) muhim amaliy ahamiyatga ega. Jamiyatning tabiiy muhitdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va yaxshilashga doir ijtimoiy tadbirlarning barcha tizimi tabiiy – hududiy komplekslar to`g`risidagi ta`limot asosida ishlab chiqilishi lozim.
    Tabiat komponentlari - tabiatni hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar, yaʼni togʻ jinslari, relyef, yer usti va osti suvlari, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, havo massalari. Bular landshaft komponentlari deb ham yuritiladi. Tabiat komponentlarining oʻzaro nisbatiga karab landshaftlar xilmaxil boʻladi. Tabiat komponentlarining nisbati oʻzgarsa, landshaft ham oʻzgaradi. Shu sababli, tabiatni oʻzgartirish maqsadida unga taʼsir koʻrsatilsa, yaʼni suv omborlari va toʻgʻonlar qurish, botqoqliklarni quritish va daraxtlarni kesish kabi faoliyatlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni hisobga olish zarur.

    Tabiat komponentlari
    Tog‘ jinslari, relyef, iqlim, yerosti va yerusti suvlari, tuproq, o‘simlik, hayvonot olami tabiat komponentlarini hosil qiladi. Tabiat komponentlarining o‘zaro uzviy aloqasi va bir-biriga ta’siri natijasida vujudga kelgan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hududlar tabiat komplekslari (landshaft) deb ataladi.
    Tabiat komplekslari (TK) quruqlikda egallagan maydoniga ko‘ra har xil kattalikda bo‘lishi mumkin. Masalan, materiklar va okeanlar geografik qobiqdan keyingi eng yirik TKdir. O‘z navbatida, materiklar kichikroq TK — o‘lkalar, kichik o‘lkalar, tabiiy geografik rayonlar va tabiat zonalariga ajraladi.
    Tabiat zonalari — o‘ziga xos iqlimi, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olamiga ega quruqlikning yirik tabiiy komplekslari. Ularning nomlari ko‘proq o‘simlik qoplami bilan bog‘liq.
    Har bir iqlim mintaqasining o‘ziga xos tabiat zonalari tarkib topgan. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida 70° shq.uz. (sharqiy uzunlik) meridiani bo‘yicha ignabargli o‘rmonlar (tayga), aralash o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, dasht, chalacho‘l va cho‘l tabiat zonalari joylashgan. Iqlim mintaqa ichida tabiat zonalari — okean bo‘ylaridan quruqlik ichkarisiga tomon, namgarchilik kamayishi sari almashinadi. Shuning uchun ham cho‘l tabiat zonasi mo‘tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarining o‘rta qismlarida uchraydi.
    Tabiat komplekslarining almashinishini geografik kengliklar bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Barcha tabiat komplekslari, ya’ni iqlim mintaqalari va tabiat zonalari ekvatordan har ikkala qutblar tomon qonuniy ravishda almashinib boradi. Bunga, birinchi navbatda, iqlimiy sharoit sababdir.
    Tog‘larda tabiat komplekslari tog‘ etagidan tepasiga tomon almashinib boradi. Tog‘lardagi tabiat kompleksining, ya’ni balandlik mintaqalarining ko‘p yoki ozligi shu tog‘larning geografik o‘rniga, balandligiga, shamollarning yo‘nalishiga, okean- lardan uzoq yoki yaqinligiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ ekvatorga qancha yaqin va baland bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi.
    Okeanlarda TK o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ko‘pincha suvning harorati, sho‘rligi, oqimlarning iliq yoki sovuqligiga bog‘liq. Dunyo okeanida 11 ta tabiat mintaqasi ajratilgan: bitta ekvatorial, ikkitadan qutbiy, qutbyoni, mo‘tadil, subtropik va tropik mintaqalar kenglik bo‘ylab almashib joylashadi.
    Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida o‘zgartirilgan TK antropogen komplekslar yokiantropogen landshaftlar deb ataladi.
    Qashqadaryo havzasi uchun madaniy landshaftlrining barcha xillari xos. Bu landshaftlar orasida qadimdan vujudga kelganlari ham, nisbatan yaqin o`tmishda vujudga kelganlari ham mavjud. Ayni paytda havza doirasida vujudga kelgan barcha landshaftlar xo`jalik nuqtai nazaridan madaniy landshaftlarni hosil qilmaydi. Chunki, madaniy landshaftlar sifati yaxshilangan, unuimdorligi oshirilgan, insonning mehnat qilishi, dam olishi, estitik zavqlanishi uchun qulay qilib o`zgartirilgan landshaftlardir. Ammo, Qashqadaryo havzasidagi antropogen landshaftlarning barchasi ham bunday xususiyaga ega emas va havzaning tog`li va tog` oldi hududlarida ham, tekisliklarida ham tashlandiq karerlar, eroziyaga duchor bo`lgan, qayta sho`rlangan yerlar ko`rinishidagi buzulgan (distruktiv nomadaniy) antropogen landshaftlar ham anchagina maydonlarni band etadi. Shu boisdan Qashqadaryo havzasi landshaftlaridan foydalanish jarayonlarida madaniy landshaftlarni bunyod etish, nomadaniy landshaftlarin milioratsiy qilish va qayta obodonlashtirish (rikultivatsiy) bugungi kunda muhim amaliy ahamiyatga molik bo`lgan vazifalardir.
    Qashqadaryo vodiysi nafaqat O`rta Osiyoda, baki butun jahon tamadunining eng qadimiy o`choqlaridan biridir. Qadimiy shaharlar, sug`orish inshootlari bu hududda inson va tabiat o`zaro ta’sirining qadimiyligidan guvohlik beradi. Bu hudud ham Amudaryo, Zarafshon va boshqa yirik daryo vodiylari kabi ming yillab tarixga ega bo`lgan dehqonchilik madaniyati rayonlaridir. Shu sababli bu yerda tabiatning o`zgarishi va antropogen landshaftlarning shakllanishida inson omilining roli juda katta. O.Y.Poslavskayaning (1966) yozishicha, qadimiy sug`orish yerlarida topilgan sopol parchasi miloddan avvalgi III asrga mansub. Qashqadaryo vohasining hududi ham qadimdan inson faoliyatining turli shakllaridagi ta’siri ostida bo`lganligi sababli bu hududda hozirgi paytda butun O`rta Osiyo hududi uchun xos bo`lgan barcha turdagi antropogen landshaftlar tarqalgan. Qashqadaryo vohasi doirasida O`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bu hududdagi antropogen landshaftlarning ancha qadimiyligidan dalolat beradi. Bu hududda qadimiy aholi manzilgohlari, lalmikor va obikor dehqonchilik bilan bog`liq bo`lgan seliteb va agrolandshaftlar keng tarqalgan.
    Ma’lumki, O`rta Osiyo dehqonchilik, ayniqsa obikor dehqonchilik vujudga kelgan va rivojlangan qadimiy uchoqlaridan biri hisoblanadi. S.P. Tolstov (1948) va Y.G`. G`ulomovning (1957) ma’lumotlariga ko`ra, O`rta Osiyo hududida sug`orish qo`llanilgan eng dastlabki dehqonchilik Xorazm vohasida vujudga kelgan. Keyinchalik katta-kichik daryo vodiylariga tarqala boshlagan.
    Qashqadaryo havzasida ham qulay tabiiy sharoitlarning mavjudligi tufayli insoniyat tarixining dastlabki davrlaridanoq qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lgan agrolandshaftlar vujudga kela boshlagan va ularning maydoni uzluksiz kengaya borgan.
    Qashqadaryo havzasi va uning yaqin atrofidagi hududlarda olib borilgan arxealogik tadqiqotlar bu yerda eneolit davrida (miloddan avvalgi 4–3– mingyilliklarda tosh davri tugagan va eneolit davri boshlangan) suv havzalari yaqinida dastlabki aholi manzilgohlari – qishlov joylari (qishloqlar) vujudga kelgan va ularning aholisi dehqonchilik bilan shug`ullanishgan.
    Jez davrida Qashqadaryo vohasi shu davrda shakllangan Baqtriya dehqonchilik madaniyati tarkibiga kirgan. Lalmi va obikor yerlarda bug`doy, arpa, suli, paxta, yetishtirilgan.
    Temir davrida (miloddan avvalgi 8 – 6 aslar va undan keyingi davrlar) dehqonchilik maydonlari kengayadi va sug`orish inshootlari barpo qilishga qaratilgan tadbirlar o`tkazila boshlaydi. Hozirgi Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida miloddan avvalgi 1–ming yillikka oid qadimgi sug`d dehqonchilik madaniyati shakllanadi.
    Jez va temir davrlarining tabiiiy sharoitlari paleogeografik va tarixiy geografik tadqiqotlarga ko`ra hozirgidan kam farq qilgan. Topilgan arxealogik materiallar jez davrida odamlar chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanishgan. Bu davrda vodiy hududini o`zlashtirish sun’iy sug`orishni rivojlantirish yo`li bilan borgan. Hali oddiyligi bilan xarakterlanadigan sun’iy sug`orish yordamida daryo vodiysining quyi terrasalari, del’tasi, soylarning soxillaridagi yerlar o`zlashtirilgan. Jez va temir davrining aholisi sonining kamligi va ishlab chiqarish kuchlarining primitive holda rivojlanganligi tufayli hududni o`zlashtirish uchun osonroq bo`lgan, suv chiqarish imkoniyatlari bo`lgan yerlar dehqonchilikda foydalanilgan va shu sababli o`zlashtirilgan yerlar “orolchalar” ko`rinishida bo`lgan.
    Qashqadaryo havzasining ayrim hududlarini o`tmishda ham qo`shni havzalarning suv resurslaridan foydalanilgan holda sug`orish ishlari amalga oshirilgan. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, Qashqadaryo havzasining quyi qismlaridagi ayrim hududlarni sug`orish uchun milodga qadar birinchi ming yillikda Darg`om (Zarafshon daryosidan suv oladigan sun’iy sug`orish tarmog`i) arig`idan suv olish va sug`oriladigan yerlar maydonlarini kengaytirish maqsadlarida Monas arig`i qazilgan (keyinchalik bu ariq Eskianhor nomini olgan). Uzunligi 300 km dan ortiqroq bo`lgan Monas arig`i XIII asrda mug`ullar iste’losi davrida buzub tashlangan va ko`p yillar davomida tashlandiq holda yotgan.
    Tarixiy davrning boshlarida ham ishlab chiqarish kuchlarining past darajasi katta maydonlarda antropogen landshaftlarni vujudga kelishiga imkon bermagan. Hududlarni o`zlashtirish va sug`orish tabiiy sharoitlariga va shu davrlarda mavjud bo`lgan davlatlarning siyosiy-iqtisodiy xususiyatlariga bog`liq bo`lgan. Qashqadaryo havzasiga kirgan Yunon – Baqtriya (miloddan avvalgi 3 – 2-asrlar), Kanga (miloddan avvalgi 5-asr o`rtalari) va Kushon (miloddan avvalgi 1-asr – milodiy 3-asr) davlatlarida sug`orish inshootlarini qurush va sug`orna dehqonchilik ancha ravnaq topganligi boisida agrolandshaftlarning maydonlari ancha kengayib borgan. Zamonasining buyuk davlatlaridan Kaga podsholigi va Kushon saltanati ravnaq topgan davlatlarda dehqonchilik tufayli vujudga kelgan voha landshaftlarining maydoni kengayadi, daryo vodiysida bir qancha sug`orish tarmoqlari barpo etilib, sug`oriladigan yerlarni maydoni ancha kengayadi. G`allachilik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog`dorchilik maydonlari ham kengayadi. Mirishkorlarning asrlar davomomida sug`orish, milioratsiya va ekin yetishtirish agrotexnikasi, xususan yer maydonlarga ishlov berish sohasida ortirilgan tajribalari nisbatan mo`l hosil olinadigan imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
    Olib borilgan arxeologek tadqiqotlardan ma’lum bo`lishicha, eftaliylar (5- asr o`rtalri) davlati tarkibiga kirgan Qashqadaryo hududida ham ko`chmanchi eftaliylar qabilalarining ommaviy ravishda o`troqlashuvining kuchayishi natijasida sug`oriladigan yerlarda bo`lgan ehtiyoj kuchayadi, seliteb landshaftlar hamda agroirrigatsiya landshaftlarining maydoni kengayadi. Daryo vodiysi bo`ylab katta-kichik su’gorish uchun qazilgan ariqlar barpo etiladi. Irrigatsiya texnikasi ham rivoj topadi (“O`zbekiston Respublikasi, Ensiklopediya. T, 1997).
    Qashqadaryo havzasida IX – X asrlarda ham irrigatsiyaning rivojlanganligi va sug`oriladigan yerlarning yuqori hosildorligi to`g`risida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ammo mug`ullar istelosidan sunggi davrlarda sug`orish inshootlarining buzulib tashlanishi yoki iqtisodiy nochorlik tufayli ularning tashlandiq holda kelishi va natijada sug`orma dehqonchilikning tanazzuli sodir bo`ladi. Bunday hollarda antrapogen landshaftlarning qayta tabiiylashuv jarayoni kuchayadi.
    Sug`orish tarmoqlarining ravnaq topishi va sug`orma dehqonchilikning rivoji buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida ham kuzatilgan. Bu davrda katta – kichik ariqlar, suv omborlari barpo etiladi, Eskianhor (Monas) arig`i qayta tiklanib ta’mirlanib foydalanila boshlaydi. Qayta ta’mirlangan Eskianhor arig`i bir necha o`n yillar davomida Qarshi cho`lida agroirrigatsiya landshaftlarining mavjud bo`lishini hamda aholi manzilgohlari bilan band bo`lgan siletib landshftlarni suv ta’minotini yaxshilash imkon beradi. Saqlanib qolgan ma’lumotlar Amir Temur davrida obikor dehqonchilik ancha taraqqiy etganligidan darak beradi. Bu davrda Qashqadaryo havzasida ham ariqlarning qayta ta’mirlanganligi, ariqlar qazilganligi agroirrigatsiya landshaftlarining ancha kengayishi uchun imkoniyat yaratgan.
    XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida davlat hokimiyati markazlashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida sug`orish ishlarining bir muncha rivojlantirishi uchun sharoitlar yaratadi. 1785–1800-yillarda Qashqadaryo va uning irmoqlaridagi tug`onlar suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida buzib tashlandi, yangi ariqlarda, to`g`onlar va dambalar ta’mirlandi.
    Qahsqadaryo havzasida qishloq xo`jaligi va irrigatsiyani rivojlantirish sohasidagi katta ishlar XX asrning 30-yillaridan boshlandi. 1929-yilda “O`zsuv ishlab chiqarish” loyihalash instituti “Qashqadaryo havzasida yer-suvdan foydalanish tarhi” ni tuzib chiqdi. Suv resurslarini o`rganish va tuproqlarni tadqiq qilish asosida havzada sug`orish uchun 877 ming ga yerning yer yaroqli ekanligini aniqladi, 56 ming ga yerni sug`orish uchun suv ombori qurush belgilandi. Loyiha institutuning tarhida Qashqadaryo havzasida suv bilan ta’minlashni yaxshilash natijasida Amudaryo va Zarafshonning suvlaridan foydalanish tavsiya etilgan edi. Ammo bu tavsiya texnik jihattan murakkabligi va bajarilishi lozim bo`lgan ishlarning katta miqdorda sarf xarajatlarni talab etishi tufayli keyingi yillarga qoldirildi.
    1925-1930-yillarda Qarshi cho`li doirasida bir qator ariqlar (Patron, Talikaron, Fazli, Qovchin va b.) qurub bitkazildi va buning natijasida sug`oriladigan yerlarning agroirrigatsiya landshaftlari bilan band bo`lgan maydonlarini ancha kengaytirish imkoniyatlari vujudga keltirildi.
    Qashqadayo havzasida katta miqyosdagi suv qurulishi va antropogen landshaftlar maydonining kengaytirilishiga doir ishlar XX asrning 50–yillarida boshlandi. 1948-yilda yuqorida nomi qayd etilgan loyihalash instituti (bu institutning nomi keyinchalik “O`rta Osiyo suv loyihalash” nomini olgan) tomonidan uzunligi 184 km bo`lgan eski Anhor kanalini qayta tiklash loyihasi tayyorlandi. Suv xarajati bosh qismida 45 m3 /sek ni tashkil etadigan bu kanal 1955-yilda foydalanishga topshirildi. Kanalning qurulishi natijasida Zarafshon daryosining 240–300 ming m3 miqdoridagi suvlari Qashqadaryoga tashlanadi.
    1961-yil “Sredazxlopok” insitutida Qarshi cho`lining sug`orish va o`zlashtirishning bosh tarhini tayyorlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. O`tgan yillarda shu tarx asosida uzunligi 150 km bo`lgan Qarshi bosh va uning tarmog`i bo`lgan Kasbi kanallari, suv sig`imi 1,8 km bo`lgan Tallimarjon quyilma suv ombori qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Qarshi bosh kanaliga har sekundda 200 m3 suvni 132 m balandlikka ko`tarib beradigan nasos stansiyalari qurildi.
    1957-1987-yillarda suv sig`imiga ko`ra turlicha bo`lgan 14 ta suv omborining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi natijasida Qashqadaryo havzasining yuqori va o`rta qismlarining suv ta’minotini tubdan yaxshilash imkonini berdi.
    Qashqadaryo havzasida insonning turli xildagi faoliyati bilan bog`liq bo`lgan landshaftlarning o`zgarishi va antropogen landshaftlarning yuzaga kelishi sodir bo`lgan. Bu yerda tubdan o`zgartirilgan texnogen landshaftlar, seliteb landshaftlar, suvli (akval) landshaftlar vujudga kelgan. Ammo, ularning maydoni agrolandshaftlar bilan band bo`lgan landshaftlarning maydoniga nisbatan ancha kam va ularning aksariyat katta qismini yirik masshtabli xaritalardagina ajratish mumkin.
    Qoratepa, Chaqilkalon va Hisor tog`larining yonbag`rlarida qurulishbop materilallarni olinishi sababli karyerlar hosil bo`lgan. Keyingi yillarda Qamashi va Dehqonobod hududlaridagi osh tuzlari zaxiralaridan ayrim joylarda foydalanila boshlaganligi sababli ham texnogen landshaftlar vujudga kela boshladi. Texnogen landshaftlarning tekisliklarda vujudga kelishi neft, gaz va gaz kondensati qazib olish bilan bog`liq.
    Shunday qilib, Qashqadaryo havzasida turli tarixiy davrlarda inson o`zining ishlab chiqarish jarayonida tabiiy landshaftlarga ta’sir ko`rsatgan va turli xildagi antropogen landshaftlarning shakllanishiga imkoniyat tug`dirgan.
    Qashqadaryo havzasi uchun antropogen landshaftlrining barcha sinflari, xillari va turlariga xosdir. Bu antropogen landshaftlar orasida qadimdan vujudga kelganlari ham, nisbatan yaqin o`tmishda vujudga kelganlari ham mavjud. Ayni paytda havza doiradida vujudga kelgan barcha antropogen landshaftlar xo`jalik nuqtai nazaridan madaniy landshaftlarni hosil qilmaydi. Chunki, yuqorida bayon qilganidek, madaniy landshaftlar sifati yaxshilanganm, unuimdorligi oshirilgan, insonning mehnat qilishi, dam olishi, estitik zavqlanishi uchun qulay qilib o`zgartirilgan landshaftlardir. Ammo, Qashqadaryo havzasidagi antropogen landshaftlarning barchasi ham bunday xususiyaga ega emas va havzaning tog`li va tog` oldi hududlarida ham tekisliklarida ham tashlandiq karerlar, terrikomlar eroziyaga uchragan, qayta sho`rlangan yerlar ko`rinishidagi buzulgan (distruktiv nomadaniy) antropogen landshaftlar ham anchagina maydonlarni band etadi.
    Landshaftlarning antropogen omillari ta`sirida o`zgartirishiga (antropogenlashuviga) ko`ra tuzilmasi tubdan o`zgartirilmagan tabiiy omillarning ustuvorligi yaqqol namoyon bo`ladigan, ammo antropogen belgilari ham mavjud bo`lgan tabiiy-antropogen ladshaftlarining quyidagi sinflarini ajratish mumkin:

    1. Yaylov landshaftlari

    2. Rekreatsiya lanshaftlari

    3. Madfun qadimiy seliteb lanshaftlari

    Agrolandshaftlar. Qishloq xo`jalik landshaftlari ayrim manbalarda (masalan, V.A.Nikolayev, 1979, 1984); YE.V.Milanova, A.M.Ryabchikov, 1979; A.G.Isachenko, 1980) agrolandshaftlar tizimlari deb atalib, O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi hududi uchun ham juda xos. Bu o`lkaning qishloq xo`jaligi qadimdan an`anaviy tarzda uch yo`nalishda rivojlanib kelmoqda, ya`ni obikor dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik. Qashqadaryo havzasida antropogen landshaftlar orasida eng katta maydonni qishloq xo`jalik landshaftlari – a g r o l a n s h a f t l a r egallaydi. Bu sinfga mansub bo`lgan landshaftlar kishilarning qishloq xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lib, Yer resurslari bilan foydalanish sharoitlariga bog`liq holda xilma-xil (lalamikor yerlarning agrolandshaftlari, bog`lar va tokzorlarning agrolanshaftlari, sug`oriladigan yerlarning agrolandshaftlari va b.) bo`ladi.
    Geotexnikaviy sistemalar to`g`risidagita’limotning vujudga kelishi bilan qishloq xo`jaligida foydalaniladigan hududni tabiiy – ishlab chiqarish obyektlari sifatida o`rganish imkoniyati yuzaga keldi. Bunday byektlar tabiiy va qishloq xo`jalik bloklaridan iborat bo`lib, tabiiy – qishloq xo`jalik geosistemalari yoki agrolandshaftlarni ifoda etadi.
    Agrolandshaftlar tabiiy – antropogen hududiy geosistemalar bo`lib, qishloq xo`jaligini oqilona tashkil etish va iqtisodiy samarali olib boorish (yuritish) hamda uning tabiiy asoslarini muhofaza qilish maqsadlarida maxsus tashkil etilgan (konstruksiya qiligan), loyihalashtirilgan va yaratilgan geosistemalardir.
    Agrolandshaftlar uchun komponentlarning kuchli darajada o`zgartirilganligi va bu landshaftlarning tub tabiiy landshaftlardan farq qilishi xosdir. Landshaftlardagi tabiiy muvozanat va mutanosiblikning buzilishi ularning o`rnida boshqariladigan antropogen landshaftlari shakllanishiga olib keladi.
    Yillik yog`in miqdori muayyan hududning tabiiy namlanish sharoitlari to`g`risida to`g`ri tasavvurni bera olmaydi, chunki viloyatning katta qismida bug`lanish yillik yog`in miqdoriga nisbatan ancha ko`p bo`ladi. Viloyatning lalmikor hududlarida namlanish koeffiitsenti tog` va tog` oldi mintaqasining quyi qismida 0,23-0,29, yuqori qismida 0,30-0,40 ni tashkil etadi.
    Sug`orish kanallari muhandislik inshootlari sifati tabiiy landshaftlarning o`zgarishida va antropogen landshaftlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Y a y a l o v l a n d s h a f t l a r ining katta qismi tuzilmasining xususiyatlariga va rivojlanish sharoitlariga ko`ra tabiiy va antropogen landshaftlar oralig`ida turadi va ularni tabiiy–antripogen landshaftlar guruhi sifatida ajratish to`griroq bo`ladi. Chunki yayalov landshaftlarining rivojlanishida tabiiy omillarning roli antropogen omillarning roliga nisbatan ancha ustuvorlik qiladi. Tog`ri, yayalov landshaftlarining biotik komponenetlrida antropogen omillar ta`sirida o`zgarishlar sodir bo`lgan, ammo bu o`zgarishla yayalov landshaftlati tabiiy tuzilmasining tubdan o`zgartirilishi ema. Ayrim hududlarda turli sabablar tufayli yayalovlarning degressiyasi sodir bo`lgan holda, buzulgan (nomadaniy) landshaftlar vujudga kelgan.
    2-jadval. Qashqadaryo viloyatida yer fondining taqsimlanishi (2020)



    Download 83.86 Kb.
      1   2   3




    Download 83.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari Geografiya 4 kurs sirtqi ta'lim talabasi

    Download 83.86 Kb.