Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet43/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular quyidagilardir:
• Ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) Ta’lim innovatsiyalari
• Ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:
yangi g‘oyalar;
 tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga  qaratilgan aniq maqsadlar;
Asosiy turlari
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra
Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar
Ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra:
Radikal innovatsiyalar
Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra Tarmoq (lokal) innovatsiyalari
Modul innovatsiyalari
Tizim innovatsiyalari
Kelib chiqish manbaiga ko‘ra Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar O‘zlashtirilgan innovatsiyalar  noan’anaviy yondashuvlar;  odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;  ilg‘or ish uslublari
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi. Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. Mahalliy yangilik alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, ob’ekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi. R.N.YUsufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda mualliflar innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatishadi: 1. Yangilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi). 2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko‘lamda ishlab chiqish. Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar kuzatiladi. Ular: 1. Gnostik-dinamik yondashuv (unga ko‘ra pedagoglar pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tatbiq etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg‘or pedagogik (ta’limiy) innovatsiyalar va ularni o‘rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni izchil o‘zlashtiradilar, o‘z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo‘llash borasidagi tajribalarni o‘zlashtiradilar). 2. Individual faoliyatli yondashuv (bunda pedagoglar o‘zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola amaliyo faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashda muayyan izchillikka erishadilar). 3. Ko‘p sub’ektli (dialogik) yondashuv (mazkur yondashuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o‘zaro, xususan, ko‘p yillik ish tajribasi, kasbiy mahorat va tajribaga ega pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning ta’lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo‘llashga doir tavsiya hamda ko‘rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi). 4. Insonparvarlik yondashuvi (ushbu yondashuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni qo‘llashda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, xohish- istaklari, qiziqishlari, bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini inobatga olish maqsadga muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi). 5. Individual-ijodiy yondashuv (unga ko‘ra har bir pedagog faoliyatini o‘rganilayotgan mavzu, o‘quv materialining mohiyati, shuningdek, o‘z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta’lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi). Mohiyatiga ko‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:  yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;  pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;  novatorlik darajasi;  kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;  ijodkorligi Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida BKMni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. Innovatsion yondashuv quyidagilarga ega bo‘lishni ifodalaydi: Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o‘zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniladi. Bu turdagi innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
4. Ta’limning innovatsion shakllari.
Zamonaviy sharoitda tinglovchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Download 478,28 Kb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.