Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet35/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat nashriyoti, 2008 y.

  2. Karimov I.A. Buyuk kelajak sari - T., O‘zbekiston, 1998 y.

  3. Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. T., O‘zbekiston 1999 y.

  4. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y.

  5. Munavvarov A.K. – Pedagogika, T., “O‘qituvchi” 1996 y.

  6. Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 1999



Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari natijalari shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat o‘z taraqqiyotida bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda bo‘lganidek, ma’naviy sohada ham tubdan sifat o‘zgarishlari qilishga erishgan. Bunga asosiy sabab ma’naviyat insonning jamiyat siyosatini va madaniyatini chuqur o‘zlashtirishi, tafakkur qilishi va dunyoqarashiga aylantirishigina emas, balki uni amalda, o‘z faoliyatida mohirlik bilan qo‘llay bilishi hamdir.
Jamiyat ma’naviyatining asosiy negizini unda yashayotgan kishilar ma’naviyati tashkil qiladi. Bunday kishilar o‘z - o‘zini anglaydigan kishilardir. Ana shuning uchun ham jamiyat ma’aviyatining yuksalishida ularning bevosita ta’siri bor.
Oilada va ta’lim muassasalarida eng yaxshi va olijanob an’analar hamda urf - odatlar ruhida tarbiyalangan o‘quvchi - yoshlar o‘z - o‘zini anglashga, o‘zligini namoyon qilishga harakat qiladi. Unday bolalarga shafqatsiz taqdirning zarbalariga mayuslik bilan bo‘yin egib turish yotdir. Ularda orqaga chekinishga xohish bo‘lmaydi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari ikkilanmasdan harakat qiladi hamda ular qiyinchiliklarga kurasha oladi. Qiyinchiliklarni va muammolarni engib o‘tib, g‘alaba qozonishni ular o‘zlariga sharaf deb biladilar. Ana shunday o‘quvchi - yoshlarni yaxshilikka muhabbat, yomonlikka nafrat ruhida tarbiyalash samarali kechadi va ulardan o‘z oilasi ham, jamoasi ham. jamiyat va davlat ham foyda ko‘radi, chunki bular tezda ma’aviy barkamol shaxslar bo‘lib shakllanadi. Buqaydetilganinsonning ma’naviy sifatlari, insonningma’naviy barkamolligiqirralaridir.
Insonning ma’naviy barkamolligiga xos xislatlar to‘g‘risida quyidagi mualliflar jamoasining fikri ham nihoyatda ahamiyatlidir:
- ota - onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullasbutunoila a’zolari, qo‘ni - qo‘shnilari, mahalla - kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi haqida qayg‘urish;

  • tevarak – atrofdagi insonlar unga kerak bo‘lganisingari, o‘zi ham ularga kerak bo‘lishiga intilish; odob - axloqi, fе’l – atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash;

  • ota - bobolaridan, ajdodlaridan yodgorlik bo‘lib qolgan madaniy merosini qadrlash;

  • milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularining barqaror bo‘lishi;

  • o‘zaro muammo – munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning og‘irini yengil qilishni odat qilish;

  • umumxalq ma’qullagan, davlat tomonidan qonuniy deb qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatish;

  • Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash;

  • Diyonat va adolat, mehr – shafqat va ezgulikni himoya qilish;

  • va’daga vafoli bo‘lish va boshqalar»

Demak, jamiyat va xalq ma’naviyatini shakllantirish uchun o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy barkamolligini yuksaltirish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonda o‘quvchi - yoshlarning ma’naviy - ma’rifiy barkamolligini shakllantirishi ulardagi mustaqillik mafkurasi hamda milliy g‘urur bilan sug‘orilganligi asosiy e’tiborda bo‘lishligiga imkoniyat yaratadi.
Qayd etilgandek ma’naviy barkamollikni ta’minlashda o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tarbiyasi hozirda juda zarur, chunki hozirgi globallashuv jarayoni shiddat bilan yuz berayotgan davrda ular ongiga turli zararli g‘oyalar, hech bo‘lmaganda bunday g‘oya elementlari singdirilib qolishi hech gap emas. YUqorida ta’kidlaganimizdek, bunga hozirda oilalarimizda ham, ta’lim muassasalarimizda ham etarli shart -sharoit va imkoniyatlar bor.
Quyida ular to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiramiz:
1. Oilalardagi ota - onalarning o‘z farzandlari ma’naviy tarbiyasiga oid ma’lumotlarga egaligi va bunda har bir oilada farzandlariga nima yaxshi-yu, nima yomon, nimani qilish mumkin-u, nimani qilish mumkin emas kabilarni o‘rgata olishi hamda o‘zaro munosabatlarda kattalarning hurmatini, kichiklarning izzatini o‘z o‘rniga qo‘yishini farzandlari ongiga singdira olishi, kiyinish va ovqatlanish hamda salomlashish odoblarini o‘z farzandlarini odatlantira olishiga shart - sharoit borligi, aks holda bunday imkoniyatlar bo‘lmagan oilani milliy -ma’naviy oila deb bo‘lmaydi. Bunday oilalar ma’naviyati bilan shug‘ullanish alohida tarbiyaviy jarayonni talab etadi va bunda «oila - maktab - mahalla» hamkorligida faoliyatga ko‘proq e’tibor beriladi. Bunga hozirda jamiyat institutlari bor;
2.Mamlakatimizda doimo sog‘lom muhitda yashovchi o‘quvchi -
yoshlarimizni tarbiyalashning uzluksiz va mukammal tizimi bor. Ulardan ba’zilari nafaqat ta’lim muassasalarida, balki maktabdan tashqari ta’lim – tarbiya maskanlarida ham olib borilmoqda;

  1. Oiladagi ota – ona ibrati va mahallalardagi, qolaversa, yurtimizdagi namunali oilalar hamda ulug‘ insonlar (mustaqillik qahramonlari, kasb - hunarning etuk ustozlari, zamonaviy ma’rifatparvar ziyolilari va shu kabilar) turmush tarzi va hayoti faoliyati misolida o‘quvchi - yoshlarimizga ma’naviy barkamollikning ayrim qirralarini singdirish mumkin. Bunda yuqorida qayd etilgan ota - onalar va ulug‘ insonlar hamda mahallalardagi namunali oilalardan ibrat -namuna sifatida foydalaniladi. Bu yo‘nalish ham samarali kechadi. Bunga sabab ibrat - namuna - hayot dorilfununidir;

  2. Oilalarda va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim muassasalarida doimo sog‘lom ma’naviy muhitni saqlashga shart -sharoit borligi. Faqatgina bunday jarayonlarni shakllantirishda sog‘lom ma’naviy ehtiyojga sinchikovlik bilan e’tibor berish kerak, chunki u insonning qalbini nurga va ziyoga, yaxshilik va ezgulikka to‘ldiradi va bu sinchikovlik o‘quvchi - yoshlarimizni yomon illatlardan himoya qiluvchi tarbiyaviy vosita hisoblanadi;

5.O‘zbek xalqining boy ma’naviy boyligi va intellektual mulklari
haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchi - yoshlar ongi va qalbiga singdirib borishga shart - sharoitlar etarliligi, ya’ni hozirda har bir xonadonda oilaviy axborot vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligi, xususan, televizorning borligi (faqatgina bunda tele eshittirishlardagi ular yoshlariga moslarini ko‘rishiga ruxsat berilishi lozim bo‘ladi. Ular jumladan quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: «Ertaklar – ezgulikka etaklar», har xil intellektual o‘yinlar, «Qonun va ijro», «Izla, o‘yla,
top», Odam savdosiga oid reklama materiallari va shu kabilar); yoshlarning yoshi va ongu tafakkuriga mos kitoblar, badiiy va hujjatli asarlar, kinofilmlar, videofilmlar, multimedia vositalari, kompyuterlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida filmlar va shu kabilardan muntazam foydalanib borishga imkoniyatlar bor. Bular o‘quvchi -yoshlarga (oilada farzandlarga) ma’naviy ta’sir ko‘rsatishning «Imogoterapiya» usulini qo‘llashga ham keng imkoniyatlar yaratadi.
Oiladagi farzandlar, maktabgacha ta’lim muassasalardagi tarbiyalanuvchilar, uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘quvchilarning ma’naviyatini shakllantirib yuksaltirmasdan turib jamiyat ma’naviyatini, xalqimiz hayoti va turmush tarzini ham samarali yuksaltirib bo‘lmaydi. Bu borada, ya’ni bolalarga ma’naviy tarbiya berish jarayonida xo‘ja ko‘rsinlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda tarbiyada g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘ladi va natijada yoshlarimiz orasidan ishyoqmas, dangasa, loqayd, manqurt, qo‘pol muomalali, tanbal, chaqimchi, rahmsiz, mehr - oqibatsiz, uyatsiz, andishasiz, yolg‘onchi, g‘iybatchi, vatanfurush (xoin), nomard, o‘zgalarning muvaffaqiyatlarini ko‘ra olmaydigan ichi qora, yuzsiz, faqat o‘z manfaatini ko‘zlovchi, poraxo‘r, giyohvand, chekuvchi, yovuzlikni odat tusiga kiritgan, mas’uliyatsiz, maqtanchoq, surbet kabi illatlarga ega bo‘lgan yoshlar chiqib qolishi mumkin. Shu sababli ma’naviy jihatdan barkamol inson tarbiyasini oiladan, maktabgacha ta’lim muassasasidan, ya’ni yoshligidanoq boshlashga to‘g‘ri keladi. Chunki, bu davrdagi tarbiya xuddi daraxt tanasiga yozilgan yozuv daraxt bilan bab-baravar kattargani kabi yoshlarning keyingi faoliyatida ham ma’naviy tarbiyaga oid bilimlari yuksalib boraveradi. Bunda farzandlarimizni yoshligi­danoq to‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlikka, insonparvarlikka, ezgulikka, mehnatsevarlikka, xalqparvarlikka, adolatlilikka, mehr - oqibatlikka, mehr - shafqatlilikka, or-nomuslikka, sharm - hayolilikka, ziyraklikka, xushmuomalalikka, odoblilikka, jonkuyarlikka, fidoyilikka, kamtarlikka, dilkashlikka, sabrlilikka, mas’uliyatlilikka, tashabbuskorlikka, intizomlilikka, xushxulqlikka, mustaqil fikrlashga, mehribonlikka, o‘zini erkin tutishga, faollikka, odamlarga hurmat - e’tibor bo‘lishga o‘rgatib, ularni axloqiy jihatdan yuksak qilib tarbiyalash ma’naviy barkamol inson tarbiyasining dastlabki asosiy bosqichidir. Bu orqali yoshlarimizning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga, ya’ni e’tiqodi, milliy ruhiyati, xulq - atvori va odob - axloq me’yorlarini yanada balandroq ko‘tarishga erisha olamiz.
Umuman olganda, biz sog‘lom inson deganda nafaqat jismonan baquvvat odamni, balki ham jismoniy, ham ma’naviy, ham aqliy jihatdan baquvvat hamda ma’rifatli odamni tushunamiz. Hozirda bizning qo‘limizda tarbiya olayotgan yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasiga bevosita bog‘liqdir. SHuning uchun ham bugungi yoshlarimiz ongiga va qalbiga imon-e’tiqod, insof va diyonat, mehr va oqibat, shafqat va rahmdillik, odamiylik va adolatlilik, uyat va andishalilik, or -nomuslilik, o‘zaro hurmat va yuksak madaniyatlilik, yuksak vatanparvarlik va xalqchilik, ota - onaga va ona yurtiga hurmatda bo‘lishlik, Vataniga va oilasiga sadoqatlilik. milliy g‘ururlilik kabi milliy qadriyatlarni va g‘oyalarni singdirish tarbiyashunoslikda dolzarb muammodir.
Ushbu muammoni hal qilishning optimal variantini yaratish orqali biz avvalo oilamizda va uzluksiz ta’lim tizimining barcha tarkibiy qismlarida (bosqichlarida) sog‘lom muhitni shakllantirishga erishishimiz mumkin. Bundan mamlakatimizdagi sog‘lom muhit (sog‘lom avlod va sog‘lom jamiyat) bevosita ozuqlanadi va mustahkam holda shakllanadi. Bu muammo echimi bugungi kunda davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan. Bunga shaxsan Prezident Islom Karimov mamlakatimizda sog‘lom muhitni barpo etish borasida, ya’ni sog‘lom avlod va jamiyat, barkamol shaxs va barkamol avlodni shakllantirish borasida doimo g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asaridagi quyidagi fikr ahamiyatlidir:
«... Har bir fuqaro:

  • o‘z haq-huquqini taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin;

  • o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsatsin;

  • atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin».
Birinchi Prezidentimizning ushbu fikridan ko‘rinib turibdiki, biz bugungi yoshlarimizni o‘zi va atrofdagilar taqdiriga befarq bo‘lmagan, Vatani va xalqi manfaatini o‘ylaydigan, mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalashimiz kerak va bu hamma vaqt ham nihoyatda zarur.
Bu fikrlarni va Vatanimiz taraqqiyotiga mos zamonaviy talablarni e’tiborga olib yoshlarimizni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalasak quyidagi ijobiy natijalarga erisha olamiz: o‘quvchi - yoshlarimiz shon -shuhrat va mansab orqasidan quvuvchi bo‘lmaydi; moddiy qiyinchiliklarga va ma’naviy tahdidlarga to‘g‘ri kelganda qaddini bukmaydi; ularda fidoyilik, jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlarga ega bo‘ladi. Aks holda o‘quvchi - yoshlarimiz ichidan turli qiyinchiliklar va tahdidlarga dosh berolmaydigan hamda turli salbiy ta’sirlar domiga tushib qoladiganlari paydo bo‘lib qolishi mumkin. Ular oila uchun ham, davlat uchun ham, jamiyat uchun ham nihoyatda xavfli va loqayd, manqurt, ishyoqmas, tanbal, yolg‘onchi, g‘iybatchi, dangasa odamlar bo‘lib, ular «Ma’naviy qashshoq» odamlardir, ular ma’naviyatsiz bo‘lib shakllanib qolgan bo‘ladi. Afsuski, ular kamsonda bo‘lsaham, ulardagi illatlar yoshlar orasida tez tarqaladi. O‘z - o‘zidan ma’lumki, ularnima’naviy - immunologiktarbiyadavolaydi, ya’ni o‘quvchi –yoshlar mafkuraviy immunitetini shakllantirish ularni bunday salbiy oqibatlar domiga tushib qolishdan saqlaydi va ularni ogoh bo‘lishga tayyorlaydi.
Demak, hozirda tarbiyashunoslik oldida turgan asosiy muammolardan biri o‘quvchi – yoshlarmizni ma’naviy barkamol qilib o‘stirib, ularni turli xil salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmaydigan va har xil tahdidlarga qarshi tura oladigan qilib shakllantirishimiz kerak.



Download 478,28 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.