• Didaktik o‘yinlar
  • Syujetli o‘yinlar
  • Rolli o‘yinlar
  • Ishbilarmonlik o‘yinlari
  • Imitatsion o‘yinlar
  • Dramatik o‘yinlar
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet45/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    Amaliy o‘yinlar. Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda. Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o‘yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”. Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi. “O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. Tinglovchi o‘quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, tinglovchilarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish ishtirokchilarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida ko‘p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o‘yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini tinglovchilarni faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash, tinglovchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni echishga qaratiladi. Ular yordamida tinglovchilar turli holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Ayni o‘rinda o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi.
    1. Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida talabalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar ishtirokchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi.
    2. Syujetli o‘yinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda pedagogik muammolarning yechimini izlash, ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
    3. Rolli o‘yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari ishtirokchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma-malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari sifatida turli rollarni bajarish pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratib, ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi.
    4. Ishbilarmonlik o‘yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini tinglovchilarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
    5. Imitatsion o‘yinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, ko‘chirish) asosida tinglovchilarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon, obyektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to‘la ochib berish maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o‘yinlar jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, masalalar yechish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
    Pedagogik o‘yinlar tinglovchining xohishiga ko‘ra tanlangan erkin rivojlantiruvchi faoliyat ekanligi, ushbu faoliyatning ijodiy, avvaldan tayyorlanmagan, juda faol xarakteri faoliyatning hissiy ko‘tarinkiligi, raqobatga asoslanishi bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi. Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
     o‘yin ssenariysini tayyorlash;
     yo‘riqnomalar tuzish;
     auditoriyani o‘yin mohiyatiga muvofiq jihozlash.
    Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur. Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
    - o‘quv maqsadi;
    - o‘yinning vazifasi;
    - o‘rganiladigan muammo tafsiloti;
    - o‘yin vaziyatining tafsiloti;
    - ishtirokchilarning tasnifi Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi:
    - guruhni shakllantirish;
    - mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
    - muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
    - rollarni taqsimlash,
    - o‘yin reglamentini o‘rnatish;
    - materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;
    - maslahat berish.
    O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning ishtirokchilar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:
    - o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi;
    - o‘yin maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi;
    - o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 tagacha) ifodalanishi;
    - o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi;
    - ishtirokchilarning o‘yin jarayoniga qiziqishlari;
    - rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi;
    -jamoada ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi;
    - ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna olishlari va qo‘llab-quvvatlashlari;
    - har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi;
    - barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi.
    O‘yin jarayonida hech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu, zaruriyat bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama chog‘ida o‘yin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yina ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr- mulohazalari, takliflarini bildiradi. Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
    - taqrizchilarni chiqishlari;
    - fikrlar almashinuvi;
    - ishtirokchilarning o‘z qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari; - o‘yinga yakun yasash

    Download 478,28 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.