Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet47/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

IV. Mahorat darslari zamonaviy ta’limning yana bir tobora ommalashayotgan shakli sanaladi. Bu shakldagi o‘qitish bir martalik sanaladi. Mahorat darslarini tashkil etishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega, shuningdek, samarali metodika yoki texnologiyaga ega innovator pedagoglarning kasbiy malakalari ochiq tarzda, interfaol muloqot asosida hamkasb pedagoglar hamda tinglovchilarga namoyish etiladi. Malakali pedagoglar tomonidan mahorat darslarini tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:
 muayyan muammo bo‘yicha tajribali, mahoratli pedagogning ish tajribasining ommalashtirilishi;
 tajribali, mahoratli pedagog tomonidan izchil harakatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va izohli namoyish etish orqali pedagogik faoliyatda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish tartibining ko‘rsatilishi;
 malakali, mahorali pedagogning metodik yondashuvlarini belgilangan muammoni hal etish usullari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
 mahoratli pedagog tomonidan o‘zining kasbiy malakalarining Mahorat darslari ochiq tashkil etilib, ilg‘or pedagogik tajribalarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish shakli shogird (talaba)larga o‘rgatilishi;
 tinglovchilarning kasbiy takomillashuvlari uchun mahoratli pedagog tomonidan yoram ko‘rsatilishi;
 pedagog xodimlar o‘rtasida innovatsion g‘oya, texnologiyalarni ommalashtirish;
 mahorat darslari ishtirokchilari (talabalar)ning kasbiy kompetentliklarini oshirish;
 mahorat darslarning har bir ishtirokchisida individual ijodiy pedagogik faoliyat uslubini shakllantirish Mahorat darslarini tashkil etish natijasi sifatida quyidagi mahsulotlar yaratilishi mumkin:
 pedagoglarning ijodiy ishlari mahsuli (dastur, metodik qo‘llanma);
 mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar;
 pedagogik adabiyot va manbalar kartotekasi;
 ta’lim va tarbiyaning yangi shakllarini metodik jihatdan asoslash;
 yangi pedagogik texnologiyalarni shakllantirish;
 malaka oshirish kurslari, seminarlar, praktikumlarning dasturlari;
 ijodiy va ommaviy xarakterdagi tadbirlar Nizomi .

Nazorat savollari:


1. “Modernizatsiya” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. “Ta’lim tizimining modernizatsiyasi” deganda nimani tushanasiz?
3. Ta’lim tizimining modernizatsiyalashda qanday vazifalar hal qilinadi?
4. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?
5. Ta’lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi YUNESKO tomonidan qanday sharhlangan?
7. Qanday tamoyillar pedagogik texnologiyaga xos sanaladi?
8. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish qanday bosqichlarda kechadi?
9. Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror topish qanday bosqichlaran iborat?

Foydalanish uchun adabiyotlar:





  1. Karimov I.A. Buyuk kelajak sari - T., O‘zbekiston, 1998 y.

  2. Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 1999

  3. Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 150 b.

4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.



Download 478,28 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.