|
Kasbiy mahorat va loyihalashtirish
|
bet | 49/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaKasbiy mahorat va loyihalashtirish - boshqaruvda strategiya, strategik maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilash, qarorlar qabul qilish, muassasaning umumiy faoliyatini loyihalashtirish, innovatsion faoliyatini tashkil etish boshqaruv jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdir (Djuraev R.X., Turg‘unov S.T).
Kompyuter grafikasi – kompьyuter yordamida o‘rganilayotgan ob’ekt bo‘yicha modellarni va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash hamda kerakli maqsadlar asosida ularni qayta ishlash jarayonini amalga oshirishdagi universal texnik-didaktik vosita.
Konsepsiya – har bir pedagogik texnologiya falsafa, psixologiya, didaktik, ta’lim maqsadlariga erishishning ijtimoiy – pedagogik dalillarini o‘z ichiga oladigan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishdir.
Masofaviy ta’lim — masofaviy ta’lim uslublariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim xizmatlari majmuasi.
Masofaviy o‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shaxsiy aloqasiz «masofadan o‘qitish» imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan o‘qitish jarayonini amalga oshirishning yangi uslubi.
Mahorat – murakkab ishni tez, aniq bajarishning engilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror ritmi uchun kafolat beruvchi ishonchlilikdir (Zuhra Ismoilova)
Mediapedagog – bu zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish orqali mediata’limni olib bora olish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan o‘qituvchi (Yo‘ldoshev J., Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G.).
Metod (yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) – voqelikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli (O‘zME-5j-613b.).
Milliy model – Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (KTMM)ning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chiqarish ta’limi va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini ta’minlash va bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligidadir.
Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus xissiy holati –ilhomlanishi, shuningdek, ruhiy kechirmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.
|
| |