• Tayanch so’zlar
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet37/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    14-MAVZU
    Ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning manaviyatini shakllantirish texnologiyasi
    Reja:

    1. Yuksak ma’naviyat madaniyatning bir bo’lagi sifatida.

    2. Bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalalari.

    3. Milliy istiqlol g’oyalari asosida talabalar ma’naviyatini shakllantirish texnologiyalari

    4. Sharq allomalarining fikrlari asosida o‘quvchilar ma’naviyatini oshirish.



    Tayanch so’zlar: ma’naviyat, mafkura, MIG’, texnologiya, g’oya.


    Mustaqil ish: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining asarlaridan foydalanish


    Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar,xususan dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishni talab qilmoqda. Qolaversa, jahonning qaysidir burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdidning paydo bo‘lishi o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashayotgan har bir ongli inson, har bir xalqni tashvishga soladi.Albatta. bunday ma’naviy tahdid va mafkuraviy hurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi, ulardan ayniqsa, farzandlarimiz ko‘proq aziyat chekishi mumkinligi, yoshlarda mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik ruhini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ko‘p yillik hayotiy tajribalari natijasida yuzaga kelgan “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” nomli asarida yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, balki bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi ekanligi, hal qiluvchi kuch esa engilmas, engilmas kuch yuksak ma’naviyatli shaxs timsolida namoyon bo‘lishi har jihatdan asoslab berildi.Ayni zamonda, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli,dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”ligi xavfining oldini olish choralari aniq ko‘rsatib berildi.
    Demak, bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi.
    Ma’lumki, yuksak ma’naviyatli shaxs deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan, mustahkam milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga ega ma’naviy jasorat egasi tushuniladi. Bunday insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrati manbaini- ma’naviyat tashkil etadi.
    O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek,- “Albatta, «ma’naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarini keltirish mumkin.”1
    1.«Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir» (E.YUsupov).
    2. «Ma’naviyat shaxs va millatning «aqli, qalbi»ni ifoda etadigan, tarix taqozosiga binoan uning turli tomonlari namoyon bo‘ladigan, tabiat, jamiyat va insonning insoniylashuv darajasini bildiradigan ruhiy idrok, ziyrak qalb olamidir» (T.Mahmudov).
    3. «Ma’naviyat ijtimoiy ongning nisbatan umumiy (umummilliy) ahamiyat kasb etgan, e’tiqod va qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan sobit ehtiroslari, tushunchalari, me’yorlari, ijtimoiy mo‘ljallari, amallaridir; ularning badiiy, ilmiy falsafiy, diniy merosda, urf-odatlarda ob’ektivlashgan tizimi hamda millatni muayyan maqsadlarga erishish uchun yo‘naltiradigan milliy iroda, milliy g‘urur va or-nomusdir. U jamiyatda qaror topgan va insonning asl mavjudligini ta’minlaydigan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir» ( A.Erkaev).
    4.”Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalib, ko‘nikma va malaka darajasiga o‘tgan va qalbiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.(B.Ziyamuhammedov).
    Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat –engilmas kuch” asarida ma’naviyatga doir fikrlarni inkor etmagan holda, «ma’naviyat» tushunchasining mazmuni faqat «ma’ni», «ma’no» degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi, deb o‘ylayman. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi.
    Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo‘lamiz.
    «Ma’naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.
    Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo‘lgan asosiy vazifani ko‘rsatar ekan, I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir” ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir.Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega. Ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs-komil insonni tarbiyalashdan iborat”
    Ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar, birinchi galda insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishidir. Bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi. Lekin, bunday olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo‘lib yashaydigan, hayotning ma’no-mazmunini o‘zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas.
    I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida bu ikki toifadagi insonlarni quyidagicha ta’riflaydi.
    Birinchisi - o‘z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bo‘lishi haqida o‘ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy qarashlar.
    Ikkinchisi - bunga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan yondashuv, ya’ni, hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o‘zini qiynamasdan, faqat nafs qayg‘usi va o‘tkinchi hoyu havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradigan, o‘zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo‘lib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari.I.Karimov o‘z fikrini davom ettirib, bu ikki toifadagi odamlarning taqdiri va qismatini sodda va tushunarli tarzda quyidagicha izohlab bergan.
    Ya’ni, o‘z peshona teri bilan halol turmush kechiradigan inson hayotidan mamnun va rozi bo‘lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror bo‘lib, elning hurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda engil-elpi, har xil nopok yo‘llarga berilib, insoniy burchini unutib, mol-dunyoga intilib yashagan odam, eng achinarlisi shuki, hayotining so‘ngida armon va nadomatlarga botib o‘z umrini tugatadi.
    Demak, Ollohning o‘zi bizga buyurgan komil inson bo‘lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lish, ularga amal qilib yashash - odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir.
    Odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qilish ma’naviyatning yana bir muhim xususiyatidir: Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofida bo‘layotgan voqealarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar etkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o‘z yurti va xalqiga nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko‘rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo‘lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda hatto jonini ham fido qiladi.
    Axloq va ma’naviyat chuqur ichki aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari bo‘lgan individlar ma’naviyatining sinxron ommaviy munosabatlarida qayta ko‘rib chiqiladi. Tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va korreksiyalanadi.
    Tarbiya – shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni.Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning pirovard maqsadi jamiyatga kerakli va foydali shaxsni shakllantirish bo‘lgan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan o‘zaro hamkorligi.
    Hozirgi davrda inson qalbi va ongi uchun kurashning namoyon bo‘lishi har qachongidan shiddatli tus olayotgani jumladan; dunyoning mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi; gepolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosatning uyg‘unlashib borishi; mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlarda mafkuraviy tamoyilar ahamiyatini oshib borishi masalalari mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi tizimida ko‘rinadi.
    Mustaqillikka erishganimizdan keyin hozirgi davrning eng muhim vazifalaridan biri ushbu jarayonlarga mos keladigan, yangicha fikrlovchi avlodni tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda.
    Vatanga sodiq, xalqiga fidoyi, o‘z mustaqil fikriga ega, har qanday muammoni ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli avlodni voyaga etkazish zamon talabi bo‘lib turibdi. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri, ertangi kunimiz istiqboli uchun fidoyi insonni tarbiyalash ko‘p jihatdan ta’lim islohotiga bog‘liq. Zero, ta’lim islohotlaridan ko‘zlangan maqsad ham «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirishidan iboratdir. Ana shu eskirgan tafakkurni anglash va shaxs kamolotiga ta’sir etib, uning ongini o‘zgartiruvchi kuch bu yosh avlodga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishdir.
    Tarbiya –shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni.Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning pirovard maqsadi jamiyatga kerakli va foydali shaxsni shakllantirish bo‘lgan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan o‘zaro hamkorligidir.
    Bizgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarga asoslangan holda tarbiyani:
    - umumiy falsafiy ma’noda –insonning hayot sharoitalriga moslashishi;
    - Ijtimoiy ma’noda – katta avlodning hayotiy va xulq-atvor tajribalarini yosh avlodga uzatishi sifatida;
    - Keng pedagogik ma’noda – tarbiyachilar jamoasi tomonidan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va irodasiga ta’sir ko‘rsatishning tizimli tarzda amalga oshiriladigan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan ta’siri sifatida;
    - keng pedagogik ma’noda – insonga barcha ta’sirlar jarayoni va natijasi sifatida;
    - tor pedagogik ma’noda – tarbiyachilar jamoasi tomonidan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va irodasiga ta’sir ko‘rsatishning tizimli tarzda amalga oshiriladigan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan ta’siri sifatida;
    - amaliy ma’noda – tarbiyachilar, murabbiylar, etakchilar, guruh rahbarlarining aniq tarbiyaviy masalalarni hal qilishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat jarayon va natijasi sifatida tushunish kerak.
    Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan ma’naviyatga bog‘liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:

    • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

    • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

    • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

    • vatanparvarlik.

    Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
    Har qanday mafkura kabi O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
    Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
    Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
    Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi.
    Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo‘nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi:
    Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
    Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
    Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
    Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.
    Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo‘lgan asosiy vazifani ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ...bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat».
    Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.



    Download 478,28 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.