|
Farg'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti
|
bet | 1/11 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 71,11 Kb. | | #106972 |
Bog'liq Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org
Farg'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA POLITEXNIKA INSITITUTI "KIMYO TEXNOLOGIYA” FAKULTETI “KIMYO TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI “INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK KOMPETENTLIK” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari.
Bajardi: Abduhamidova Robiyaxon (76-18 KT(Kt)
(talabaning familiyasi, ismi, guruhi)
MUNDARIJA
|
Kirish
|
|
I - BOB
|
Pedagogik texnologiyaning tasnifi
|
7
|
I.1
|
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.
|
10
|
I.2
|
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.
|
12
|
II - BOB
|
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari tamoyillari va mezonlari
|
15
|
II.1
|
Loyihalashtirish faoliyati
|
17
|
II.2
|
Bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimi
|
23
|
|
Xulosa
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga koʻtarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga ogʻishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e’tiqodli insonlar boʻlib voyaga yetishsin.Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha oʻquv yurti talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga yoʻllash kerak.
Talabalarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb - hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va qoʻshimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb – hunar toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. Kasbiy psixologiya fani 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. 2 - jahon urushidan buyon psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi natijalarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan.
Fan. texnika va texnologiyaning o ‘tmishdagi yutuqlari, shubhasiz zamonaviv ilmiy-texnik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. XX asrning ayniqsa, ikkinchi yarmida fan taraaqiyotining sur’ati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Bu davrda to'plangan ilmiy ma’lumotlar, insoniyatning butun tarixi davomida to'plangan bilimlar hajmining % qismidan ortig‘ini tashkil etadi. Nazariy va amaliy fanlarda olingan asosiy natijalaming olamshumul yutug‘I kosmos va yadro energeyasining o ‘zlashtirilishidir. Fan, texnika, texnologiyaning ushbu samarali taraqqivoti yangi ilmtalab ishlab chiqarish jarayonlarini vujudga kelishiga va uzluksiz rivojlanishiga, chiqariladigan mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilanishiga va hajmini oshishiga olib keldi. Tabiiyki, ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishi ta'lim sohasidagi tegishli o'zgarishlami taqozo etadi.
Jamiyat rivojiga rr.os ta'lim tizimi shakllanadi.XVII asrda ommaviy ishlab chiqarishning vujudga kelishi ko‘plab darsliklarni chop etishga imkoniyat va ehtivoj tug‘dirdi va shu asosda umimiy o'rta ta'lim tizirnining shakllanishiga zamin yaratdi. Jamiyat taraqqivotining hozirgi bosqichida zamonaviy elektron hisoblash mashinalari va telekommunikatsion tizimlar samarali o‘rgatuvchi texnik vositalar vazifasini bajarayotgan bir pavtda, bu vositalar bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylangan bir paytda, aqliy mehnatni avtomatlashtirish real jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda, ishlab chiqarishning ishchi o'rinlari o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga moljallangan bir paytda, ishiab chiqarishning ayrim ilmtalab tarmoqlari ishchi o'rinlarining qariyb yarmi oliy ma’lumotli mutaxassislarga yo‘naltirilgan bir paytda oliy ta’limning ommaviylik darajasi o ‘sib, o‘rta maxsus kasbiy ta’lim omaviy ta'limga aylanib boradi.
Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asming 50-yillarida paydo boidi. 15-20 yildan so'ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So'nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish doirasi uzluksiz kengayib bormoqda.Pedagogik texnologiyaning ilk paydo boiish davri ilmiy- texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo‘lib, ular asosida texnika va texnologiyalaming yangi avlodlari varatildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o‘zining оЧа murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o ‘zgarib bordi, ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo‘yila bordi.Ilmiy-texnik taraqqivot jadallashuvi va ta'lim tizimiga u tomonidan qo‘yiladigan talablar quyidagilar bilan belgilanadi.
|
| |