|
-MAVZU: BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH
|
bet | 41/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua9-MAVZU: BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH
REJA:
1. Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.
3. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari.
4. Ta’limning innovatsion shakllari.
Mustaqil ish: Yoshlarda kitob o‘qish madaniyatini shakllantirishda oila va maktab hamkorligi
Tayanch tushunchalar: Innovatsiya, texnologiya, ta’lim texnologiyasi, ta’lim metodi, ta’lim metodikasi, ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi.
1. Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda tinglovchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi tinglovchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u tinglovchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini qamrab oladi.
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi. Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
|
| |