• Innovatsion jarayon
  • Ixtiro
  • Ishlab chiqarish
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet48/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    Tayanch tushunchalar:
    Innovatsiyayangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asolangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qo‘llanishini aks ettiradi.
    Innovatika – pedagogik innovatika: pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirishning, pirovardida uni amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot.
    Innovatsion jarayon - innovatsiyalarni vujudga keltirish, amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirish faoliyati bilan bog‘liq jarayondir.
    Innovatsion ta’lim – bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.Unda ta’lim- tarbiyada yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish amalga oshiriladi va ijokorlikka yo‘naltiriladi hamda ta’lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim-tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi.
    Ixtiro – yangicha g‘oya, texnik echim bo‘lib, amaliyotda texnikaning istalgan sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beruvchi ijodiy faoliyat mahsuli.
    Ichki motivatsiya – o‘quv jarayoni o‘quvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuchga, ehtiyojga aylanish istagining shakllanishi.
    Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yilgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika, jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
    Ishlab chiqarish pedagogikasi – ishlab chiqarishda ishlaydigan shaxslarga ta’lim va tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rgatadi (Djuraev R.X., Turg‘unov S.T).
    Kasbiy bilimdonlik – o‘quv dasturi yo‘nalishida ilmiy asoslangan bilimga egaligi, uslubiy asoslangan amaliy faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati, mavjud faoliyat davrida uchragan muammolar echimini mustaqil topishning optimal usullarini egallay olganlik qobiliyatlari majmuidir.

    Download 478,28 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.