Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet53/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Globallashuv – kishilik jamiyatidagi mahalliy ahamiyatga molik madaniy, axborot, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayoni ekan, undan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Prezident aytganlaridek, «Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz».
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. Buning uchun uchta asosiy vazifani bajarish:
- beparvolik va loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik, hushyorlik va jonkuyarlik;
-xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish;
-milliy axloqiy qadriyatlarimizni saqlab qolish, «Ommaviy madaniyat» hurujlariga qarshi kurashish.
Bu o‘z navbatida yoshlarimiz ongini turli xurujlardan himoya qilishga xizmat qiladi.
Axborotlar oqimi shu darajada kuchayib ketdiki, ochig‘ini aytganda, biz ba’zan ularning quliga aylanib qolmoqdamiz, qaysi biri biz uchun foydali-yu, qay biri zararli ekanini anglab ham yetolmayapmiz. Natijada bilim saviyasi sayoz, voqea-hodisalarni tahlil qilish salohiyatiga ega bo‘lmagan ayrim yoshlar turli qing‘ir yo‘llarga kirib ketmoqda. Shu bois ham tarbiya sohasida bugun, shu soatda bajarilmagan, e’tibor qilinmagan vazifa ertaga o‘zining noxush oqibati bilan jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Yoshlarimizni g‘arazli kuchlar tuzog‘idan saqlash, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat muhitini kuchaytirish uchun, mamlakatimizda keng ko‘lamda olib borilayotgan ma’naviy- ma’rifiy, targ‘ibot ishlarini yanada takomillashtirish, ularning izchilligi va samarasini oshirish, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirishimiz lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 28- iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori ayni shunday maqsadga qaratilgan. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini teran anglamaslik, rasmiyatchilik, "tadbir — tadbir uchun" yoki kompaniyabozlik illatlarining mavjudligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etishda qat’iyatsizlik, odamlar ongini o‘zgartirishning xalqchil va ta’sirchan usullaridan foydalana bilmaslik hollari ko‘zga tashlanayotgani, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Boisi Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi bevosita shu yurt aholisi, ayniqsa, yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va ma’rifati bilan belgilanadi. Qarorda oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilikka diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani ta’kidlangan. Bu, o‘z navbatida, shu yurt manfaati yo‘lida xizmat qilayotgan barcha fidoyilarning yanada hushyor, faol va tashabbuskor bo‘lishini, salbiy ta’sirlardan ogoh etish yo‘llarini izlashimiz zarurligini taqozo etayotir. Shunday ekan, targ‘ibotchining salohiyati zamonning ruhi, uning yurtimizda barpo etilayotgan yangi jamiyatning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishi, odamlarning qalbiga kirib borishi, bildirayotgan fikrlarining qay darajada ta’sirchanligi bilan uzviy bog‘liqligini esdan chiqarmasligimiz darkor.
Bugungi murakkab zamonda har bir inson mustaqil fikrga, sog‘lom dunyoqarash va irodaga ega bo‘lishi, davrlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarimizga tayanib ish tutishi lozim. Aks holda, turli mafkuraviy tahdidlar, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish hech gap emas. Inson har xil yashirin maqsadlarni o‘zida mujassam etgan bunday tahdidlardan qurol-yarog‘ bilan emas, g‘oyaviy yetuklik, mafkuraviy tafakkur bilan himoyalanadi. Davlatimiz rahbarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga yot va zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, xalqimizning ezgu urf-odatlarining munosib davomchilari etib kamolga yetkazish borasidagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omil bo‘lishi, shubhasiz.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumiing o‘zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g‘oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o‘qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.
I Prezidenimiz I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» komil risolasida shunday deb yozgan edi:
«Yurtiga, Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning munosib o‘g‘il qizlari etib tarbiyalash masalasi, ma’naviyat yuzasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i lozim».
O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar.
Olim, shoir, pedagoglarimiz o‘zlarining ilmni izlanishlarida tarbiyaviy tadbirlarni yangicha yo‘nalish va tamoyillarini Respublika o‘qituvchi-tarbiyachilarga tavsiya etmoqdalar:
S.Ochilovning "Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari" nomli risolasida I.A.Karimovning asarlarini tahlili hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasidan kelib chiqib tarbiyaviy ishlarni yangicha yo‘nalishlarini asoslab berdi.
Bo‘lajak avlodga: hur-fikrlik, milliy iftixor, milliy qadriyatlarga hurmat, erkinlik va ozodlik, insonparvarlik, birodarlik va hamkorlik, ilmga mehr-muhabbat, iymon va e’tiqod, halollik, axloqiy poklik, madaniy merosga hurmat, adolatparvarlik va ozodlik, baynalminallik, ijodkorlik va tashabbuskorlik, mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish g‘oyalariga sadoqat, musulmon diniga hurmat, Prezident va davlatni kadrlash kabi sifatlarni tarbiyalash».
Bu g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi istiqlol taraqqiyotining besh tamoyillari talablariga asoslanib olingan bo‘lib, uning mezonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mahorati va qoidalarp ham o‘z aksini topgandir.
Ijodkor ilg‘or o‘qituvchi-tarbiyachilar o‘z faoliyatlari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar:
– tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishdan maqsad milliy ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish va e’tiqodiga aylantirishdan iborat ekanligi;
– tarbiya jarayonining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan
bog‘lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko‘rsatish;
– tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilar jamoasini jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib, tarbiyani ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;

  • tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalangan darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o‘stirish;

– bola shaxsiga hurmat va talabchanlik.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkonta ega bo‘lib, uni qay darajada olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liqdir.
Tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlovchi muhim omil pedagogik mahoratdir.
Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirrali bo‘lib u:
– mehribon bolalar hamkorligida;

  • o‘quv-tarbiya jarayonidagi hamkorlikda;

– bolalarning qayg‘u-xasrati, g‘ami va omadsizligiga hamdard bo‘lishda;
– muomala madaniyatida;
– chuqur bilim egasi bo‘lishida;
– o‘qituvchining ruhiy holatida (samimiylik xayrixohligi, oliyjanobligi);
– jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san’atkorona yo‘naltirishda namoyoi bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati o‘quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo‘llanadigan o‘qituvchi-tarbiyachining ish usullaridan biridir.
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi-tarbiyachi o‘z maqsadiga erishish uchun doimo o‘quvchilarga o‘z talablari bilan yondashadi. Ularni rag‘batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi.
O‘qituvchi-tarbiyachini qo‘yilgan talablarini tushuntirish, nojo‘ya harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini maktab va jamoaga moslashgunga qadar ketma-ket talablar qo‘yiladi.
Yuqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obro‘yiga bog‘liqdir. Talablarning qo‘yilish shakllari:
- tarbiyachi tomonidan talabni to‘g‘ri qo‘yilishi.
Ijodkor-pedagog A.S.Makarenko “... Samimiy oshkora, ishonarli, qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa, jamoani tarbiyalashni boshlab bo‘lmaydi”, degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yo‘liga boshlash uchun:
- talabni ijobiy va bolaning xatti-harakatlariga to‘sqinlnk qilmasligi;
- talab aniq va tushunarli bo‘lishi;
- qo‘yilgan talab natijasini bilish;
- talab ochiq chehra, samimiy bir ohangda berilishi: iltimos, maslahat, yaxshi niyatta chorlash;
- talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo‘lishi;
- talablarda kesatish, luqma, minnat qilib bo‘lmasligi va boshqalar.
Tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishning yana bir shakli o‘quvchi va o‘quvchilar jamoasini istiqlol yo‘liga boshlashidir. Bunda jamoada tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida oshkora va ishonch bo‘lishi, o‘z-o‘zini boshqarish, an’ana va qonunlarga amal qilinishi muhimdir.
Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or tajribalarga suyanib o‘quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o‘rtoqlik-do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. Ular:
- boshlang‘ich sinf jamoasini tarbiyalash va ularda o‘zaro munosabat aloqalarini yaratish.
- o‘quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo‘yishga o‘rgatish.
- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do‘stona hamkorlik mavjud bo‘lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilar jamoalari tashkil qilishda o‘qituvchidan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1. O‘qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, hurmat, hushmuomalalik, talablarni to‘g‘ri qo‘ya bilish shu bilan birga o‘quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lish talab etiladi;
2. O‘quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o‘zagini tanlash;

  1. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;

  2. Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;

  3. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.

6-ilova
Rezyume

Bugungi kunda jamiyat hayotida namoyon bo‘layotgan ma’lumotlar ta’sirida shaxsning qadriyatlari, xulq-atvori, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy ongining o‘zgarishi muqarrar jarayonga aylandi. Axborot oqimi psixologik yo‘nalganligiga ko‘ra insonlarning qadriyatlari, ruhiyati, fikrlashi, xulqiga ta’sir etadi. Axborot oqimni anglash, unga munosabat bildirish shaxsda ijtimoiy voqelikni erkin baholash, turlicha ustanovkalarni shakllantirish, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini namoyon etishga olib keladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumiing o‘zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g‘oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o‘qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.
Ijodkor ilg‘or o‘qituvchi-tarbiyachilar o‘z faoliyatlari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar.
Tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlovchi muhim omil pedagogik mahoratdir.

7-ilova



Download 478,28 Kb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.