|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 54/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaNazorat savollari:
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov yoshlarni tabiyalashda televideniye va radio sohasiga qanday baho berganlar?
O‘zbekiston Respublikasi istiqlol taraqqiyotining besh tamoyillarini sanab bering.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilar jamoalari tashkil qilishda o‘qituvchidan qanday usul va vositalardan foydalanish talab qilinadi?
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda talablarning qo‘yilish shakllarini izohlang.
8-ilova
Uyga vazifa
Davlatimiz tomonidan oxirgi 2 yil ichida yoshlar siyosatiga doir qabul qilingan qonun, qarorlar mazmuni haqida gapiring.
Tayanch tushunchalarni yod oling:
Sog‘lom muhit-oiladagi sog‘lom muhit– sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash – milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi.
Sog‘lom turmush tarzi (STT) – inson umrini qisqartirishga olib keluvchi kasallik va boshqa sabablarning oldini olishga qaratilgan harakatlardan va inson umrini uzaytirishga qaratilgan hayot tarzidir.
Milliy o‘z – o‘zini anglash – o‘z milliyligi, milliy qadriyat va urf-odatlarga hurmatda bo‘lish.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo‘lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Poklik – zehn va idrok tiniqligidir, ma’naviy poklik ziyosidir. Pokiza aql insonni rag‘batlantiradi va shodlik keltiradi. Kishi hayotida axloqiy poklik birinchi darajadagi mezondir. Axloqi poklik ta’ma va molparastlikka zid hisoblanadi. Samaradorlik – zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda amal qiladi va natijalar bo‘yicha samarali bo‘lishi, sifatlari bo‘yicha esa optimal bo‘lib, ta’limning standart yutuqlarini ma’lum darajada kafolatlashdir.
Saxovat – halollik, poklik, mehnatkash, mehribon bo‘lish va vijdonan ishlashdir. Sahovatli bo‘lish, ma’naviy axloqiy poklanish, bolalar uylari, etimxonalarga borib, nogironlarga, etim – esirlarga xayr – ehson, yaxshilik qilish, ko‘ngillarini so‘rash, moddiy yordam berish, ularning ruhiyatini ko‘tarishdir.
Saxovatlilik – insonning barkamollikka erishganini bildiradi. Saxovatlilik negizida, odamning o‘zida bo‘lgan bilimi, axloq hamda moddiy boyliklarini tinmay ulashish harakati yotadi. Bunday insonlarni biz saxovatpesha insonlar deb ataymiz, bu xalqimizga xos bo‘lgan yuksak go‘zal fazilatlardan biridir (Ziyomuhammadov B.).
|
| |