|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 38/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaNazorat savollari:
“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish kerak” ushbu satrlar muallifi kim?
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ma’naviyatga qanday ta’rif berilgan?
Sharq allomalarining ma’naviyatga oid aytgan ibratli so‘zlaridan misollar keltiring?
Yuksak ma’naviyatli o’qituvchining sifatlarini ayting.
Yuksak ma’naviyatli o’qituvchi haqida esse yozing.
Tayanch tushunchalar:
Madaniy meros – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.
Madaniyat (arabcha «madaniyat» - madinalik, shaharlik, tarbiya ko‘rganlik) – «madaniyat» so‘zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta’lim – tarbiyani asosan Madinada olganlar.
Mafkura – (arabcha «mafkura» - e’tiqodlar, qarashlar tizimi) jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir – birlari bilan bog‘liq tushunchalardir. Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to‘la qalbini ifodalovchi ko‘p qirrali tushuncha.
Ma’rifat (arabcha «a’rafa», bilmoq so‘zidan) – tarbiyaviy, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida kishilarning ong va bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan faoliyat. Ma’rifat odamlarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qildirish demakdir.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo‘lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Moderator – bu forumga boshchilik qiluvchi shaxs bo‘lib, u munozaraning to‘g‘ri borishini ta’min etadi va zarur bo‘lganida tuzatishlar yoki takliflar kiritish asosida forum ishini maqsad sari yo‘naltiradi.
Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni, modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi.
|
| |