|
O‘qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari
|
bet | 60/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaO‘qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari – mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va prdmetdagi tegishli mavzular bo‘yicha dars jarayonini tashkil qilishga imkon beradigan dasturlar(Abduqodirov A.A va boshqalar «Axborot texnologiyalari» T..: O‘qituvchi 2002 y. 138 bet.)
Elektron o‘quv qo‘llanma - fannig o‘quv hajmini qisman yoki to‘liq qamragan va axborotning adatsiya blokini o‘z ichiga olgan bo‘lib, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv manbai.
Elektron o‘quv adabiyotlar (EO‘A) – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
Elektron o‘quv nashri – ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy-amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialiga ega bo‘lgan elektron nashr.
Elektron forumlar – internet va elektron pochtalardan foydalanib o‘tkaziladigan seminar.
Elektron ta’lim resurslari – bular fan bo‘yicha yaratiladigan elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ko‘rsatmalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, virtual stendlar, multimedia vositalari va boshqa elektron nashrlar majmuidir.
Elektron uslubiy qo‘llanma – bu pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shaklidir. Unda pedagogik tajriba mashg‘ulotlarining raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o‘girilgan shaklda yaratilgan darslar bo‘yicha rejalashtirilgan shaklda ko‘rsatiladi.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, video-foto va boshqa axborot obyektlaridan iborat bo‘lgan jamlamasi hisoblanadi.
Elektron pochta – axborot almashish xizmatini ko‘rsatish vositasi. Undan foydalanuvchi har qanday tashkilot va hatto ki o‘z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko‘rsatgan holda axborot jo‘natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u yerda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo‘natiladi.
|
| |