• Mustaqil ta’lim olish uchun savollar.
  • 3-mavzu. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni (Jizzax viloyati) soat




    Download 149 Kb.
    Sana12.01.2024
    Hajmi149 Kb.
    #136153
    Bog'liq
    13-mavzu (1)


    13-mavzu. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni (Jizzax viloyati) 2 soat.
    R e j a:
    1. Viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
    2. Aholisi va mehnat resurslari.
    3. Iqtisodiyoti, uning tarmoqlari.
    4. Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar.
    Tayanch so‘zlar: Iqtisodiy rayon, sanoat, intensiv rivojlanganlik, oltin koni, rangli va nodir metallar, suv ombor, kanal va ariqlar, SES kaskadi, rekreatsiya, gidroenergetik imkoniyat, qishloq xo‘jaligi.
    1.1. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni o‘tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,5 ming kv. km. bo‘lib, respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo‘yicha bu ikki ma’muriy hudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. bo‘lib, Sirdaryo (4,3 ming kv.km.) xududidan deyarli 5 marta katta.
    Iqtisodiy rayon aholisi 2104.100 kishi (Jizzax – 1300.1 ming kishi; Sirdaryo – 803.1 ming kishi) yoki O‘zbekiston aholisining 6,6 foizi shu hududda yashaydi. Maydoni bo‘yicha ham, demografik salohiyati bo‘yicha ham Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik hisoblanadi. Bu erda rayon hosil qiluvchi asos sifatida yangi erlarni o‘zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy mehnat taqsimotida Mirzacho‘l respublikamizda eng avvalo o‘zining agrosanoat majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo‘jaligi paxta, poliz ekinlarini etishtirishga, g‘allachilikka ixtisoslashgan. Uning hissasiga O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 3,8 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 3,5 % va qishloq xo‘jalik mahsulotining 9,0 foizi to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Mirzacho‘l endi shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to‘liq siklga ega bo‘layotgan iqtisodiy makon hisoblanadi.
    Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali qazilmalarga uncha boy emas. Bunga uning geologik o‘tmishi, yer usti ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
    Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qulay iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya ba’zasining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Zaif tomonlari esa qazilma resurslarining ozligi, iqtisodiy “zanjirining” to‘liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir.
    Mirzacho‘l Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari o‘rtasida o‘ziga xos “vakuum” hisoblanadi. Ayni vaqtda, rayon o‘zining bunday oraliq geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin.
    Jizzax viloyati. 1. Viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
    Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasi 1973 yil 29 dekabrda tashkil etilgan.
    Viloyat o‘zining maydoniga ko‘ra, mamlakatimizda o‘rta mavqeni egallaydi (respublikada 13 ta ma’muriy mintaqalarning har biriga o‘rtacha 34,5 ming kv km yer to‘g‘ri keladi). Uning hududi 21,2 ming kv km bo‘lib, bu borada Surxondaryo viloyati bilan deyarli tengdosh hisoblanadi. O‘zbekistonga nisbatan viloyat maydoni 4,7 foizga barobar holda bu erda, Ayni kunda viloyatda 1300.1 ming yoki mamlakatimiz aholisining 4,0 foizi yashaydi. Viloyat aholisining zichligi 1 kv. km ga - 55 kishi, mamlakatimizda esa - 65 kishi.
    Ma’muriy jihatdan, Jizzax viloyati 12 ta tumani va viloyat markazi – Jizzax shahridan iborat. Ular orasida maydoni jihatidan eng kattasi Forish tumani - 9,8 ming kv. km yoki viloyat hududining 46,2 %, eng kichik maydon esa Zafarobod tumanida qayd etiladi - 0,33 ming kv. km.
    Viloyat tumanlarining dastlabkisi SH.Rashidov ( sobiq-Jizzax) va Zomin, eng so‘nggisi YAngiobod tumani bo‘lib, u 1999 yilda qo‘shni Sirdaryo viloyatining tutash hududi hisobidan tashkil etilgan. Jizzax viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida paxta, poliz, g‘alla va bog‘dorchilik mahsulotlarini etishtirish, chorvachilikning jun va go‘sht yo‘nalishlari bilan ajralib turadi. Sanoatida tog‘-kon, engil va oziq-ovqat tarmoqlari respublika ahamiyatiga ega.
    Geografik o‘rni va tabiiy resurs salohiyati. Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashganligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga, mintaqaning geosiyosiy o‘rni ham o‘ziga xos: viloyat shimolda Qozog‘iston, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Jizzax shahrining O‘rta Osiyoning qadimiy markazlari - Samarqand, Toshkent, Xo‘jand va O‘ratepa oralig‘ida, Buyuk Ipak yo‘lida o‘rnashganligi ham hozirgi viloyat markazi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi.
    1-jadval
    Jizzax viloyati tumanlari haqida ba’zi bir ma’lumotlar

    t/r


    Qishloq tumanlari



    Tashkil topgan sanasi



    May-doni, ming kv km



    Ma’muriy markazi



    Aholisi (2011 y.)

    Ming kishi

    Zichli-gi, 1 kv km,
    kishi

    1

    Arnasoy

    26.12.1975

    0,49

    G‘oliblar sh-cha

    40,1

    81,8

    2

    Baxmal

    31.08.1971

    1,86

    O‘smat sh-cha

    128,8

    69,2

    3

    Do‘stlik

    16.10.1970

    0,45

    Do‘stlik sh.

    55,9

    124,2

    4

    SH.Rashidov

    29.09.1926

    1,32

    Uchtepa sh-cha

    176,8

    133,9

    5

    Zarbdor

    04.12.1973

    0,51

    Zarbdor sh-cha

    57,3

    112,3

    6

    Zafarobod

    12.07.1973

    0,33

    Zafarabod sh-cha

    42,9

    130,0

    7

    Zomin

    29.09.1926

    2,87

    Zomin sh-cha

    150,8

    52,5

    8

    Mirzacho‘l

    09.01.1967

    0,43

    Gagarin sh.

    41,7

    97,0

    9

    Paxtakor

    09.01.1967

    0,38

    Paxtakor sh.

    63,6

    167,4

    10

    Forish

    09.12.1935

    9,81

    Yangiqishloq sh.

    79,9

    8,1

    11

    G‘allaorol

    22.02.1964

    1,95

    G‘allaorol sh.

    145,7

    74,7

    12

    Yangiobod

    15.04.1999

    0,72

    Balandchaqir sh-cha

    24,5

    34,0

    Hududining shimoliy, shimoli-g‘arb va janubiy qismlari tog‘liklardan, o‘rta qismi pasttekisliklardan iborat. Bu erda Nurota, Pistalitog‘, Turkiston va G‘o‘bdin tog‘lari bor. Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda Nurota tog‘ - yong‘oq, Zomin tog‘ - archa davlat qo‘riqxonasi hamda Zomin xalq bog‘i tashkil etilgan.
    Tog‘ va tog‘-oldi hududlarida chorvachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, lalmikor dehqonchilik, rekreatsiya va turizm rivojlangan, tekislik qismi esa eski va yangi o‘zlashtirilgan, ko‘proq paxta ekiladigan hududlardan iborat.
    Mintaqada turli xil qazilma boyliklar ham bor. Ular jumlasiga oltin, volfram, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, ohak, granit, marmar kabilar kiradi. Qo‘ytoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchqulochning polimetal konlari sanoat ishlab chiqarishida katta ahamiyatga ega. Viloyatda temir rudasi (Temirkon), sement va g‘isht xom ashyosi (G‘allaorol, Qo‘shkent), bazalt (Osmonsoy) kabi boshqa qazilma resurslari ham bor.
    Iqlimi kontinental, asosiy gidrografik shaxobchasi Sangzor daryosi bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladi. SHimolda joylashgan Aydarko‘l va Arnasoy ko‘llari baliqchilikni rivojlantirishga imkon beradi.
    1976 yilda Zomin tumanida yaqin 50 ming gektarni egallagan Milliy bog‘ (park) tashkil etilgan. SHu hududda Zomin qo‘riqxonasi ham mavjud. Umuman olganda, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida rekreatsiya resurslari ko‘p va bu erda ekoturizm uchun ham sharoitlar qulay.
    Aholisi va mehnat resurslari geografiyasi.
    2-jadval
    Jizzax viloyati aholisining o‘sishi va hududiy tarkibi.

    t/r

    Qishloq tumanlari

    Aholisi, ming kishi

    O‘sish, %

    O‘rtacha bir yillik ko‘payish, %

    2001y.

    2011 y.

    1

    Arnasoy

    38,4

    40,1

    104,4

    0,45

    2

    Baxmal

    102,1

    128,8

    126,1

    2,35

    3

    Do‘stlik

    49,5

    55,9

    112,9

    1,20

    4

    SH.Rashidov

    142,3

    176,8

    124,2

    2,20

    5

    Zarbdor

    46,4

    57,3

    123,9

    2,15

    6

    Zafarobod

    40,7

    42,9

    105,4

    0,50

    7

    Zomin

    120,0

    150,8

    125,7

    2,30

    8

    Mirzacho‘l

    -

    41,7

    84,5

    -

    9

    Paxtakor

    50,2

    63,6

    126,7

    2,40

    10

    Forish

    72,5

    79,9

    110,2

    1,00

    11

    G‘allaorol

    119,8

    145,7

    121,6

    1,95

    12

    YAngiobod

    21,5

    24,5

    113,9

    1,30




    Jizzax shahri

    132,5

    158,7

    119,8

    1,85




    Jami viloyat bo‘yicha

    991,0

    1166,7

    117,7

    1,65

    Viloyat aholisining o‘sish sur’ati ham respublika o‘rtacha darajasi atrofida. Aholining tabiiy ko‘payishi bo‘yicha Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan keyingi, taxminan Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda turadi. 2-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 10 yil mobaynida viloyat aholisi 113 foizga o‘sgan holda, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 1,40 foizga teng bo‘lgan.
    Eng yuqori ko‘rsatkich Do‘stlik va Jizzax tumanida. Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlarida demografik rivojlanish sustroq, Mirzacho‘l tumanida esa aholi soni kamaygan.
    Demografik xususiyatlar, o‘z navbatida, aholining tabiiy hamda mexanik harakati tufayli yuzaga kelgan. Viloyatda tug‘ilish va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari yuqori. Jizzax viloyati aholisi yiliga o‘rtacha 20 ming kishiga ko‘paymoqda.
    2016 yilda viloyat aholisining tabiiy ko‘payishi 23 ming kishidan iborat bo‘lgan, migratsiya qoldig‘i esa minus 4470 kishi. SHu yilda tashqaridan ko‘chib kelganlar 6550 kishi, ko‘chib ketganlar 10020 kishi.
    3-jadval
    Jizzax viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakati
    (har ming kishiga nisbatan, 2016 y.)

    t/r


    Hududlar


    Tabiiy harakat

    Mexanik harakat

    tug‘ilish

    o‘lim

    tabiiy ko‘payish

    kelgan
    lar

    ketgan
    lar

    migratsiya saldosi

    1

    Arnasoy

    24,6

    3,3

    21,3

    16,9

    21,0

    -4,1

    2

    Baxmal

    24,6

    4,2

    20,4

    6,0

    5,8

    0,2

    3

    Do‘stlik

    23,2

    2,8

    20,4

    10,5

    15,7

    -5,2

    4

    SH.Rashidov

    26,9

    3,8

    23,1

    7,1

    5,7

    1,4

    5

    Zarbdor

    25,6

    4,1

    21,5

    5,0

    7,3

    -2,3

    6

    Zafarobod

    22,2

    3,2

    19,0

    10,3

    14,1

    -3,8

    7

    Zomin

    24,3

    4,3

    20,0

    1,9

    3,6

    -1,7

    8

    Mirzacho‘l

    21,6

    3,3

    18,3

    21,3

    34,2

    -12,9

    9

    Paxtakor

    22,1

    3,6

    19,5

    6,3

    11,6

    -5,3

    10

    Forish

    25,7

    3,9

    21,8

    6,8

    13,7

    -6,9

    11

    G‘allaorol

    23,5

    4,7

    18,8

    4,0

    6,1

    -2,1

    12

    YAngiobod

    20,6

    4,0

    16,6

    4,7

    8,1

    -3,4




    Jizzax shahri

    17,5

    4,0

    13,5

    8,1

    10,4

    -2,3




    Viloyat bo‘yicha

    23,5

    3,9

    19,6

    7,9

    10,7

    -2,8

    Har ming kishiga hisoblaganda, tug‘ilish viloyat bo‘yicha 23 kishini, vafot etganlar 3,9 kishini tashkil qilgan. Tabiiy ko‘payish 19.1 kishi.
    Jizzax viloyatida migratsiya jarayonlari an’anaviy xususiyatga ega. Dastavval, o‘tgan asrning 60-70 yillarida Mirzacho‘l dashtini o‘zlashtirish munosabati bilan bu erga respublikamizning boshqa viloyatlaridan ko‘plab aholi ko‘chib kelgan.
    Viloyatda 2016 yilda urbanizatsiya darajasi 49,0% . Viloyatda 6 ta shahar 43 ta shaharcha, 524 ta qishloq aholi punktlari bor.
    Viloyatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 633,3 ming kishi, iqtisodiy faol aholi 398,8 ming, iqtisodiyotda band aholi 381,6 ming kishi.
    Band bo‘lgan aholining 2/3 qismi moddiy ishlab chiqarish sohasiga mansub. Sanoatda band bo‘lganlar ulushi 7,8 %, qurilishda 6,7 %, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida 8,0 %, transport va aloqada 2.4 %. Iqtisodiyotda band bo‘lganlarning eng katta qismi qishloq va o‘rmon xo‘jaligida qayd etiladi (35,6 %).
    Aholining milliy tarkibida mahalliy millat vakillari, ya’ni o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil qiladi (87,9 %, 2016y.). SHuningdek, bu erda qozoqlar (Forish, Arnasoy, Mirzacho‘l) va qirg‘izlar (Do‘stlik, Baxmal, Zomin) ham biroz ko‘proq. Boshqa millat vakillari tojik, rus, tatarlardan iborat.
    Xo‘jaligi. Jizzax viloyati o‘zining mintaqaviy iqtisodiyot tuzilmasiga ko‘ra rivojlanib borayotgan agrar-industrial hudud hisoblanadi. Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsuloti qiymatining 2,2 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 1,2, halq iste’mol mollarining 1,5, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 5,2, investitsiya hajmining 2,3, qurilish ishlarining 2,5, chakana savdo aylanmasining2,9 va pullik xizmatning 2,1, eksportning 1,5 va importning 0,4 foizi to‘g‘ri keladi.
    YAlpi hududiy mahsulot tarkibi esa quyidagicha (2016 y.): sanoat ishlab chiqarishi 6,8 %, qurilish 7,9 %, qishloq xo‘jaligi 42 %, transport va aloqa 7,9 %, savdo va umumiy ovqatlanish 6,9 %, soliqlar 3,9 %, boshqa sohalar.
    Sanoati. Jizzax viloyati sanoati rivojlanib bormoqda va Jizzax ham respublikamizning “Erkin iqtisodiy zonasi” sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalarining soni 800 ga yaqin, shu jumladan, yirik sanoat korxonalari 30 ta. Jizzaxda ayni kunda 82 ta qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda. Bu makroiqtisodiy sohalarda 13 ming kishi ishlaydi. Tarmoqlar tarkibida engil va oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Mazkur ikki tarmoq viloyat yalpi sanoat mahsulotining 67,1 foizini beradi.
    Jizzaxning shimoliy Qozog‘iston hududiga yaqinida ko‘p quvvatli “Neft mahsulotlarini qayta ishlash sanoat korxonasi qurish ishlari olib borilmoqda va mahsulotlar chetdan keltiriladi.
    SHuningdek, Jizzaxda ham kelgusida og‘ir avtomobil (avtobus va “MAN” yuk kutaruvchi mashinalar ishlab chiqariladigan zavod qurish rejalashtirilmoqda) sanoati rivojlanadi.
    2016 yilda 74 ming tonna paxta tolasi, 116,8 ming t. chigit, 9,4 ming t o‘simlik yog‘i, 60,2 ming t un, 52,3 ming t omuxta em, 402 ming dona akkumlyatorlar ishlab chiqarilgan. SHuningdek, 21,1 ming t go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 24,4 ming t sut mahsulotlari ham olingan.
    Akkumulyatorlar Jizzax akumlyator zavodida, un mahsulotlari Jizzax va Do‘stlik shaharlarida joylashgan don mahsulotlari kombinatlari, shuningdek, plyonka va trubalar “Jizzaxplastmassa” AJda ishlab chiqariladi.
    Viloyat sanoati akkumulyator, plastmassa mahsulotlari, trikotaj buyumlar, ohak, gips, paxta yog‘i, un kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda bu erda elektr energetika bazasi nihoyatda sust rivojlangan; elektr energiyani Sirdaryo IES dan oladi.
    Tog‘-kon sanoati Qo‘ytosh (volfram, molibden), Marjonbuloq (oltin), Uchquloch (qo‘rg‘oshin, rux) va boshqa “resurs” shaharchalarda tashkil etilgan. Kimyo, turli hajmdagi plastmassa trubalar, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qishloq va yo‘l xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash, akkumulyatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Viloyatda qurilish materiallari sanoati ham birmuncha rivojlangan (Jizzax, Dashtobod, G‘allaorol).
    Zamin tumanida farmatsevtika va tibbiyot jihozlari tayyorlovchi korxonalar qurilgan va dori-dormon xam-ashyosi ekilishi va olinishi uchun “Zamin-FARM” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
    Qishloq xo‘jaligi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi Jizzax viloyati iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mintaqa paxta, chorvachilik, bog‘dorchilik, lalmikor dehqonchilik, asalarichilik, kartoshka, sabzavot, poliz (qovun, tarvuz) mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan.
    2016 yil ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda jami qishloq ho‘jaligida foydalaniladigan erlar 1266,3 ming gektarga teng bo‘lgan. Uning 22,0 foizi sug‘oriladigan erlar.
    2016 yil ma’lumotlari bo‘yicha, qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 486,1 ming gektarni tashkil qilgan. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 62,0 foizi dehqon xo‘jaligiga, 37,1 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi.
    Fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 458,2 ming ga, ularda ishlaydiganlar 60,0 ming kishidan ko‘proq.
    2016 yil yakunlari bo‘yicha barcha donli ekinlar maydoni 210,1 ming ga, uning 210,5 ming gektari boshoqli don ekinlari bilan band bo‘lgan. SHu jumladan, 173,9 ming ga erga bug‘doy ekilgan, umumiy hosil 470 ming t, hosildorlik 27,6 s/ga. Paxta maydonlari 100 ming ga, yalpi hosil 220 ming t, hosildorlik 22,0 s/ga. Kartoshka 1,9 ming gektarga, sabzavot 9,1 ming gektarga, poliz 6,8 ming gektarga ekilgan. YAlpi hosil, mos holda, 38,3; 230,8; 155,8 ming tonnadan. Em-hashak ekinlari jami 37,5 ming gektar atrofida, ularning aksariyat qismi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Bog‘dorchilik esa 8,8 ming gektarda tashkil etilgan, yalpi hosil 56,2 ming t. (asosan olma), hosildorlik 62,4 s/ga.
    Viloyat qishloq xo‘jaligida 2016 yilda tirik vaznda 150 ming t go‘sht, 338 ming t sut, 110 mln dona tuxum, 28 ming tonna jun, 27 ming dona qorako‘l terisi, 600 tonna pilla etishtirilgan. Yirik shoxli qoramollar barcha toifadagi xo‘jaliklarda 625 ming bosh (ko‘pchiligi dehqon xo‘jaliklarda), qo‘y va echkilar 1420 ming bosh, otlar 20 ming bosh bo‘lgan.
    Masalan, boshoqli don ko‘proq Do‘stlik, Mirzacho‘l, Zomin va Paxtakor tumanlarida, poliz - Zarbdor va Mirzacho‘lda, sabzavot - G‘allaorol, Baxmal va SH.Rashidov tumanlarida, kartoshka - Baxmal va G‘allaorolda, meva - Baxmalda etishtiriladi.
    Ijtimoiy geografiya. Jizzax viloyatida, mamlakatimizning boshqa mintaqalari singari, ijtimoiy sohalar rivojlanishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
    2016 yil yakunlariga ko‘ra, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanmasi 650 ming so‘mni tashkil qilgan.
    Pullik xizmatlar hajmi esa 1866 ming so‘m va 118,1 foizga teng. CHakana savdo hajmi, Jizzax shahridan tashqari, G‘allaorol, Jizzax, Zomin va Baxmal tumanlarida, pullik xizmat SH.Rashidov, G‘allaorol, va Zomin tumanlarida.
    Markazlashgan suv ta’minoti bilan aholining ta’minlanishi viloyat bo‘yicha o‘rtacha 71,1 %, tabiiy gaz bilan - 75,2 %.
    Viloyata tibbiyot muassasalari soni 64 ta, ularning ko‘pchiligi byudjet tizimida. Bemor o‘rinlar soni har 10 ming aholiga 97,3 ta, ambulatoriya - poliklinika muassasalari 264 ta.
    Viloyatda 2016 yilda jami 2050 vrachlar xizmat ko‘rsatgan; har 10000 kishiga - 17,4 ta vrachlar, o‘rta meditsina xodimlari - 91,5 kishi. Har 100 ming aholiga hisoblaganda kasallanish 39558 kishi. Qishloq vrachlik punktlari 174 ta bo‘lib, har bir qishloq tumaniga o‘rtacha 17,5 tadan to‘g‘ri keladi.
    Umumta’lim maktablari 558 ta, o‘quvchilar - 230 ming kishi; har bir maktabda o‘rtacha 400 tadan o‘quvchi bor.
    Viloyatda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari mavjud.
    Jizzax shahrida 2 ta oliy o‘quv yurti - pedagogika va politexnika institutlari mavjud. Jami talabalar soni 8,8 ming kishidan ko‘proq.
    Investitsiya, transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 2016 yilda viloyat asosiy kapitaliga 29 mlrd so‘m hajmida investitsiyalar kiritildi. Jami investitsiyaning 2/5 qismi ishlab chiqarish tarmoqlariga, 60,0 foiziga yaqini noishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilgan.
    Investitsiyalar hududiy tarkibida Jizzax yetakchi – 34,2 %, G‘allaorol tumaniga jami investitsiya hajmining 13,0 % to‘g‘ri keladi. Baxmal, SH.Rashidov va Zomin tumanlarining ham hissasi katta. YAngiobod, Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlarida juda past.
    Xorijiy investitsiyalar yordamida 82 ta qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Faoliyat ko‘rsatgan qo‘shma korxonalar viloyat yalpi mahsulotining 19,7, eksportining 7,8 % ni ta’minlagan. Ularda jami 1910 kishi ishlagan, import hajmi 14813 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan. 2010 yilda bu korxonalar mintaqa eksportining 9,2 foizini ta’minlagan, ularda jami 4568 nafar ishchi xizmat qilgan.
    Viloyatda transportning har xil turlari mavjud. YUk va yo‘lovchilar tashish asosan avtomobil transporti zimmasiga tushadi. 2010 yilda transportda tashilgan yuk 23,1 mln. tonnani tashkil etgan.
    Jizzax viloyatining transport geografik o‘rni qulay. Bu erdan Katta O‘zbek trakti, elektrlashtirilgan temir yo‘l o‘tgan. Viloyat va uning markazi - Jizzax shahri Toshkent, Samarqand, Bekobod shaharlari bilan aloqa qilish uchun qulay imkoniyatga ega.
    Tashqi iqtisodiy aloqalar, asosan Xitoy (33,6% tashqi tovar aylanmasi), Rossiya (17,6 %), SHveysariya (11,7 %), Gonkong (8,3 %), Turkiya (8,2 %), Singapur (7,2 %) va boshqa davlatlar bilan olib boriladi. 2010 yilda viloyatning tashqi savdo aylanmasi 228,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan va o‘tgan yilga nisbatan 2,2 martaga oshgan. Eksport 191,0 va import 37,3 mln. dollarni tashkil qilgan. 2008 yilda bu ko‘rsatkichlar mos tarzda, 131,0; 103,8; va 27,1 mln. AQSH dollari hajmiga teng bo‘lgan.
    4-jadval
    Jizzax viloyati ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining
    asosiy indikatorlari (2016 yil, aholi jon boshiga)

    t/r


    Hududlar




    Sanoat ishlab chiqarish

    Qishloq xo‘jalik mahsuloti

    XIM


    Pudrat ishlari

    CHaka-na savdo

    Pullik xizmat

    Kapital quyil-malar

    1

    Arnasoy

    0,201

    1,118

    0,409

    0,334

    0,369

    0,697

    2,083

    2

    Baxmal

    0,405

    1,150

    0,844

    0,773

    0,716

    0,478

    0,709

    3

    Do‘stlik

    4,659

    2,078

    3,201

    0,849

    0,995

    0,697

    0,677

    4

    SH.Rashidov

    0,515

    0,709

    0,483

    0,775

    0,561

    0,713

    0,571

    5

    Zarbdor

    0,984

    1,386

    0,373

    0,745

    0,379

    0,676

    0,798

    6

    Zafarobod

    1,433

    1,552

    0,403

    0,266

    0,173

    0,534

    0,414

    7

    Zomin

    0,598

    0,837

    0,368

    0,618

    0,665

    0,541

    0,750

    8

    Mirzacho‘l

    0,320

    1,810

    0,485

    0,559

    0,906

    0,831

    0,546

    9

    Paxtakor

    1,570

    1,408

    0,413

    0,895

    0,966

    0,648

    0,593

    10

    Forish

    0,462

    0,768

    0,435

    0,651

    1,029

    0,455

    0,708

    11

    G‘allaorol

    0,209

    1,000

    0,423

    0,502

    0,834

    0,634

    0,897

    12

    YAngiobod

    0,207

    1,405

    0,436

    0,591

    0,726

    0,297

    1,009

    13

    Jizzax sh.

    2,293

    0,159

    3,399

    3,260

    2,949

    3,603

    2,623




    Viloyat bo‘yicha

    1,000

    1,000

    1,000

    1,000

    1,000

    1,000

    1,000

    Eksport tarkibida paxta tolasi 51,4 % (2009 yilda 81,6 %, % (2008 yilda 64,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari 43,6 %. Import tarkibida esa mashina va uskunalar 28,3 % (2008 yilda 53,0 %), oziq-ovqat mahsulotlari 19,3 % (13,6 %) foizni tashkil etgan.
    Tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasida Do‘stlik (eksportda 34,3%) va Paxtakor (14,3 %) tumanlari oldinda turadi.
    Importda esa, Jizzax shahrining ulushi katta - 50,7 %. Forish tumani ham bu borada ajralib turadi – 34,6 % (2009 y.).
    Jizzax viloyatining respublika tashqi iqtisodiy aloqalarida ishtiroki juda past; eksportda atigi 1,5 va importda - 0,4 foiz.


    Mustaqil ta’lim olish uchun savollar.
    1. Mirzachul iqtisodiy rayoniga ta’rif bering.
    2. Jizzax viloyati yer yuzasi tuzilishini izohlang.
    3. Jizzax viloyati aholisining tabiiy o‘sishi va zichligi.
    4. Jizzax viloyatida sanoatining qaysi tormog‘i rivojlangan.
    5. Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligining qaysi tarmog‘i yetakchi.



    Download 149 Kb.




    Download 149 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni (Jizzax viloyati) soat

    Download 149 Kb.